Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA’DAYN VA MAJMAI BAHRAYN” ASARIDA ETNO-SIYOSIY MA’LUMOTLAR
Across the Disciplines · Sharifjonov Jalilbek Anvarovich
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 1 · 2026
Аннотация
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim tarixiy asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari etnik jarayonlar tarixi ham batafsil aks etgani bilan bu davrdagi boshqa manbalardan ajralib turadi. Manbani bu davr boshqa manbalari bilan qiyosiy taqqoslab o’rganish mazkur davr tarixiy jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishimizga katta yordam beradi. Kalit so’zlar: Abdurazzoq Samarqandiy, "Matlayi sa'dayin va majmai bahrayn", Movarounnahr, Xuroson, etno-siyosiy ma'lumotlar, Temuriylar. Temuriylar davrining yirik tarixchilaridan Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is’hoq Samarqandiy (1413-1482) Hirotning badavlat xonadonlarining biriga mansub bo’lib, otasi Shohrux huzurida qozi, askar va imomlik lavozimida faoliyat yuritgan. 1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shohrux, so’ngra Abulqosim Bobur va boshqa Temuriy shahzodalarning saroyida xizmat qilgan. Abdurazzoq Samarqandiy asosan boshqa davlat bilan olib boriladigan yozishmalar, shuningdek elchilik ishlari bilan shug’ullangan. Jumladan, u 1441 yilda Janubiy Hindostonga elchi qilib yuboriladi. Temuriylar davlatining Hindiston bilan munosabatini mustahkamlash va rivojlantirishda Abdurazzoq Samarqandiy katta rol o’ynaydi. Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixshunos olim sifatida nom qoldiradi. U Eron va O’rta Osiyoning XIV-XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidan, shuningdek Temuriylar davlatining qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy-siyosiy madaniy 80 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 3 aloqalari tarixidan bahs yurituvchi «Matlai sa‘dayn va majmai bahrayn» (Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilishi o’rni) deb ataluvchi asari bilan mashhur bo’lgan. Asar ikki qismdan iborat: 1) Elxon Abu Said (1317-1335) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o’tirishigacha bo’lgan davr (1304- 1405) tarixi; 2) Shohruxning Temuriylar saltanatining oliy hukmdori deb e‘lon qilinishidan (1405) to Temuriy Abu Said Mirzoning o’ldirilishigacha (1469) bo’lgan davr tarixi yozilgan. Asarda voqealar xronologik tartibda keltirilgan. Bu asardan foydalanishda katta qulayliklar tug’diradi. Abdurazzoq Samarqandiy va uning mazkur asari rus va xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan o’rganilgan. Jumladan, B.A.Dori, V.F.Minorskiy, A.YU.Yakubovskiy, I.P.Petrushevskiy, B.G.Gafurov, A.U.O’rinboyevlar asarga yuqori baho berishgan. “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarida Markaziy Osiyo minqasidagi ento- siyosiy jarayonlar masalasi bu davr manbalariga qaraganda birmuncha mufassalroq yoritilgan. Xususan, bu davrda mavjud qabilalar va ularning yetakchilari, ular yashagan hududlar, qabilalarning mintaqa ijtimoiy- siyosiy hayotida o’rni kabi masalalar o’rin olgan. Manbada barlos qabilasi to’g’risida ham ko’plab ma’lumotlar keltirilgan. Amir Temur davrida barloslarning mavqeyi yuqori bo’lgani Amir Temur davri yoritilgan manbalarda keltiriladi. Bunda ayniqsa, Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning “Zafarnoma”lari alohida o’rin tutadi. Amir Temur vafotidan keyingi davrlardagi tarixiy voqealar Abdurazzoq Samarqandiyning asarida batafsil yoritilgan, bunda muarrixning Temuriylar saroyiga yaqin lavozimlarda faoliyat yuritgani va elchilik vazifasini bajargani ham yaqindan yordam bergan. Abdurazzoq Samarqandiy asarida bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan aholi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, Shohruh Mirzoning amirlari – Shayx Luqmon barlos, amir Cherkas nomlari tilga olinadi. Manbada Mirzo Abu Bakrning amirlari – amir Husayn barlos, Umarshayx Mirzoning o’g’li mirzo Rustamning amir Said barlos, Mironshohning amiri To’kal barlos, Mirzo Iskandarning Hurqujoq qavchin degan amirlari bo’lgani haqida eslatiladi. Bu ma’lumotlardan Temuriylar davri harbiy-siyosiy hayotida barlos va qavchin etnoslari yetakchi mavqeiga ega bo’lganini ko’rishimiz mumkin. 81 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 1, Issue 3 Manbada qavchin etnosi haqida yana quyidagi ma’lumotlar o’rin olgan. Amir Jahonmulk qauchin (qavchin) bo’lib, amir Milkatning o’g’li, amir Xoriyning amakivachchasi edi. Jahonmulk qavchin Shohruhning bolalik chog’laridan mulozimi bo’lgan. Amir Temur o’lgandan keyin Jahonmulk isyon ko’taradi. Abdurazzoq Samarqandiyning asarida keltirilishicha, Mirzo Ulug’bek qo’shinining asosini qavchinlar tashkil qilgan. Mirzo Ulug’bekning Mo’g’ulistonga qilgan harbiy yurishlarida ham bir nechta harbiy amaldorlar qavchinlar ekani aytiladi. Manbada qavchinlarning ayrim amirlari Temuriylarga hiyonat qilgani to’g’risida ham soz yuritiladi. Domg’onning dorug’asi Saodat qavchin yovuz niyatli kishi bo’lib, 1447 yilda Abdullatifga qarshi chiqqn. Abdullatif Domg’onni olgach, Saodat qavchinni qavchinlar uchun omon qoldirganini yozadi Abdurazzoq Samarqandiy. Manbada barloslar etnosi to’g’risida ham muhim ma’lumotlar o
Доказательный фрагмент
«Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim tarixiy asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari et…»
Образец извлечения
Демо-превьюAbdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim tarixiy asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari et… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdurazzoq Samarqandiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024