К содержанию
РецензированоUZ2025

BERUNIY VA UNING DIDAKTIK QARASHLARI

NEW RENAISSANCE · Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Hoshimova Malikabonu Shamshodovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning hayot yo’li va faoliyati, asarlarining yaratilish tarixi, didaktik qarashlari, astronomiya va geografiyaga qo’shgan hissasi, olimning “Kitob at- Tafhim”, “Mineralogiya”, “Farmokognoziya”, “Geodeziya”, “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar” kabi asarlari, “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlari haqida so’z boradi, hozirgacha saqlanib qolgan tanlangan asarlari, “Mas’ud qonuni” asarining ilmiy tahlili, buyuk olimlarning unga nisbatan qarashlari va fikrlari haqida so’z boradi. “Al-Faxriy sekstanti” risolasini yozadi. Tibbiyotga bag’ishlangan “Saydana” asarini yaratadi. Kalit so’zlar. Abu Rayhon Beruniy, “Kitob at-Tafhim”, “Mineralogiya”, “Farmokognoziya”, “Mas’ud qonuni”, “Geodeziya”, “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar”, “Hindiston” yoxud “Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlari, “Al- Faxriy sekstanti” risolasi, “Saydana” asari. Hozirgi kunga qadar yurtimizda qanchadan qancha buyuk olimlar yashab, ijod etgan. Mana shunday buyuk shaxslardan biri, o’rta asrlarning qomusiy olimlaridan biri hisoblangan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy haqida gapirib o’tamiz. Uning buyukligi o’sha davrning deyarli barcha fanlariga qo’shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo’ladi. Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. G’arb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan. Al-Beruniy nomi forscha “ birun ”(“chet” degan ma’noni anglatadi) so’zidan olingan bo’lib, u 973 yili Afrig’iy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining Qiyot qishlog’ida tug’ilgan. Beruniy o’z hovlisida turli xil gullarni parvarishlashni yoqtirgani uchun unga “ Rayhon ” laqabini ham berishadi. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda o’tkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shug’ullandi. Beruniy ona tili bo’lgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab, yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o’rgangan. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug’rofiya, mineralogiya va tabiiy fanlarni 344 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 yaxshi bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. Beruniy ilm sohasiga qo’shgan hissasi katta. U barcha fanlarni mukammal bilgan, ko’plab mavzularda ilmiy izlanishlar qilgan, ko’plab mukofotlarni qo’lga kiritgan qomusiy alloma sanaladi. Al-Beruniy o’zining “Geodeziya” asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Ma’lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo’lish lozim. Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim- matematik va astronom al-Xo’jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o’zining “Al-Faxriy sekstanti” risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o’zgarishlar bo’lib, Ma’mun vafot etib, uning o’rniga Ali ibn Ma’mun taxtga chiqqan edi. 997-yilda mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Urganchga keladi. Ushbu asar 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar “ shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash” ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o’lchash haqida fikr yuritilgan. Allomaning hozirgi davr ilmiy adabiyotlarida qisqacha “Geodeziya” deb yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag’ishlangan. Bundan tashqari, Beruniyning “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar” asari ham 1029- yili G’aznada yoziladi. Oradan bir yil o’tgandan so’ng, u o’zining “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobini yakunlaydi. Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud G’aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlari sabab bo’lgan. Urganchda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug’ullanadi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma og’irliklardan foydalanish g’oyasi ham mana shu yerda tug’ildi. Beruniyning shoh asari mavjud. U asarni Ma’sudga bag’ishlab “ Qonuni Mas’udiy” deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo’lsa ham Beruniyning matematikaga oid, ya’ni trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo’shgan hissasini yozib qoldirgan 100dan ortiq asaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari - “Hindiston” , “Yodgorliklar” , “Qonuni Mas’udiy” , “Geodeziya” , “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari - 22 ta; astronomik asbo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning hayot yo’li va faoliyati, asarlarining yaratilish tarixi, didaktik qarashlari, astronomiya va geografiyaga qo’shgan hissasi, olimning “Kitob at- Tafhim”, “Mineralogiya”, “Farmoko…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning hayot yo’li va faoliyati, asarlarining yaratilish tarixi, didaktik qarashlari, astronomiya va geografiyaga qo’shgan hissasi, olimning “Kitob at- Tafhim”, “Mineralogiya”, “Farmoko… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar”, “Kitob at-Tafhim”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlari, “Al- Faxriy sekstanti” risolasi, “Farmokognoziya”, “Hindiston” yoxud “Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”, “Geodeziya”, “Mas’ud qonuni”, Abu Rayhon Beruniy, “Saydana” asari., “Mineralogiya”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники