Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XRONIK RINITNI DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VAUNING SAMARADORLIGI
KenjayevYodgor Mamatqulovich · Shopo'latova Madina Ismatulayevna · Кенжаев Ёдгор Маматкулович · Шопулатова Мадина Исматулаевна
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026
Аннотация
Rhinitis is one of the most common inflammatory diseases of the upper respiratory tract. It comes in various forms, arising from familial, infectious, or allergic causes. Rhinitis has a significant impact on the heart and respiratory system both worldwide and in Uzbekistan, and it is widely spread among different population groups. The symptoms of rhinitis are often mild or cause no pain for long periods, which can lead to additional problems over time. The study identifies environmental factors, industrial conditions, allergies, and viruses as the primary causes of rhinitis. Furthermore, the rising incidence of this disease among young people in Uzbekistan calls for increased medical assistance and monitoring in this area. Keywords: Rhinitis, allergic rhinitis, types of rhinitis, environmental factors, infections, modern treatments, prevention. Kirish: Hozirgi kunda rinitning bir necha turlari mavjud: Kataral: Burun shilliq pardasining surunkali yallig’lanishi. Virusli: Kuz-qish davrida paydo bo’ladi. 204 Acumen:InternationalJournalofMultidisciplinaryResearch Acumen: InternationalJournalofMultidisciplinaryResearch Volume1,Issue4 Allergik: Mavsumiy yoki yil davomida bo’lishi mumkin. Atrofik: Quruqlik, po’st tashlash, hid bilishning yo’qolishi va burundan qon ketishi bilan kichadi. Gipertrofik: Burun bo’shlig’ida biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi bilan ta’riflanadi. Medikamentoz: Burun preparatlarini uzoq vaqt ishlatish natijasida rivojlanadi. Surunkali rinit (rhinitis chronica) burun bo’shlig’i shilliq pardasining surunkali nospetsifik yallig’lanishi bo’lib, barcha LOR (otorinolaringologiya) kasalliklari orasida to’rtinchi o’rinni egallaydi. Surunkali rinit rivojlanishiga asosiy sabablar infeksiyalar bo’lishi mumkin. Qaytalanadigan o’tkir rinit, burun yon qo’shni bo’shliq kasalliklari, adenoidlar, burunning tug’ma nuqsonlari, burun to’sig’ining qiyshayishi, noqulay ekologik sharoitlar, chang, gaz, bug’, o’simlik changi, burun bo’shlig’i shilliq pardasining doimiy qizarishi, alkogolizm, qon tomir, yurak, buyrak kasalliklari, immunitetning susayishi, endokrin va markaziy nerv tizimi kasalliklari surunkali rinitni rivojlanishiga yordam beradi. L.B. Danyak bo’yicha surunkali rinit tasnifi (1987): 1. Surunkali kataral rinit 2. Gipertrofik rinit: a) chegaralangan, b) tarqoq 3. Vazomotor rinit: a) allergik shakli, b) neyrovegitativ shakli 4. Atrofik rinit: a) oddiy shakli, b) sassiq tumov yoki ozena Surunkali kataral rinit (rhinitis cataralis chronica) burun bo’shlig’i shilliq qavatining turg’un qizarishi, shishi va infiltratsiyasi, ba’zi maydonlarda epiteliy metaplaziyasi bilan kechadigan yallig’lanish jarayonini ifodalaydi. Belgilari: burun bo’shlig’idan ko’p miqdorda shilimshiq yoki yiringli-ajralma oqishi (rinoreya), vaqti-vaqti bilan burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, jismoniy faollik paytida burun orqali nafas olish yengillashishi, giposmiya yoki anosmiya kuzatilishi mumkin. Ba’zida yallig’lanish jarayoni quloq nayining shilliq pardasiga tarqalishi (tubootit) mumkin. Kataral rinitni gipertrofik rinitdan farqlash uchun dekonjestiv test o’tkaziladi, bunda burun shilliq pardasiga 0,1% adrenalin gidroxlorid (galazolin) surtiladi. Surunkali kataral rinitni davolashda bemorni chiniqtirish, jismoniy mashqlarga jalb etish, burun 205 Acumen:InternationalJournalofMultidisciplinaryResearch Acumen: InternationalJournalofMultidisciplinaryResearch Volume1,Issue4 bo’shlig’iga 4-5 tomchidan 2% kollargol (yoki protargol) tomizish muhim ahamiyatga ega. Davolash 10 kun davom etadi. Shuningdek, burun bo’shlig’iga "Nazoneks" va "Avamis" aerozollarini kuniga 1-2 marta purkash tavsiya etiladi. Bir vaqtning o’zida bemorga tubus-kvars, UVCH, mikroto’lqinli terapiya, ultraton, kalsiy xlorid, dimedrol, novakain bilan elektroforez, naftizin va gidrokortizon bilan ingalatsiya muolajalari buyuriladi. Oyoqlarini issiq vannada ushlash, qorinchalariga xantal quyish kabi chora- tadbirlar ham o’tkaziladi. Tadqiqot maqsadi: Surunkali (xronik) rinit kasalligini davolash samaradorligini takomillashtirish. Materiallar va usullar: Glitserin, vinilin balsami, Aekol, Aevit kabi moddalar burun shilliq qavatiga surtilganda himoya plyonka hosil qilishga yordam beradi va shilliq qavatining zararlanmasligini oldini oladi. Surunkali rinitda epiteliy quruqligini davolashda Dekspantenol samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan. Ushbu tadqiqotda 76 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlarning yoshi, jinsi, kasallikning davomiyligi va shakli hisobga olindi. Tadqiqotning maqsadi surunkali rinitning zamonaviy davolash usullarini baholash va ularning samaradorligini aniqlash edi. Bemorlar ikki guruhga bo‘lingan: birinchi guruhda zamonaviy davolash usullarini qo‘llagan bemorlar, ikkinchi guruhda esa an’anaviy davolash metodlariga murojaat qilgan bemorlar joylashgan. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi: O‘rganilayotgan bemorlar: Tadqiqot davomida 76 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlarning yoshi 18 yoshdan 65 yoshgachani tashkil etdi. Bemo
Доказательный фрагмент
«Rhinitis is one of the most common inflammatory diseases of the upper respiratory tract.»
Образец извлечения
Демо-превьюRhinitis is one of the most common inflammatory diseases of the upper respiratory tract. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rhinitis, allergic rhinitis, types of rhinitis, environmental factors, infections, Rinit, rinitning turlari, ekologik omillar, allergik rinit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026