К содержанию
РецензированоUZ2020

OMMAVIY RAZRYADLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI SAMARADORLIGI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KO‘RSATKICHLARI SAMARADORLIGI (in-academy.uz/index.php/si) · Polatov Saken Djetibayevich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2020

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yordamida takomillashtirilgan usullar tadqiq etildi. Kalit so‘zlar: Jismoniy sifat, kuch, chidamkorlik, tezkorlik, vosita, jismoniy yuklamalar, jismoniy tayyorgarlik, ommaviy razryadli bokschilar. Kirish: Mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash hamda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida juda keng ishlar olib borilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida bir qator qaror va farmonlari joriy etilgan. Bunga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini olishimiz mumkun . Mazkur farmonga qo‘shimcha qilib aytishimiz joizki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ushbu sport turi bilan mashg‘ulotlar olib borishayotgan barcha sportchilaga keng imkoniyatlar kaliti sifatida hizmat qilib kelmoqda. Ommaviy razryadli sportchilarning tayyorgarlik jarayonida texnik va taktik ko‘nikmalarning yetarlicha shakllanmaganligi ularning musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishiga jiddiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, bu bosqichdagi sportchilarda individual imkoniyatlarni aniqlash va ularga mos ravishda trening dasturlarini tuzish katta ahamiyatga ega. Har bir sportchining o‘ziga xos jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda reja ishlab chiqish ularning individual rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, sportchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Irodaviy sifatlar musobaqalarda bosimni yengib o‘tish, texnikani to‘g‘ri qo‘llash va o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada namoyon qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Stress holatlarini boshqarish, maqsad sari qat’iyat bilan intilish va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ichki motivatsiyani shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Tadqiqot maqsadi: Ommaviy razryadli bokschilarning amaliy mashg‘ulotlari davomida qo‘llaniladigan vositalar samaradorligini aniqlash hamda ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va jismoniy sifat darajalarining rivojlanib borayotganligiga holisona baho berishdan iborat. Tadqiqot vazifasi: Bokschilarning mashg‘ulot jarayonlarini tahlil qilish orqali ulardagi xato va kamchiliklarni aniqlash, jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini takomillashrirish uchun maxsus usullar majmuasifan foydalanish. Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Yurtimizda malakali sportchilar salmog‘ini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini yanada yashilash maqsadida sportning boks turi bilan 150 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mashg‘ulot olib borayotgan ko‘plab sportchilarning jismonbiy tayyorgarlik darajalarini, jismobiy sifat ko‘rsatkichlarini, fungsional holatini aniqlash hamda ularning sport formasiga kirishlari va yuqori natijalarni qayd etishlari uchun nazorat sinovlari tashkil etildi. Dastlabki bosqichda ommaviy razryadli bokschilarning texnik harakatlarini baholash maqsadida “Yakkakurashchi zarbalarini o‘lchash uchun dasturli aparat majmuasi”dan foydalangan holda nazorat sinov meyorlari tashkil etildi. Takidlab o‘tish lozimki sport maxoratining oshib borishi fundamental mashg‘ulot bosqichlari davomida bosqichma-bosqich tayyorgarlik turlarini bosib o‘tish oqibatida shakllanib boradi. Har bir sportchi barcha mashg‘ulotlarni qoldirmay tizimli ravishda malakli murabbiylar bergan topshiriqlarni bajarib borsa albatta yuqori natijalarni qayd etishlari dar haqiqatdir. Bokschilar jismoniy tayyorgarligi sport natijalarini yaxshilash va jarohatlarning oldini olish uchun asosiy omillardan biridir. Boks – yuqori jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiluvchi sport turi bo‘lib, sportchi turli xil jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishi kerak. Mazkur tadqiqot jarayonimizda ommaviy razryadli bokschilar hamda yuqori malakali bokschilarning jismoniy tayyorgarlik holatlari o‘zaro tahlil etilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ommaviy razyadli bokschilarning jismoniy tayyorgarlik darajalari 8-40 sekund davomida maxsus qopga yuqori kuchlanishda va portlovchan kuch, sust kuch, tezkor kuchlanishlar bilan zarbalarni berganlik darajasiga qarab, fungsional holatini aniqlash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda baholab borildi. 1-jadvada qayd etilgan ko‘rsatkichlarda dastlab II-razryadli bokschi Nurlijan Rahimbaevning natijalari aks topgan. Unga ko‘ra sportchining portlovchan chidamlilik koifisenti 0.97 ni tashkil etgan bo‘lsa portlovchan chidamlilik indeksi esa 6.68 ga teng ekanligi aniqlandi. N.Rahimbaevning maxsus qopga bergan zarbalari davomida kreatinfosfat ishlash indeksi 193.85 ga teng bo‘ldi. Mazkur harakatda tezkor

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlas…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot ishimizda milliy terma jamoa safida, ixtisoslashtirilgan sport kollejlarida, universitet sport klublarida mashg‘ulot o‘tab kelayotgan ommaviy razryadli bokschilarning tayyorgarlik jarayonlarini aniqlas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ommaviy razryadli bokschilar., chidamkorlik, jismoniy yuklamalar, vosita, Jismoniy sifat, jismoniy tayyorgarlik, kuch, tezkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники