Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK BO‘LMACHA VA QORINCHALARI GIPERTROFIYASINING ELEKTROKARDIOGRAFIK BELGILARINI TAHLIL QILISH
Kenjayev Yodgor Mamatqulovich · Berdiyeva Sevinch Abdulloyevna · АНАЛИЗ ЭЛЕКТРОКАРДИОГРАФИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ · Кенжайев Ёдгор Маматкулович · Бердиева Севинч Абдуллоевна
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026
Аннотация
This article analyzes the hypertrophy of heart chambers and its electrocardiographic (ECG) signs. Heart chamber hypertrophy occurs due to various conditions, including arterial hypertension, mitral valve defects, and lung diseases. Depending on which part of the heart the hypertrophy develops, it manifests with characteristic ECG changes. The study examined the diagnosis of left and right heart chamber hypertrophy, its clinical significance, and the main signs on the ECG. The results confirmed the effectiveness of ECG in the early detection of hypertrophy and the prevention of cardiovascular diseases. 108 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 Keywords: Heart chamber hypertrophy, Electrocardiography (ECG), Left and right chambers, Arterial hypertension, Mitral valve defects, Cardiological diagnosis, Early detection of hypertrophy, Cardiovascular diseases, Electrocardiographic changes, Prevention of cardiovascular diseases Kirish (Introduction) Masala va uning dolzarbligi: Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasi bu yurak mushaklarining muayyan kasalliklar yoki ortiqcha yuklamalar ta’sirida qalinlashishi natijasida vujudga keladigan patologiya bo‘lib, ko‘p hollarda yurakning og‘ir kasalliklari va qon tomirlarga bog‘liq muammolar bilan uzviy bog‘liqdir. Dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari yil sayin ko‘payib, butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasalliklar dunyodagi o‘lim holatlarining 31% tashkil etadi. Bu o‘limlarning katta qismi miokard infarkti va insult sababidan sodir bo‘ladi. AQShda ham yurak yetishmovchiligining tarqalishi 1998 yildan buyon 45% dan 10,2% gacha oshgan. Yurak-qon tomir kasalliklari nafaqat yurak kasalliklari, balki insonlarning hayot sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. Maqsad: Mazkur tadqiqotda elektrokardiografiya (EKG) belgilaridan foydalangan holda yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining patofiziologik xususiyatlari va ularning ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, gipertrofiyaning o‘ng va chap bo‘lmalardagi namoyon bo‘lishi, uning asosiy sabablari va klinik belgilar tahlil qilinadi. Metodlar (Methods) Tadqiqot dizayni va tekshiruv ob’ekti: Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining turli ko‘rinishlarini tahlil qilish maqsadida mazkur tadqiqotda elektrokardiografiya (EKG) va ultratovush tekshiruvi (UZI) kabi aniqlash va diagnostika metodlaridan foydalanildi. EKG usuli yurakda sodir bo‘layotgan elektr jarayonlarni kuzatish, ularni tahlil qilish va aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Bemorning nafas qisilishi, toliqish, teri shishlari va jismoniy faollik pastlashi kabi klinik belgilari yurak yetishmovchiligini baholashda qo‘shimcha ma’lumot beradi. Tadqiqot jarayonida yuqori aniqlikka ega EKG uskunalari va UZI apparatidan foydalanildi. Har bir bemorning tekshiruv jarayoni shaxsiy yondoshuv asosida olib borildi. Natijalar (Results) Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining turli ko‘rinishlari va ularning belgilari elektrokardiografiya (EKG) orqali o‘ng va chap bo‘lmachalar gipertrofiyasiga xos 109 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 belgilar tahlil qilindi. Turli patologik holatlarda yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining gipertrofiyasi yurakning elektr faolligida o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu o‘zgarishlar EKGda turli tishchalar va segmentlar shaklida namoyon bo‘ladi: Chap bo‘lmacha gipertrofiyasi (P-mitrale) da P tishchaning davomiyligi oshadi va uning ikki fazali ko‘rinishi kuzatiladi. Bu holat ko‘proq mitral qopqoqlardagi buzilishlar yoki arterial gipertenziya natijasida yuzaga keladi. EKG da II, III va AVL shoxobchalaridagi P tishchaning kengaygan, ikki quloqli ko‘rinishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘ng bo‘lmacha gipertrofiyasi (P-pulmonale) ga sabab bo‘luvchi omillar ko‘proq o‘pka bilan bog‘liq xastaliklar, masalan, o‘pka arteriyasi gipertenziyasi yoki bronxial astma kabi kasalliklardir. Bu holatda EKGda II, III va AVF shoxobchalarida yuqori amplitudali, uchli P tishcha paydo bo‘ladi. 110 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 O‘ng va chap qorincha gipertrofiyasi har ikki qorinchaning gipertrofiyasida elektr faolligi o‘zaro zidlashgan holatga kelib, standart shoxobchalarda biri, ko‘krak shoxobchalarida esa ikkinchisiga xos belgilar kuzatiladi. Shu bois, bunday holatlarning EKGda namoyon bo‘lishi murakkab bo‘lib, ularni aniqlashda qo‘shimcha tekshiruvlar zarur. Qo‘shimcha kuzatuvlarda yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarda nafas qisilishi, toliqish, va yurak yuzaga keltirgan yuklama natijasida shish kabi belgilar kuzatildi. Ushbu belgilar gipertrofiyaning klinik tasdig‘ini kuchaytirdi va tekshiruvning aniqligini oshirishga yordam berdi. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, yurak bo‘lmachalari gipertrofiyasi turli kasalliklar oqibatida yuzaga kelib, E
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the hypertrophy of heart chambers and its electrocardiographic (ECG) signs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the hypertrophy of heart chambers and its electrocardiographic (ECG) signs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Heart chamber hypertrophy, Electrocardiography (ECG), Left and, Kardiologik diagnostika, Elektrokardiografiya (EKG), Chap va o‘ng bo‘lmachalar, Gipertrofiyani erta aniqlash, Elektrokardiografik o‘zgarishlar, Yurak bo‘lmachalar gipertrofiyasi, Mitral qopqoq nuqsonlari, Yurak-qon tomir kasalliklarini profilaktikasi, Arterial gipertenziya, Yurak-qon tomir kasalliklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024