К содержанию
РецензированоUZ2017

TARIX TILSIMI VA QADRIYATLAR BESHIGI BO’LGAN MUZEYLARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O’RNI

Istamova Shahzoda Islom qizi · KIRISH: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada yurtimizning tarixi, urf-odatlari, an’analarini aks ettirishda muzeylarning o’rni, tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishidagi roli beqiyos bo’lgan tarixiy tilsim hisoblanmish muzeylar faoliyati va ularning yoshlar hayotida tutgan o’rni, ularning shaxs ma’naviyatini rivojlantirishi to’g’risidagi fikr va mulohazalar yuritiladi. Prezidentimizning muzeylar faoliyatini isloh etish to’g’risidagi qaror va fikrlari bilan boyitiladi. KALIT SO’ZLAR: Muzeyshunoslik, muzey etikasi, muzeylarning tarbiyaviy ahamiyati, qiziqarli suhbat va ekskursiyalar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, psixologik ta’sir, qadriyatlar beshigi, tarix tilsimoti, muzey va jamiyat. KIRISH: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakatda mavjud ulkan turizm saloyihatdan yanada to’liq va samarali foydalanish, an’anaviy, madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Turizmning ustuvorlik kasb etayotgani ham muzeylar faoliyati va muzey ishi tizimli tashkil qilinishini taqozo etadi. 2017-yil 11-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2017-2027- yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida” qaror qabul qilindi. Mamlakatimizda 350 dan ziyod muzey faoliyat yuritib, o’zining eksponatlari- ashyoiy dalillari bilan yosh avlodni tarixga bo’lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgani ham malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni dolzarblashtiradi. Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlarga tayanib, muzeyshunoslik- ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni to’plash, saqlash jarayonlari, bilim va ma’lum hissiyotlarni muzey ashyolari orqali yetqazib berishni, muzey ishini, muzeyni ijtimoiy institut sifatidagi maqomini, vazifalarini hamda turli ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarda ularning amalga oshirish shakllarini o’rganadigan fandir, deb belgilash mumkin. Ushbu maqola muzeylarning kelib chiqishini, tarixini, uning ijtimoiy hayotdagi o’rni, shuningdek, ularning klassifikatsiyasi va tipolgiyasini tadqiq qiladi. 41 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 3 ASOSIY QISM: Muzeylar- jonli tarix, o’tmishdan guvohlik beruvchi muassasalardir. Ularda xalqimizning tarixi, urf-odatlari, an’analari o’z aksini topgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar saqlanadi. Muzeylarning madaniyatimizda tutgan o’rni benihoya katta, bu avvalo, ularning tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishidagi roli bilan belgilanadi. Boshqa tomondan, muzeylardagi eksponatlar orqali tariximizni dunyo xalqlariga tanishtirish vazifasi ham turadi. Zero, muzeylar va muzey ishi turizm sohasi bilan aloqador bo’lib, bu o’z navbatida respublikamiz iqtisodiyotining muayyan yo’nalishlari rivojiga ham ta’sir ko’rsatadi. Muzey- bu sotsial axborotlarni tarixan o’zaro bog’lovchi ko’p funksiyali ijtimoiy institut bo’lib, uning faoliyati madaniy-tarixiy hamda tabiiy- ilmiy boyliklarni saqlash, ma’lumotlarni to’plash va muzey ashyolari orqali tarqatishga mo’ljallangandir. Muzey turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi. Shuningdek muzeylar ma’rifiy, tarbiyaviy va targ’ibot maqsadlarida foydalaniladi. Muzey etikasi muzeyshunoslikning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Muzeylarda uzoq asrlardan buyon saqlanib kelayotgan osori atiqalarga bo’lgan munosabat, muzeylarga tashrif buyurish odobi- muzey etikasi deyiladi. Bolalarning muzeyga tashrifini ularning ruhiyatiga to’g’ri keluvchi muloqot ekskursiyalari orqali tashki etish zarur. Muzey o’quvchilarga nafaqat turli hodisa va voqealarning sabablari hamda tartiblari haqida bilimlarni berish, balki uni xotirada saqlash bilan bir qatorda, o’z oldilariga qo’yilgan savollarga mustaqil ravishda javob topishga o’rgatishi lozim. Avvalambor, muzeyda maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning psixologik holati, ularning axborotni qabul qilish darajalarini o’rganishda, asosan bolalarda atrof- muhitni anglash, fikrlash va eslab qolish qobiliyatlari hisobga olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga esa muzeyga tashrif jarayonida dastlab ekspozitsiyadagi ashyolarning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi. Qiziqarli suhbat orqali ekskursiyalar o’tqazishda ularning shakllanayotgan psixologik jarayonlarini o’rganib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va bu borada bolalarga zamonaviy texnologiyalardan(sensor kioskalar, plazma panellardan) foydalanish imkoniyatini yaratish zarur. Ushbu maqolada kichik yoshdagi tashrif buyuruvchilar bilan ishlashning turli shakllari: viktorina, rebus va musobaqalar tarzida tashkil etishni tavsiya qilinadi. Muzeylar tarixiy va madaniy faktlar, mashhur nomlar, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlari nafaqat bol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yurtimizning tarixi, urf-odatlari, an’analarini aks ettirishda muzeylarning o’rni, tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishidagi roli beqiyos bo’lgan tarixiy tilsim hisoblanmish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yurtimizning tarixi, urf-odatlari, an’analarini aks ettirishda muzeylarning o’rni, tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishidagi roli beqiyos bo’lgan tarixiy tilsim hisoblanmish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muzeylarning tarbiyaviy ahamiyati, tarix tilsimoti, Muzeyshunoslik, muzey va jamiyat, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qiziqarli suhbat va ekskursiyalar, qadriyatlar beshigi, psixologik ta’sir, muzey etikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники