Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUYRAK VA SIYDIK TOSH KASALLIKLARI - SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI
M Ismoilova (Central Asian Medical University Davolash ishi 223-guruh talabasi) · Z Ahmedova (Central Asian Medical University “Kimyo va farmakalogiya kafedrasi” katta o‘qituvchisi)
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2024
Аннотация
Buyrakda toshlar – kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon bo`lishigacha (masalan, bel sohasida og`riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan patologiya hisoblanadi. Siydik-tosh kasalligi va buyrak tosh kasalligi ko`pincha bitta kasallik deb adashtiriladi. Aslida, siydik-tosh kasalligi buyrak tosh kasalligining oqibati bo`lib, simptomlari va davolashda farq qiladi. Siydik-tosh kasalligiga nima sabab bo`ladi va u qanday davolanadi? Kirish: Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) – bu siydik ajratish tizimida, ya`ni buyrakda, siydik pufagida va siydik yo`llarida toshlar (konkrementlar) mavjudligi bilan harakterlanadigan surunkali, retsidivlanishga moyil bo`lgan modda almashinuvi kasalligidir. Siydik-tosh kasalligi boshlanishi va rivojlanishining asosiy sababi modda almashinuvi buzilishi bo`lib, bu toshlarni shakllantiruvchi erimaydigan tuzlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Toshlarning soni va ularning joylashishi juda turlicha bo`lishi mumkin. Siydik-tosh kasalligi shifoxonalarning urologik bo`limiga gospitalizatsiya sabablarining 30-40 foizini tashkil etadi. Yomon suv yoki bir xilda ovqatlanish, kishi yashaydigan mintaqaning iqlim xususiyatlari, masalan, juda issiq iqlim, ma`lum bir dori-darmonlar qabul qilish, siydik tizimining anomaliyalari va siydik yo`li strikturasi, giperparatireoz, A va D vitaminlarining yetishmasligi, siydik ajratish tizimining surunkali yallig`lanish kasalliklari (pielonefrit, sistit), shuningdek, irsiy omil ham siydik tosh kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Siydik-tosh kasalligining asosiy sabablari: Moddalar almashinuvining buzilishi; Siydik chiqarish yo`llaridagi yallig`lanish jarayonlari; Siydik oqishining qiyinlashuvi (buyraklarning tushishi, siydik yo`llarining nuqsonlari). Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillar: Issiq iqlim sharoitida yashash; 261 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 4 Noto`g`ri ovqatlanish; Ba`zi dorilarni qabul qilish (antatsidlar, sulfanilamidlar). Urolitiazning xarakterli belgilari: Bel og`rig`i Ba`zi hollarda kasallik simptomsiz o`tishi mumkin. Ayollarda siydik-tosh kasalligi ko`pincha sistit va kichik chanoq a`zolarining yallig`lanishi bilan birga davom etib boradi. Note!!! Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq. Diagnostika: Tos a`zolarini UZI qilish Qovuq rentgeni (sistografiya) Siydik chiqarish tizimining rentgeni (ekskretor urografiya) Buyraklar rentgeni (antitegrad pielografiya) Umumiy siydik analizi Uroloitiazni davolash: Siydik tosh kasalligini davolash kichik toshlar uchun konservativ bo`lishi mumkin. Siydik haydovchi preparatlar; Antibakterial preparatlar; Toshlarni eritadigan preparatlar. Katta toshlar (bir necha sm) uchun quyidagilar qo`llaniladi: Jarrohlik yo`li bilan olib tashlash; Ultratovushli parchalash (masofaviy to`lqinli litotripsiya). Tegishli davolanishning yo`qligi quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin: Gidronefroz; Pielonefrit; Buyrak yetishmovchiligi. Siydik tosh kasalligida parhez toshlarning turiga bog`liq bo`ladi. Quyidagilarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi: Oksalat toshlari: oksalat kislotaga boy mahsulotlar (oksalat, kartoshka, apelsin, salat); Urat toshlari: jigar, buyraklar, go`shtli taomlar; 262 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 4 Fosfat toshlari: sut va un mahsulotlari, go`sht, baliq, o`simlik yog`i. Toshlari shakllanishi sabablari va tarkibiga qarab, bir necha turga bo`linadi: Kalsiyli – 70% gacha; Siydik kislotali – 12% gacha; Infeksiyalangan – 15% gacha; Sistinli – 2-3% gacha. Buyrak tosh kasalliklarining alomatlari Toshning joylashgan joyiga qarab, bemorda turli xil belgilar kuzatilishi mumkin, ushbu kasallik uchun asosiy alomatlar quyidagilardan iborat: Paroksismal og`riqlar. Buyrakdagi tosh va siydik pufagining yuqori qismidagi tosh odatda orqa tarafdan yoki yon tarafdan qovurg`alarming ostidagi og`riq bilan harakterlanadi. Og`riq kuchli va o`tmas bo`lishi mumkin, intensivligi 20-60 daqiqagacha davriylik bilan o`zgarishi mumkin. Ko`pincha og`riq boshlanishiga jismoniy stress, katta miqdorda suyuqlik ichish yoki siydik haydovchi preparatlarni qabul qilish turtki bo`ladi. Toshning siydik yo`llari bo`ylab karakatlanishi sayin og`riqning joyi o`zgaradi, og`riq beldan qorin, oraliq, sonning ichki qismiga, yorg`oq sohasiga o`tadi. Bu alomatlar tez-tez siydik chiqarishga undashlar bilan to`ldiriladi. Buyrak kolikalarini o`tkir xirurgik kasalliklar bilan adashtirmaslik juda muhimdir, masalan o`tkir appenditsit, o`tkir xoletsistit, o`tkir pankreatit, ichak o`tkazmasligi, churra qisilishi, bachadondan tashqari homiladorlik,
Доказательный фрагмент
«Buyrakda toshlar – kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon bo`lishigacha (masalan, bel sohasida og`riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan patologiya hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBuyrakda toshlar – kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon bo`lishigacha (masalan, bel sohasida og`riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan patologiya hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- siydik-tosh kasalligi, acumen international, international journal, journal multidisciplinary, buyrak tosh, lishi mumkin, qabul qilish
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025