Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA KREATIVLIKNING NAMOYON BO’LISHI, MAZMUN VA MOHIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduraimova Sohiba Karimkul qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi zamon pedagogikasining talabalar va pedagoglarga qo’yayayotgan talablari, pedagog va talabalar kreativligining mazmun va mohiyati, kreativlikning namoyon bo’lish shakllari, kreativlikning kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati borasida atroflicha fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif tomonidan kreativlikning muhim elementlari, tarkibiy komponentlari haqida to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: Kreativlik konsepsiyasi, talaba, pedagog, malaka, kasbiy rivojlanish. Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga talabni oshirganligi sababli, o’qituvchilardan nafaqat yuqori malaka, balki kasbiy rivojlanishda kreativ yondashuv ham kutilmoqda. Pedagogning kreativligi o’z ishiga ijodiy yondashish, yangi g’oyalar yaratish va mavjud tizimni takomillashtirish orqali rivojlanadi. Kreativlik tushunchasi (ing. “create”-yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o’ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib bo’lajak o’qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin. O’qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir1. Kreativlikning muhim elementlari quyidagilardan iborat: Pedagogik masalalarning ko’p xilligini tushunish va ularni hal etishning turli usullarini topish. O’z mahorati darajasini aniqlay olish va uni rivojlantirish imkoniyatlarini tushunish. Yangi yechimlarning zarurligini anglash va bu yechimlarni amaliyotga tatbiq etishga psixik tayyorgarlik. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida kreativlikning quyidagi asosiy tarkibiy komponentlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Intellektual (aqliy) – ijodiy fikrlash va yangi g’oyalarni shakllantirish qobiliyati. Axloqiy (o’z-o’zini boshqarish) – o’zini intizomli boshqarish va ijodiy maqsadlarga sodiqlik. Motivatsion (maqsadli) – ijodiy faoliyatga undovchi va yo’naltiruvchi ichki motivlar. 1 Oliy o’quv yurti talabalarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi.O’rinova N.M., Yo’ldosheva D.A./ Monografiya / “Classic” nashriyoti-2021. 96 b. 133 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Emotsional (his-tuyg’ular) – ijodiy faoliyatda emotsional hayajonni boshqarish va uni samarali yo’naltirish qobiliyati. Talabalarning kreativ layoqati quyidagi bir-biriga bog’liq tarkibiy qismlardan tashkil topadi: a) Kreativ maqsad – ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan aniq maqsadlarni belgilash. b) Ijodiy intilish – yangi g’oyalar va usullarni yaratishga doimiy qiziqish va tayyorlik. c) Kreativ (ustanovka) qurish – ijodiy jarayonni boshlash va davom ettirish uchun ichki psixologik holatni shakllantirish. d) Kreativ yo’nalish – ijodiy faoliyatda maqsadli yo’naltirilganlik. e) Kreativ ifodali akt – ijodiy fikrlarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyati. f) Kreativ o’z-o’zini boshqarish – ijodiy jarayonni mustaqil ravishda boshqarish. g) Kreativ faollik – ijodiy faoliyatda faol qatnashish. h) Kreativ intilishlar darajasi– ijodiy faoliyatga bo’lgan intilish va motivlarning kuchi. Talabaning kreativligi uning ijodiy faoliyati davomida shakllanadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ijodiy intilishlar, qobiliyatlar, maqsadlar va yo’nalishlar muhim rol o’ynaydi. Shu bilan birga, kreativlik talabaning o’zini boshqara olish qobiliyati va shaxsiy faolligi bilan ham chambarchas bog’liq. Kreativ talaba — bu ijodiy yondashuv va o’ziga xoslikni amaliyotda qo’llay oluvchi, o’z faoliyatini ijodiy boshqarishga va yangi usullar yaratishga qodir bo’lgan shaxsdir. U nafaqat bilim va tajribalarga tayansa, balki ulardan samarali foydalanib, o’sayotgan va rivojlanayotgan shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Kreativ kompetentlik pedagogning umumiy kasbiy sifatlaridan biri bo’lib, bu sifat uning ijodiy faoliyatga tayyorligini va o’zini o’zi namoyon qilish layoqatini aks ettiradi. Ushbu sifat shaxsning tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarining bir butun holda namoyon bo’lishi bilan uzviy bog’liqdir. Kreativlik bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq bo’lib, an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi: Tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi – turli vaziyatlarga moslashish va tezkor fikr yuritish. Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati – muammolarni yangicha yondashuv bilan hal qilish. Bir qolipda fikrlamaslik– an’anaviy stereotiplardan chiqib ketish. O’ziga xoslik– o’z fikr va qarashlarining original va noyobligi. Tashabbuskorlik – faol g’oya va yechimlarni taklif qilish. Noaniqlikka toqat qilish – noaniq vaziyatlarda ham konstruktiv yechi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi zamon pedagogikasining talabalar va pedagoglarga qo’yayayotgan talablari, pedagog va talabalar kreativligining mazmun va mohiyati, kreativlikning namoyon bo’lish shakllari, kreativlikning kasbiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi zamon pedagogikasining talabalar va pedagoglarga qo’yayayotgan talablari, pedagog va talabalar kreativligining mazmun va mohiyati, kreativlikning namoyon bo’lish shakllari, kreativlikning kasbiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talaba, pedagog, malaka, kasbiy rivojlanish., Kreativlik konsepsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025