Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MALAKLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI SAMARADORLIGINI ANIQLASH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KO‘RSATKICHLARINI SAMARADORLIGINI ANIQLASH (in-academy.uz/index.php/si) · Polatov Saken Djetibayevich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish holatlari kuzatildi. O‘zaro taxlil davomida sportchilar tayyorgarligini oshirish va yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: Jismoniy sifat, kuch, chidamkorlik, tezkorlik, vosita, jismoniy yuklamalar, jismoniy tayyorgarlik, ommaviy razryadli bokschilar. Kirish: Hozirgi kunda sportchilarimizning, xususan, ommaviy razryadli bokschilarning jismoniy tayyorgarligini samarali takomillashtirish zarurati dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu sohada yuqori natijadorlikka erishish uchun umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlarni jismoniy tayyorgarlik tamoyillariga asoslangan holda ilmiy tadqiq qilish muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, sport fani va fiziologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarga mos dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish talab etiladi. Birinchidan, sportchilar organizmining mushak va nerv tizimlari sport turiga xos bo‘lgan jismoniy yuklamalarga yuqori moslashuvchanlik ko‘rsatadi. Bu moslashuvchanlik sportchi yoshlarimizning harakatlarga tezkor reaksiyalar berishi, mushaklarning turli funksional sharoitlarga moslashuvchanligini oshiradi, shuningdek, fiziologik resurslarni samarali foydalanishga imkon beradi. Ushbu xususiyat sport turiga mos yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash va rejalashtirish orqali sport natijalarini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, chidamlilik va egiluvchanlik kabi jismoniy qobiliyatlar bokschilarning tayyorgarlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ushbu qobiliyatlar sportchilarga yuqori tezlik va kuch ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyatini beradi. Chidamlilikka asoslangan mashqlarning optimal yuklama bilan bajarilishi va egiluvchanlik mashqlarining kuchga yo‘naltirilgan usullari sport natijalarini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu chora-tadbirlar ommaviy razryadli sportchilarning jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshirishga, ularni yuqori malakali sportchilar safiga qo‘shilishiga xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi: Malakali bokschilarning amaliy mashg‘ulotlari davomida qo‘llaniladigan vositalar samaradorligini aniqlash hamda ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va jismoniy sifat darajalarining rivojlanib borayotganligiga holisona baho berishdan iborat. Tadqiqot vazifasi: Bokschilarning mashg‘ulot jarayonlarini tahlil qilish orqali ulardagi xato va kamchiliklarni aniqlash, jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini takomillashrirish uchun maxsus usullar majmuasifan foydalanish. Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Yurtimizda malakali sportchilar salmog‘ini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini yanada yashilash maqsadida sportning boks turi 146 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bilan mashg‘ulot olib borayotgan ko‘plab sportchilarning jismonbiy tayyorgarlik darajalarini, jismobiy sifat ko‘rsatkichlarini, fungsional holatini aniqlash hamda ularning sport formasiga kirishlari va yuqori natijalarni qayd etishlari uchun nazorat sinovlari tashkil etildi. Tadqiqot ishizmizda yuqori malakli bokschilarning 8-40 sekund davomida jismoniy tayyorgarlik darajalarini aniqlash nazorat sinovi natijalarida quidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi. Dastlab sport ustasi E.Jo‘raboev tomonidan kuzatilgan natijalarda portlovchan chidamlilik koefisenti 3.96 ni tashkil etgan bo‘lsa portlovchan chidamlilik indeksi 18.98 ga teng bo‘ldi. Sportchimizning kreotinfosfat ishlash indeksi 550.47 ga, tezkor chidamlilik koefisenti 0.99 ga va tezkor chidamlilik indeksi 2.71 ga teng ekanligi aniqlandi. F.Do‘smatov natijalarida esa portlovchan chidamlilik koefisenti 1.97 ni, portlovchan chidamlilik indeksi 15.97 ni, kreotinfosfad ishlash indeksi 550.47 ga teng ekanligi aniqlandi. Sportchining tezkor chidamlilik koefisenti 0.99 ga va tezkor chidamlilik indeksi 2.71 ga teng bo‘ldi. Mazkur natijalar sport formasiga kirish jarayonida kuzatilishi mutahasislar tomonidan takidlab o‘tilgan. Sport ustasi A.Muhiddinov qayd etgan natijalarda esa kreotinfosfad ishlash indeksi 495.22 ni, glekolitik chidamlilik indeksi 42.56 ni, integral ish kuchi indeksi 18.32 ni va tezkor - kuch tayyorligining integral indeksi esa 537.78 ga teng ekanligi tadqiqot davomida o‘z isbotini topdi (2-jadvalga qarang). Yuqori malakali sportchilar orasida xalqaro toifadagi sport ustasi A.Mo‘ydinxojaevning 8-40 sekund davomida maxsus qopga zarba berish natijalari portlovchan chidamlilik koefisentida 3.90 ga, portlovchan chidamlilik indeksi 26.52 ga teng bo‘ldi. A.Mo‘ydinxo‘jaevning tezkor chidamlilik koefisenti 0.83 ga, tezkor chidamlilik indeksi esa 1.92 ga teng deb topildi. Glekolitik chidamlilik indeksi 45.27 ga va tezkor - kuch tayorligining integral indeksi 840.91 ni tashkil etdi. Navbatdagi xalqaro toifadagi sport ustasi A.Abdullaev bo‘lib uning natijalari quidagilardan iborat bo‘ldi. Kreotinfosfad ishlash indeksi 343.06 ni, glekolitik chid
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish holatlari kuzatildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish holatlari kuzatildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ommaviy razryadli bokschilar., chidamkorlik, jismoniy yuklamalar, vosita, Jismoniy sifat, jismoniy tayyorgarlik, kuch, tezkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026