К содержанию
РецензированоUZ2026

“BOBURNOMA” VA UNDA MOVAROUNNAHR AHOLISI TARIXINING YORITILISHI

Sharifjonov Jalilbek Anvarovich

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026

Аннотация

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishdaham muhim tarixiy asar hisoblanadi. Manbada mintaqa xalqlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy tarixidan tashqari etnik tarixi, xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari xususida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud. Kalit so’zlar: Bobur, “Boburnoma”, Markaziy Osiyo xalqlari, Hindiston, etnos, Qobul. XVI asrda yashab o’tgan yirik olim va davlat arbobi, Farg’ona hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) katta o’g’li Zahiriddin muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda tug’ilgan. 1494 yil 5 iyunda 12 yoshida otasi Umarshayx Mirzoning vafotidan so’ng Farg’ona taxtiga o’tkaziladi. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, mamlakatda kuchayib ketgan feodal kurash natijasida, aniqrog’i Sulton Ahmad Tanbal boshchiligidagi feodal guruh bilan bo’lgan kurashda mag’labiyatga uchraydi va Farg’onani tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Bobur 1497-1500 yillari mobaynida Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi ham mag’lubiyat bilan tugaydi. Bobur 1504 yilga qadar, Farg’ona uchun kurashni davom ettiradi, lekin g’alaba qozonmaydi. 1504 yil Movarounnahrni tark etib, Afg’onistonga ketadi. Bu paytda Afg’onistonda feodal tarqoqlik yuzaga kelgan bo’lib, Bobur bundan ustalik bilan foydalanadi va Qobulni egallaydi. 1511 yilning kuzida Bobur Eron shohi Ismoil Safaviyning (1502- 1524yy.) harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni qayta egallashga muvaffaq bo’ladi, lekin uning hukmronligi bir yilga ham yetmaydi. 1512 yilning bahorida Ko’li Malik degan joyda bo’lib o’tgan jangda Shayboniylarning birlashgan kuchlari uni tor-mor keltiradi. Bobur Hisorga, undan yana Qobulga qaytadi. Bobur 1514-1526 yillar davomida Shimoliy Hindistonga, uni bo’ysundirish maqsadida 5 marta qo’shin tortadi va 1526 yilda bosib oladi. Boburiylar g’arbda Buyuk mo’g’ul imperiyasi nomi bilan mashhur bo’lgan feodal davlatga asos soladi. Bobur 1530 90 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 yilning 26 dekabrida 47 yoshida vafot etadi. Bobur o’zining ajoyib lirik she‘rlari hamda «Boburnoma» nomli memuar asari bilan tarixda o’chmas nom qoldirdi. «Boburnoma» me‘muar tipda yozilgan asar bo’lib, o’zida Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chag’oniyon, Afg’oniston va Shimoliy Hindistonning XV asrning 80- 90 yillari va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli yoritiladi. Bundan tashqari asar geografik va etnografik faktlarga (Farg’onaning turk-mo’g’ul qabilalari, ko’chmanchi o’zbek qo’shinlarining tuzilishi, Movarounahr, Afg’oniston va Hindiston xalqlarining urfodati va b.) ham juda boy. “Boburnoma” XVI asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko’p tillari – ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha martalab tarjima qilingan. “Boburnoma”ning jahonga mashhur bo’lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta. Negaki, manbaning jahonda birinchi to’liq nashri 1826 yilda ingliz tilida J. Leyden va V. Erskin tomonidan amalga oshirilgan. Asarning tarjimalari Angliyada 9 marta nashr etilgani ham “Boburnoma”ning ilmiy ahamiyati qanchalik yuqori ekanidan dalolat beradi. Rus sharqshunoslaridan N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkinlar ham “Boburnoma”dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy 1857-yilda “Boburnoma”ni Qozonda nashr ettiradi. “Boburnoma” asarining bir necha marta soddalashtirilib, o’quvchiga tushunarli tilda nashr qilingan hamda undagi tarixiy voqealar yoritilgan ko’plab asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, P. Shamsiyev, V. Rahmonov, H.Qudratillayev, T. Fayziyevlar bu sohada yirik tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. “Boburnoma” asari yaratilishi Movarounnahr bilan bog’liq bo’lgani uchun ham asarda mintaqa aholisining turmush tarzi, etnik holati, marosim va urf-odatlariga doir ma’lumotlar o’rin olgan. Jumladan, Samarqand xalqi xaqida so’z ketar ekan, “Samarqand eli turkdir (o’zbekdir). Shahar aholisi va bozorga keluvchilardan turkiyni bilmaydigan kishi yo’q. Elining tili adabiy tilga muvofiq”, degan ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, asarda Farg’ona va uning atrofidagi hududlar aholisini ham tavsiflaganini ko’rishimiz mumkin. Xususan, Isfara haqidagi ma’lumotlarda shahar Marg’inonning g’arbiy janubidadir. Xalqining barchasi sort, forsiyda so’zlashadi, deyiladi “Boburnoma”da. Shuningdek, asarda Andijon va uning atroflaridagi hududlar va aholisi haqida so’z boradi. Andijon viloyatining dashtda yashovchi aholisidan biri odami ko’p “chakrak” elidir. Besh-olti ming uylik eldir. Ular Farg’ona va Qoshg’ar orasidagi tog’larda istiqomat qiladi. Otlari ko’p va qo’ylari behisob. U tog’larga qoramol o’rniga qo’tos o’rniga saqlaydilar. Chakrak mol olib, lashkarga bo’lib berish uchun lashkarni Qosimbekka boshlatib, Chakrakka yuborildi, deydi Bobur. Asarda Dahkat hududi to’g’risida ham quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: “Dahkat O’ratepaning tog’ etagidagi shahar

Доказательный фрагмент

«Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishdaham muhim tarixiy asar hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishdaham muhim tarixiy asar hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Boburnoma”, Markaziy Osiyo xalqlari, Bobur, Hindiston, etnos, Qobul.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники