К содержанию
РецензированоUZ2024

ESKI O‘ZBEK YOZUVIDA FOYDALANILGAN YOZMA YODGORLIKLAR

Abdunazarova Nazira Dilshod qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada eski o‘zbek yozuvi va unda yaratilgan yozma yodgorliklarning tarixi, turlari, ilmiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Eski o‘zbek yozuvi asosan arab grafikasiga asoslangan bo‘lib, XII asrdan boshlab, XIX asrgacha keng foydalanilgan. Ushbu yozuv orqali yaratilgan adabiy, diniy va ilmiy qo‘lyozmalar O‘rta Osiyo va Sharqning ilmiy-madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Tadqiqotda eski o‘zbek yozuvida yaratilgan qo‘lyozma yodgorliklarning madaniy ahamiyati yoritilib, ularning tahlili o‘tkaziladi. Adabiy qo‘lyozmalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi yirik shaxslarning ijodi orqali o‘z davrining badiiy va estetik qiyofasini aks ettirgan. Diniy va ilmiy asarlar esa xalqning diniy-falsafiy qarashlari va ilmiy yutuqlarini ko‘rsatgan. Shuningdek, eski o‘zbek yozuvida yozilgan davlat hujjatlari va diplomatik yozishmalar orqali o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar va davlat boshqaruvi tizimining yozma madaniyati o‘rganiladi. Maqola davomida qo‘lyozmalarning ilmiy va madaniy meros sifatida ahamiyati, ularni o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish masalalari ham keng yoritilgan. Bugungi kunda eski o‘zbek yozuvidagi yozma yodgorliklarni tadqiq qilish xalqimizning boy madaniy va ilmiy merosini saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadamdir. Kalit so‘zlar: Eski o‘zbek yozuvi, qo‘lyozma yodgorliklar, Alisher Navoiy, arab grafikasiga asoslangan yozuv, madaniy meros, ilmiy asarlar, diniy asarlar, davlat hujjatlari, diplomatik yozishmalar, o‘zbek adabiyoti. ANNOTATION This article analyzes the history, types, and scientific and cultural significance of Old Uzbek script and the written monuments created in it. The Old Uzbek script, based mainly on Arabic script, was widely used from the 12th to the 19th century. Literary, religious, and scientific manuscripts written in this script played an important role in the scientific and cultural development of Central Asia and the East. The study highlights the cultural significance of the written monuments created in Old Uzbek and provides an analysis of them. Literary manuscripts reflect the artistic and aesthetic nature of their era through the works of prominent figures like Alisher Navoi and Zahiriddin Muhammad Babur. Religious and scientific works, on the other hand, reflect the people’s religious-philosophical views and scientific achievements. The Old Uzbek script was also used in official documents and diplomatic correspondences, providing 382 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 4 insights into the written culture of state governance and socio-political relations of that period. The article also explores the significance of these manuscripts as scientific and cultural heritage, focusing on their preservation and the transmission of this heritage to future generations. Today, studying the written monuments in Old Uzbek script is a crucial step towards preserving the rich cultural and scientific heritage of the Uzbek people. Keywords: Old Uzbek script, manuscript monuments, Alisher Navoi, Arabic script-based writing, cultural heritage, scientific works, religious works, official documents, diplomatic correspondences, Uzbek literature. Eski o‘zbek yozuvi o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi va uning madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Ushbu yozuv XII-XIX asrlarda arab grafikasi asosida shakllanib, turli davrlarda o‘zbek adabiyoti, ilm-fani, davlat boshqaruvi va huquqiy tizimining asosiy yozma ifoda vositasi sifatida qo‘llangan. O‘rta Osiyo xalqlari uchun arab yozuvi nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishda ham asosiy manba bo‘lgan. Eski o‘zbek yozuvi, ayniqsa, Xiva, Buxoro va Qo‘qon xonliklarining siyosiy va madaniy hayotida keng qo‘llanilib, bu hududlarda yozma madaniyatning yuqori rivojlanganligini namoyon qilgan. O‘zbek tilida yozilgan turli qo‘lyozmalar, kitoblar va rasmiy hujjatlar tarixiy jarayonlarning bevosita guvohidir. Eski o‘zbek yozuvida yaratilgan yozma yodgorliklar xalqning madaniy hayoti, diniy qarashlari, ilmiy yutuqlari va adabiy jarayonlarining asosi bo‘lib xizmat qilgan. Bu yozuvning rivojlanishi turkiy tillarning o‘zaro ta’siri va ularning madaniy merosini aks ettirgan muhim manbalar bilan bog‘liq. Mazkur qo‘lyozmalar o‘z davri ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining ko‘zgusi sifatida bugungi kunda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiyoti va ilmiy merosining rivojlanishida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning yozma yodgorliklari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, ushbu qo‘lyozmalar orqali o‘sha davrning siyosiy jarayonlari va ijtimoiy muammolari haqida muhim ma’lumot olish mumkin. Madaniy merosning yozma yodgorliklari ko‘p jihatdan o‘z davrining madaniy va ilmiy taraqqiyotini o‘zida aks ettiradi. Xususan, eski o‘zbek yozuvida yozilgan diniy va ilmiy asarlar Sharq va Islom madaniy merosining qimmatli manbalari hisobl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada eski o‘zbek yozuvi va unda yaratilgan yozma yodgorliklarning tarixi, turlari, ilmiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada eski o‘zbek yozuvi va unda yaratilgan yozma yodgorliklarning tarixi, turlari, ilmiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Old Uzbek script, manuscript monuments, Alisher Navoi, Arabic, qo‘lyozma yodgorliklar, Alisher Navoiy, ilmiy asarlar, davlat hujjatlari, o‘zbek adabiyoti., diniy asarlar, diplomatik yozishmalar, Eski o‘zbek yozuvi, arab grafikasiga asoslangan yozuv, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники