К содержанию
РецензированоRU2024

BOJXONA ISHIDA TERMINLARNING O’RGANILISHI

Berdiyeva Gulmira Xamro qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2024

Аннотация

В данной статье рассматривается изучение терминов в таможенной работе, идиом, используемых в этой сфере, и их значения, проблемы перевода и их решения, дихроническое и синхроническое исследование слов. Приводится с авторской точки зрения, что данная лексика является не только источником экономии, но и важна для языкознания. Kalit so’zlar: bojxona terminlari, soliq, termin, terminologiya, iqtisodiyot, ligvistik yondashuv, boj, to’lov. Key words: customs terms, tax, term, terminology, economy, linguistic approach, duty, payment. Ключевые слова: таможенные термины, налог, термин, терминология, экономика, лингвистический подход, пошлина, платеж. O’zbekiston mustaqillikka erishgach ko’pgina sohalar singari bojxona tizimi ham tubdan isloh qilindi va sohada qo’llaniladigan terminlar ilmiy asosda o’rganila boshlandi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona instituti bojxona organlari kadrlarini tayyorlash bilan shug’ullansa, sohaviy terminlarning lingvistik va o’qitish metodikasi tadqiqi bilan D.X.Kadirbekova, 90 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 N.A.Martenova, A.B.Adigeneyeva, D.Kamchebekova, O.Axmedov, P.Nishonov, X.Paluanova, F.Abdullayeva, F.Alimovalarning olib borgan izlanishlari salmoqlidir1. Tilshunoslikda faol qo’llaniluvchi terminologiya tushunchasiga e’tibor beradigan bo’lsak, Terminning о‘ziga xos xususiyatlariga uning shakli va mazmuniga e’tibor qaratgan, shuningdek terminologiyaga buyurtma berish masalalariga tо‘xtaladigan birinchi nashrlarning mualliflari D.Lotte, E.Dresen, A.Lesoxin, S.Chapliqin, G.Vinokur, A.Reformatskiy. Ularning fundamental asarlari umumiy xarakterga ega bо‘lib, atama nazariyasi, tilning leksik tizimidagi о‘rni, shuningdek, ilmiy bilimlarning verbalizatsiyalangan birligi sifatida atamaga qо‘yiladigan talablarga bag‘ishlangan edi2. Bojxona terminlarining o’rganilishi, avvalo, soliq va boj to’lovlari bilan bog’liq bo’lib, yurtimizning Buyuk ipak yo’lida joylashganligi ham alohida ahamiyatga ega. Chunki savdo karvonlari boshqa mamlakat hududiga o’z mahsulotini olib kirishi uchun maxsus to’lov-boj undirilgan. Manbalarda soliq va boj tushunchalarining vujudga kelishi esa eramizdan avvalgi birinchi mingyillikka taqalishi va Xamurapi qonunlariga borib taqalishi aytib o’tiladi3. Sharqda ilk soliq va boj tizimi hamda terminlari xususidagi ma'lumotlar Xitoy solnomalari (Xun davlati, Turk hoqonligi), shuningdek, Turfon xarobalaridan chiqqan yozma matnlar (V–VI asr) da uchraydi. Ular qadimgi turkiy, sug‘d tillarida bo‘lib, budda va money jamoalari tomonidan bitilgan. Masalan, bugungi kunda Berlin fondida saqlanayotgan T.M.222 ko‘rsatkichli Bulmish ismli kishining soliq to‘lash maqsadida Qara O‘g‘uldan qarzga olgan kumush tanga uchun bergan tilxatida quyidagi qo‘lyozma keltiriladi4. Ilmiy jihatdan ushbu soha terminlarining o’rganilishida esa Hamidulla Dadaboyevning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy soha leksikasining taraqqiyotiga doir tadqiqotlari o’rinlidir5. L.Z. Budagov, V.V. Radlovning ilmiy izlanishlarida ham zakot terminining derivasion-etimologik jihatlari atroflicha o‘rganilgan.Arab xalifaligining dastlabki yillarida zakot faqat musulmon davlatlarida joriy etilganligi, islom 1Isakulova.N.Bojxona sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari.”XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.2024 №1.B.35 http//www.pubedu.uz 2G‘afforov N. N. TERMINLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022. B.846. 3Шаулов.И.Д,Кан.У.К Солиқ қонунчилиги асослари.-Т,1999.B.336 4 Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.59.http//www.journal.fledu.uz 5Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.58.http//www.journal.fledu.uz 91 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 an'analariga ko‘ra, ma'lum boylikka ega bo‘lgan musulmon kishilar ko‘chmas-mulk, savdo-sotiq va chorva mollarining qirqdan bir miqdorida zakot berganligi qayd etilgan6. Bojxona terminologiyasiga doir ilmiy izlanishlarning keyingi bosqichida rus tilshunosligida E.A.Fedorchenkoning “Rus tilida bojxona ishining terminologik lug’atini shakllantirish va rivojlantish” mavzusidagi mualliflik dissertatsiyasi, o’zbek tilshunosligida esa O. S. Ahmedovning “Soliq va bojxona terminlarini ingliz tilidan o’zbek tiliga berilishi” nomli va “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” mavzusidagi mualliflik dissertatsiyalarida soliq-bojxona terminlari nafaqat iqtisodiyot kategoriyasi xususiyatlari nuqtayi nazaridan, lisoniy tarjimashunoslik tabiati jihatidan ham milliy til bilan qiyoslab o’rganish ilgari surildi7.

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается изучение терминов в таможенной работе, идиом, используемых в этой сфере, и их значения, проблемы перевода и их решения, дихроническое и синхроническое исследование слов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается изучение терминов в таможенной работе, идиом, используемых в этой сфере, и их значения, проблемы перевода и их решения, дихроническое и синхроническое исследование слов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
customs terms, tax, term, terminology, economy, linguistic, ligvistik yondashuv, terminologiya, bojxona terminlari, soliq, boj, to’lov, termin, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники