К содержанию
РецензированоRU2026

CHET TILLARINI O‘RGANISHDA MULOQOTNING AHAMIYATI

talabasi Ergasheva Malohat Yo’ldosh qizi (Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 3-kurs)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026

Аннотация

In the thesis, the author explains that by learning a language, a person can form his own culture, improve his human qualities, and acquire the qualities of tolerance, which are important nowadays, by understanding other people's culture. Аннотация: В диссертации автор поясняет, что, изучая язык, человек может формировать собственную культуру, совершенствовать свои человеческие качества, приобретать важные в наше время качества толерантности, понимая культуру других народов. Kalit so‘zlar: Chet tilini o‘rganish, muloqotning ahamiyati, talaffuzni yaxshilash, so‘z boyligini oshirish, madaniy kontekst, real muloqot, til o‘rganish samaradorligi, amaliyot, jonli suhbat. Key words: Learning a foreign language, the importance of communication, improving pronunciation, increasing vocabulary, cultural context, real communication, effectiveness of language learning, practice, live conversation. Ключевые слова: Изучение иностранного языка, важность общения, улучшение произношения, увеличение словарного запаса, культурный контекст, реальное общение, эффективность изучения языка, практика, живая беседа. Til o'rganish nafaqat alifbo, lug'at va grammatikani o'z ichiga olgan murakkab jarayon bo'lib, matn mazmunini, masalan, xulq-atvor va madaniy me'yorlarini o'rganishni o‘z ichiga qamrab olishi zarur. Yangi axborot texnologiyalari tufayli ish jarayonlari, kundalik hayot tarzi, ta’lim va kundalik muloqot jarayonlarida madaniyatlararo o‘zaro ta’sirning barcha xususiyatlari ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Masalan, o‘quvchilar qandaydir yangi tilni o'rganayotganlarida yangi til mazmuni haqida va bu tilni o'rganish jarayonida ushbu til xususiyatlari bilan birgalikda madaniyat bilan ham bevosita muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Har qanday tilni o'rganish uchun ular nafaqat tilni, balki u bilan bog‘liq barcha xususiyatlarni: joy, makon, tarix va madaniyatni o‘rganish jarayonidan o‘tadilar. Shunday qilib, ular tilda gaplashish orqali o'sha til madaniyatiga, ya'ni til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kuchi va mohiyatiga avtomatik ravishda singib ketishlari mumkin. Chet tilini 79 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 o‘rganish jarayonida muloqot eng muhim omillardan biridir. Teoretik bilimlarni mustahkamlash, so‘z boyligini oshirish va talaffuzni yaxshilashda muloqotning roli beqiyosdir. Quyida muloqotning chet tilini o'rganishga ta'sir qiluvchi asosiy jihatlari va uning samaradorligi haqida batafsil ma'lumot beramiz.1 Tilni amalda qo‘llash va real hayotdagi muloqotning ahamiyati. Chet tilini o‘rganishda nafaqat grammatik qoidalarni o‘zlashtirish, balki amaliyotda uni ishlatish ham muhimdir. Kitoblarda yoki o'quv materiallarida o‘rganilgan so‘zlar va iboralarni haqiqiy suhbatlarda ishlatib ko'rish ularni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Haqiqiy muloqotda inson qoidalarni chuqurroq tushunadi va gapirishda tabiiyroq bo'lib boradi. Tilni faqat nazariy o‘rganish cheklangan samara beradi, chunki bu holda inson u tilning jonli tomonlarini his qila olmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chet tilida muloqot qilgan o‘quvchilar tilni faqat kitobiy yo‘llar bilan o‘rganganlarga qaraganda ancha tezroq o‘zlashtiradilar. Masalan, intervyu, suhbat yoki muhokama paytida so‘zlarni to‘g‘ri kontekstda ishlatish tilni ong ostida mustahkamlaydi va so‘z boyligini oshiradi. Muloqot orqali talaffuz va aksentni yaxshilash. Til o‘rganish jarayonida talaffuz va aksent katta ahamiyatga ega. O‘rganuvchilar ko‘pincha qoidalarni bilsalar-da, o‘zlarining aksentlari yoki talaffuzlari sababli tushunilmasliklaridan xavotirga tushadilar. Doimiy muloqot orqali bu muammolarni bartaraf etish mumkin. Muloqot vaqtida odamlar bir-birlarining talaffuzini eshitadilar va o‘zlarini moslashtirishadi. Masalan, mahalliy aholi yoki yaxshi talaffuz qiluvchi kishilar bilan suhbatlashish orqali o‘quvchi to‘g‘ri talaffuzni eshitib, o‘z nutqini yaxshilaydi. Bu usul ayniqsa tilni o‘rgana boshlagan paytda juda muhim hisoblanadi, chunki bu vaqtda talaffuzni to‘g‘ri o‘zlashtirish kelgusida xatolarning oldini oladi. Muloqotda til boyligini oshirish. Chet tilida muntazam ravishda muloqot qilish so‘z boyligini kengaytirish uchun juda foydali. Til o‘rganuvchilar o‘zlarining kundalik hayotlarida kerakli so‘z va iboralarni ishlatish orqali ularni eslab qolishadi. Shuningdek, ular bilmagan yangi so‘zlarni suhbat davomida o‘rganishlari mumkin. Shu tarzda so‘zlar doimiy ravishda takrorlanadi va mustahkamlanadi. Muloqot turli kontekstlarda yangi so‘zlar va ifodalarni o‘rganishga imkon beradi. Misol uchun, ish joyidagi, do'kondagi yoki do‘stlar bilan bo‘ladigan suhbatlar turli xil so‘zlarni ishlatishni talab qiladi. Bu jarayon til o‘rganuvchini turli mavzularda erkin gapirish qobiliyatiga ega qiladi. Muloqot, uning ishtirokchilarining kommunikativ qobiliyatlaridagi madaniy jihatdan aniqlangan shunday sezilarli farqlar sharoitida 1 https://doi.org/10.5281/zenodo.7423802 80

Доказательный фрагмент

«In the thesis, the author explains that by learning a language, a person can form his own culture, improve his human qualities, and acquire the qualities of tolerance, which are important nowadays, by understanding ot…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the thesis, the author explains that by learning a language, a person can form his own culture, improve his human qualities, and acquire the qualities of tolerance, which are important nowadays, by understanding ot… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Learning a foreign language, the importance of communication, Chet tilini o‘rganish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники