К содержанию
РецензированоUZ2026

Ona tili darslarida ta’limiy va tarbiyaviy metodlarning uyg‘unligi

Islomova E’zoza Yorqin qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026

Аннотация

O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning ta’lim muassasalarida o‘qitilishi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarga ijodiy tafakkur, izlanuvchanlik, mavjud til imkoniyatlaridan samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga sodiqlik ruhida tarbiyalash Ona tili fanining murakkab, ayni paytda muhim vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada Ona tili fanining ta’lim va tarbiya bilan uyg’unlikdagi metodlari tahlil etilgan. Tayanch so’zlar: metod, ona tili, tushuntirish – namoyish etish metodi, qayta xotirlash metodi, muammoli bayon qilish metodi, bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi, muammoli ta’lim, qisman izlanuvchanlik. Bugungi axborot texnologiyalari tinimsiz rivojlanayotgan yangi davrda innovatsion texnologiyalarga asoslanib, ta’limning dunyo standartlariga javob bera oladigan darsliklar yaratish asosiy talablardan biridir. Yurt ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, mustaqil fikrlaydigan, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’limning barcha bo’g’inlarida ona tili o’qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Har sohada boʻlganidek, hozirgi oʻzbek adabiy tili qurilishining ilmiy tahlillari va grammatik tizimi, oʻqituvchi - oʻquvchi munosabatlari ham tubdan yangilanib bormoqda. Yangilangan Ona tili darsliklarining asosiy maqsadi oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga va oʻz fikrini chiroyli ifodalashiga xizmat qilishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Darsning saviyali tashkil etilishi 61 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 2 o‘qituvchining o‘qitish metodlarini mukammal bilishi, uni to‘g‘ri tanlay olishi va ularning har birini o‘z o‘rnida qo‘llay olishiga bog‘liq. O‘quv chilarning psixologik holati, o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish, fan ta’limining mazmuni va maqsadiga muvofiq keladigan topshiriqlar tizimi hamda metodlarini to‘g‘ri belgilash, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida pedagogik hamkorlikning o‘rnatilishi, darsda qo‘llanadigan vositalarning o‘rinli tanlanishi samaradorlikni ta’minlash bilan aloqador. Metod yunoncha so‘z bo‘lib, “tadqiqot” yoki “bilish yo‘li” ma’nolarini ifodalaydi.1 Bu tushuncha falsafiy va didaktik ma’nolarga ega. Falsafiy ma’noda tabiat va jamiyat hodisalarini kuzatish hamda voqelikka ilmiy nuqtayi nazardan yondashish demakdir. Didaktik ma’noda esa bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish yo‘lini ifodalaydi. Ona tili darslarida tushuntirish, namoyish etish, muammoli bayon qilish, qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot kabi metodlar yetakchi sanaladi. Tushuntirish – namoyish etish metodida bilimlar o‘qituvchi tomonidan tayyor holda beriladi. Tilning qonun-qoidalari tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida misollar keltiriladi. O‘quvchilar bayon qilinayotgan fikrlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga harakat qiladilar. 7-sinf Ona tili darsligidagi quyidagini misol qilish mumkin: Olmoshlar so‘z, so‘z birikmasi, gaplar va matnlarga ishora qiladi, ularning o‘rnida almashib kela oladi. Masalan, Salimning sochlari sariq, ko‘zlari ko‘k. U hecham o‘zbekka o‘xshamaydi gapida u olmoshi Salim o‘rnida qo‘llanmoqda. Asrora sahnaga chiqmadi. Bu Lola opaning jahlini chiqardi gaplarida esa bu olmoshi butun bir gapga ishora qilmoqda. Mazkur o‘rinlarda olmoshlarning qo‘llanishi nutqiy qisqalikka, ravonlikka va o‘rinsiz takrorlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Bu metoddan til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, savollarga javob berish, murakkab va oldindan ma’lum bo’lmagan mavzuni tushuntirish maqsadida foydalaniladi. Ushbu metodda keltirilgan misollarning ilmiy, badiiy, tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’rganilayotgan til hodisalarining asosiy tomonlariga diqqatni jalb qilish, mazvular orasida mustahkam bog’lanishlarni vujudga keltirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi. Muammoli bayon qilish metodida o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga ma’lum bir muammo qo‘yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash orqali 1 A. G‘ulomov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2012. 69-bet. 62 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 2 bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta’limning bu metodi o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialin

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning ta’lim muassasalarida o‘qitilishi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning ta’lim muassasalarida o‘qitilishi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qayta xotirlash metodi, tushuntirish – namoyish etish metodi, metod, bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi, muammoli ta’lim, qisman izlanuvchanlik., ona tili, muammoli bayon qilish metodi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники