Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALIS L.) O’SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATI.
Muxammadiyeva Oliya Narzullayevna · Valieva O‘g‘ilsara Panjievna
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье представлена информация о биологических свойствах имбирного растения, его составе, а также механизмах воздействия на организм человека, его роли в народной медицине. Освещены мероприятия по интродукции имбиря в условия Сурхандарьинской области Узбекистана в связи с их значимостью. Annotation: This article contains information about the biological properties of the ginger plant, its composition, as well as the mechanisms of its action on the human body, its role in traditional medicine. In connection with its importance, measures were highlighted for implementation in the conditions of the Surkhandarya region of Uzbekistan. Аtrof muhitni himoya qilish, oʼsimlik resurslaridan oqilona foydalanish hamisha bashariyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri boʼlgan va shunday boʼlib kelmoqda. Dorivor oʼsimliklar haqida gap ketganda koʼz oldimizga yer yuzidagi barcha dorivor oʼsimliklar keladi. Аholi sonining oshishi keng assortimentdagi dorivor, oziq-ovqatbop va xushboʼy-zirovor oʼsimliklar xom ashyosi xilma-xilligini koʼpaytirishni hamda ulardan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Oʼz navbatida, bunday xususiyatlarga ekspertbop dorivor oʼsimliklarni tanlash, ular xom ashyosiga boʼlgan ehtiyojlarni mahalliy florada mavjud boʼlgan yoki oʼzga hududlar florasiga tegishli introdutsent oʼsimliklar hisobiga qondirish, oʼsimliklarni turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan X asr avval bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino o'zining o'lmas asarlarida dorivor giyohlardan samarali foydalanish sir-sinoatlarini bayon etib, amaliyotda qo'llagan, bu esa o'z navbatida butun dunyo davlatlari olim va soha egalari tomonidan tan olingan. Uning asarlarida qoldirilgan dorivor giyohlardan foydalanish tartibi va qonun-qoidalari, uslublaridan dunyo farmatsevtlari, xalq tabobati mutaxassislari va olimlar bugungi kungacha foydalanib kelmoqdalar. Qadim 162 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 zamonlardan beri insonlar bu shifobaxsh o'simlikdan turli xastaliklarni davolashda qo'llab kelishadi. Ayniqsa, u yuqori haroratni tushirib, ishtahani ochadi, insonga tetiklik baxsh etadi. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o'ziga xos yoqimli hid berib turadi. Uning qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi. Shuning uchun ham arablar uni taomlarga qo'shib iste'mol qilishni xush ko'rishgan. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida ko'plab xastaliklarda qo'llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo'shish lozim, deb yozgan.[4]. Zanjabil (Zingiber officinale L) dorivorlik va foydali xususiyatlari bilan bugungi kunda dunyo bozorida yetakchilik qilib kelmoqda. Bolalarda shamollash kasalligini davolash uchun zanjabil ildizidan foydalanish mumkin. Zanjabil qolaversa bolalardagi gripp va sovuqni bartaraf etishga yordam beradi. Qaynayotgan zanjabilning bug'lanishi nafas olish uchun foydalidir. Agar bola ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan azob chekayotgan bo'lsa, bu o'simlikdan tayyorlangan choy qusish, spazmlardan yordam beradi. Zanjabil shuningdek mushaklarning og'rig'ini yo'q qiladi, bolaning immunitetini mustahkamlaydi Zanjabilning qo'llanilish doirasi shu qadar kengki, uni hech ikkilanmay haqiqiy mo`jizaviy dori deb atash mumkin. Keyingi bir necha o'n yildirki uning shifobaxsh xususiyatlari zamonaviy mutaxassislar tomonidan keng o'rganilmoqda. Bugungi kunda hatto zanjabil ko'pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli illatlardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda tavsiya qilinmoqda Zanjabil ekstraktlari kosmetologiya sohasida ham keng qo'llaniladi. Xususan, zanjabil ekstraktidan tayyorlangan shampunlar soch to'kilishining oldini olib, soch tolalarining mustahkam hamda yorqin bo'lishini ta'minlaydi. Zanjabil ildizi soch follikulalarini oziqlantirib, ularning o'sishini ham rag'batlantiradi. Bu o'simlik ortiqcha vazndan xalos bo'lishda ham sezilarli natija beradi. Ovqatdan oldin iste'mol qilingan zanjabilli choy ishtahani bo'g'adi va shu bilan birga yog'larni eritish xususiyatiga ham ega. Har kuni ertalab bir stakan iliq suvga bir choy qoshiq zanjabil, limon va asalni aralashtirib ichilgan damlama immunitetni ko'tarishga va ichki a'zolarning tozalanishga juda katta yordam beradi. Zanjabilli choy odamni tetiklashtirib, mushaklardagi yog' qatlamlarining “erishini” tezlashtiradi, tanadagi ortiqcha suvni haydaydi. 163 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zanjabil o'simligi shifobaxshligi jihatidan qadim tarixga borib taqaladi. Shu boisdan bu bebaxo o'simlikni O'zbekiston hududi xususan Surxondaryo viloyati hududida introduksiya ishlarini jadal olib borish va yurtimiz ichki bozoridagi zanjabilga bo'lgan
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о биологических свойствах имбирного растения, его составе, а также механизмах воздействия на организм человека, его роли в народной медицине.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о биологических свойствах имбирного растения, его составе, а также механизмах воздействия на организм человека, его роли в народной медицине. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- acumen international, international journal, journal multidisciplinary, yordam beradi, dorivor oʼsimliklar, abu ali, ali ibn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014