Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR
NEW RENAISSANCE · Yarashova Mohlaroyim Shuhrat qizi · Sultonova Munavvar
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Moddiy madaniyatning muhim qismi kiyim-kechaklarni o‘rganish jarayonida xalq urf-odatlari va ananalari qadriyat sifatida ko‘zga tashlanadi.Ushbu maqolada Buxoro voxasi kiyim-kechaklari bichilishi hamda tikilishi bilan bog‘liq rasm-rusm va odatlar etnologik tahlil etiladi. Kalit so’zlar: etnik tarkib, an’anaviy madaniyat, moddiy madaniyat, ma’naviy madaniyat, an’anaviy kiyim kechaklar, marosimlar, urf-odatlar, qadriyat, an’ana, aqiqa, otinoyi, fotiha, chimildiq, salomnoma, muxammas. Buxoroda ham Respublikamizning boshqa mintaqalarida bo’lgani singari marhum vafot qilgan kundan boshlab uning yaqin qarindoshlari aza tutib motam libosini kiyganlar[1]. Azadorlarni motamsaro rangdagi aza libosi boshqalardan ajratib turgan. Ko’pincha «o’limlik tuguni» tayyorlab qo’ygan onaxonlar qizlari, kelinlari, opa-singillariga atab ko’k rangdagi matolarni yiqqanlar. Vohadagi piru badavlat keksa momolar va bobolar o’zlarining dafn marosimlari uchun «o’limlik buxchasi»ni g’amlaganlar. Ushbu buxchadagi kiyimlar marhumni yuvgan murdashuylarga berilgan. «O’limlik buxchasi»dagi kiyim-kechaklar tarkibi erkak kishi uchun to’n, ko’ylak, do’ppi, mahsi-kalish va oq ishtondan iborat bo’lgan bo’lsa, ayollar uchun to’n, xalat, ro’mol, ikkita ko’ylak, kultapo’shak, po’pak, mahsi-kalish kabi narsalarni o’z ichiga olgan. Oldinlari murdasho’ylarga marhumning kiyib yurgan kiyimlari berilgan bo’lsa, hozirda ohorli yangi kiyim taqdim etiladi. Xalq orasida «agar mazkur kiyimlar murdasho’yga berilmasa, marhum qiyomatda yalongoch holda qayta tiriladi», degan tasavvur bo’lganligi bois barcha kishilar doimo murdasho’yga boshdan-oyokq sarpo qilishga harakat qilishgan. Motam marosimlarida marhumning eng yaqin qarindoshlari aza libosini kiyganlar. Marhumning erkak qarindoshlari do’ppi va to’n kiyib, bellarini belqars bilan bog’laganlar. Ular marhumning «kir yuvdi» marosimigacha mayyit dafn qilingan kun bellariga bog’langan matolardan an’anaviy bichimli ko’ylak va lozim tiktirib kiyishgan. Marhum dafn etiladigan kuni vohadagi qovchin, qipchoq, mang’it kabi etnik guruhlarda mayitning yaqinlari (onasi, xotini, 352 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 singlisi va boshqalar) olacha kiyishgan. Qolgan barcha azadorlar qimmatbaho va yangi kiyimlarini kiyib yig’laganlar va jamoa bo’lib, sadr[2]tushishgan. Ayol tomondan qarindosh keksalar vazmin rangli matodan tikilgan kamzul kiyganlar. Ayrim joylarda, marhumning to’ni va bosh kiyimini kiyib, belbog’ini bog’laganlar. Belbog’da esa marhum tirikligida yig’ib yurgan va vafot qilgan kuni berilgan matoni osib qo’yishgan. Aza davrida ayollar taqinchoq taqishmagan, o’zlariga xushbuy narsalar ham surtmaganlar. Ular odmi rangli kiyimlarni kiyib, boshlariga ham ko’k rangli ro’mol o’raganlar, oyoqariga mahsi-kalish kiyganlar. Azadorlik kiyimlarini marhum vafot qilgan xonadon egasi bergan. Buxoro vohasi o’zbeklarida motam kiyimlari asosan ko’k va oq rangdagi matolardan iborat. Aza marosimlarini maxsus tadqiq qilgan Q.Nasriddinovning yozishicha, agar marhum yosh bo’lsa, yashil rangdagi kiyim ham kiyilgan[3]. Eri vafot qilgan ayol motam belgisi sifatida boshiga oq ro’mol o’rab, egniga ko’k ko’ylak va ishton kiygan. Voha tojiklarining motam kiyimi esa qora ko’ylak va oq ro’moldan iborat bo’lgan. Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahrida ayollar aza libosi uchun mo’ljallangan to’q rangli mato bilan bellarini bog’lashgan. XX asrning 50- yillarigacha vohada mayitni dafn etishdan oldin uning yaqin qarindoshlari surp bilan bellarini bog’lash odati bo’lgan. Marhumning «bel bog’lagan» yaqin qarindoshlari mayit dafn qilib kelingandan keyin bellaridagi surp belbog’i yechib qo’yishgan. XX asrning 50-60-yillarigacha azadorlik belgisi sifatida marhumning onasi, qizi, xotini sochlarini to’liq yoki qisman yoygan holda yig’laganlar. Motamda faqat marhumning oila a’zolari emas, balki, qarindoshlari ham bel bog’lashgan. Aynan o’sha kuni marhumning opa-singillari, qizlari, onasi va ayoli aza libosini kiygan. Ularga nisbatan xalq orasida «azador», «ko’ki bor», «ko’k kiygan» iborasi ishlatilgan. O’rta asrlarga oid manbalarda ham ajdodlarimizning aza kiyimlari to’g’risidagi ba’zi tafsilotlar yoritilgan. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning «Badoe ul voqea» asarida kursatilishicha, azador kishilar egnilariga ko’k kiyim kiyganlar. Q.Nasriddinovning ta’kidlashicha, ko’k rang vazminlik va motam belgisi hisoblangan[4]. Bizningcha, azada ko’k kiyish an’anasi qadimgi turkiy qavmlar e’tiqodiga ko’ra, marhumlarning ruhi Ko’k tangri ixtiyoriga, ya’ni osmonga chiqib ketishi bilan bog’liq tasavvurlar asosida kelib chiqqan bo’lsa kerak. Vohaning aksariyat joylarida marhumning eng yaqin qarindoshlari uchun mayyitning birinchi ta’ziyasiga qadar aza kiyimlari tikib bo’lingan va o’sha kuni aza kiyimlari kiyilgan. Ba’zi joylarda aza kiyimini marhumning xudoyi(yetti)sigacha tikib kiyganlar, chunki «yetti» motam marosimining asosiy uzvi hisoblangan.Vohadagi mang’it, qarluq, qovchin, saroy kabi urug’lar yashovchi qi
Доказательный фрагмент
«Moddiy madaniyatning muhim qismi kiyim-kechaklarni o‘rganish jarayonida xalq urf-odatlari va ananalari qadriyat sifatida ko‘zga tashlanadi.Ushbu maqolada Buxoro voxasi kiyim-kechaklari bichilishi hamda tikilishi bilan…»
Образец извлечения
Демо-превьюModdiy madaniyatning muhim qismi kiyim-kechaklarni o‘rganish jarayonida xalq urf-odatlari va ananalari qadriyat sifatida ko‘zga tashlanadi.Ushbu maqolada Buxoro voxasi kiyim-kechaklari bichilishi hamda tikilishi bilan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- urf-odatlar, aqiqa, etnik tarkib, marosimlar, ma’naviy madaniyat, an’ana, an’anaviy kiyim kechaklar, moddiy madaniyat, otinoyi, fotiha, salomnoma, an’anaviy madaniyat, muxammas., chimildiq, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014