Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT BYUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
NEW RENAISSANCE · Baxtiyarov Javohir Baxtiyarovich · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi · -kurs MSc Moliya (kunduzgi) Magistranti
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Davlat byudjeti daromad va xarajatlari, ularning tarkibi va ulushlari jadvallar bilan yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy tahlillar va olimlarning fikrlari asosida davlat byudjetining ta’minot, taqsimlash va nazorat funksiyalarining ahamiyati tushuntirilgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2023-yilgi ko‘rsatkichlari asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, byudjet daromadlari, byudjet xarajatlari, taqsimlash funksiyasi, moliyaviy nazorat, ijtimoiy himoya, soliq tizimi. Davlat byudjeti – bu davlatning moliyaviy faoliyatini boshqarish va rejalashtirishda asosiy hujjat bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Byudjet orqali davlat o‘z daromadlari va xarajatlarini nazorat qiladi, ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga intiladi. O‘zbekiston uchun davlat byudjeti davlat siyosati samaradorligini ko‘rsatib beruvchi o‘lchovdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng byudjet siyosati doimiy ravishda isloh qilinib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash kabi masalalarga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’minot funksiyasi. Ta’minot funksiyasi davlatning asosiy vazifalarini bajarish uchun moliyaviy mablag‘larni taqdim etish bilan bog‘liq. Davlat fuqarolarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va huquq-tartibot kabi xizmatlarni taqdim etish uchun mablag‘ ajratadi. O‘zbekistonda 2023-yil davlat byudjeti xarajatlarining katta qismi - 137,25 trillion so’m ijtimoiy xarajatlarga yo‘naltirilgan: • Ta’lim sohasi uchun – 61,22 trillion so’m (umumiy xarajatlarning 21,77 %). • Sog‘liqni saqlash uchun – 31,07 trillion so’m (11,05%). • Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari - 19,21 trillion so’m (6,83 %). Taqsimlash funksiyasi. Taqsimlash funksiyasi iqtisodiy resurslarni davlat tomonidan qayta taqsimlashni anglatadi. 505 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Bu orqali daromadlar tengsizligi kamaytirilib, ijtimoiy adolat ta’minlanadi. Davlat soliq va transfer to‘lovlari orqali boy va kambag‘al qatlamlar o‘rtasidagi farqni qisqartirishga harakat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi 2023-yilda ijtimoiy himoyaga (nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari, aholi bandligi darajasini oshirish, pensiya jamg‘armasiga transfertlar, uy-joylar qurish dasturida qatnashayotgan banklar uchun kredit liniyalari, subsidiya va kompensatsiya to‘lovlari) 35,8 trillion so‘m mablag‘ ajratgan bo‘lib, bu aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Pensiya va nafaqalar orqali aholining keksa va nogiron qatlamlari ijtimoiy jihatdan himoya qilinmoqda. Nazorat funksiyasi. Nazorat funksiyasi davlat mablag‘larining qonuniy va samarali ishlatilishini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu orqali davlat mablag‘lari noto‘g‘ri ishlatilishi va korrupsiyaga qarshi kurash olib boriladi. O‘zbekistonda moliyaviy nazoratni “Hisob palatasi” amalga oshiradi. Transparency International - tashkilotining 2023-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishmoqda ya’ni yildan-yilga O‘zbekistonning reytingi ko’tarilib borishini kuzatishimiz mumkin.1 Elektron hukumat tizimlari va raqamlashtirish jarayonlari orqali davlat xarajatlarining shaffofligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilmasi: Byudjet daromadlari O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalardan shakllanadi (1-jadvalga qarang): • Bevosita soliqlar – davlat daromadlarining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 2023-yilda bevosita soliq tushumlari 73,1 trillion so‘mni tashkil etgan. • Bilvosita soliqlar– davlat daromadlarining asosiy qismi hisoblanadi. 2023-yilda ushbu soliqlardan kelib tushgan tushum jami 83,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Eng ko’p kelib tushgan tushumlar aynan bilvosita soliq tushumlariga to’g’ri keladi. • Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i – davlat byudjeti daromadlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u davlatga tegishli yoki undan foydalanilayotgan tabiiy resurslar, yer va boshqa mulklar uchun to‘lanadigan soliqlarni o‘z ichiga oladi. 2023-yilda ushbu soliqlardan kelib tushgan tushum qariyb 28,08 trillion so’mni tashkil etgan. • Boshqa daromadlarlar – 2023-yil holatiga ko’ra boshqa daromadlar 47,21 trillion so’mni tashkil qilgan. 1 https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb 506 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 1-jadval Davlat byudjeti daromadlari 20232 Byudjet xarajatlari O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlari 2023-yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan (2-jadvalga qarang): • Ijtimoiy xarajatlar – 137,25 trillion so‘m (xaraja
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- byudjet xarajatlari, byudjet daromadlari, davlat byudjeti, ijtimoiy himoya, soliq tizimi., moliyaviy nazorat, taqsimlash funksiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025