К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAYTUN – SHIFO VA DAROMAD MANBAYI

Sharipov Zuhriddin Olim o’g’li · Termiz Davlat Unversteti talabasi · Ahmedov Alim Babaniyazovich

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2026

Аннотация

Malumki bugungi kunda aholi daromadini oshir borasida davlat miqyosida keng islohatlar olib boriymoqda.Shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan va insonlar tadbirkorlik qilish uchun turli sohalar va yo’llar qidirmoqda.albatta ularga kengroq malumot kerak.Maqolada biznes faoliyatini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan tadbirkorlar uchun Zaytun o’simligi,uni yetishtirish va qanday daromad olish haqida batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar: zaytun o’simligi, shifobaxshkigi, daromad, mos iqlim, tashkiliy ishlar, sotish va foyda. Kirish: Zaytun atalmish mo'jizakor o‘simlik. Ushbu o‘simlik Qur’oni Karimning 6 ta joyida kelgan. Ma’lumki, balandligi sakkiz metrgacha bo‘lgan zaytun o‘simligi, o‘rta yer dengizi davlatlarining barchasida parvarishlanadi. Qadimda zaytun moyi chiroqlar uchun mash’ala sifatida ishlatilgan. Zaytun moyining tiniq yonishi haqida “Nur” surasining 35-oyatida shunday ma’lumot berilgan: “… U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi) dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasada, (atrofni) yoritib yuborgudekdir”…Zaytun moyi tibbiy nuqtai nazardan ham foydali daraxt hisoblanadi. Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari”da ta’kidlashicha zaytun moyi oshqozon kasalliklari va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklariga davo hisoblanadi.Zaytun yog’i asosiy qiymati uning boy tarkibida. Mahsulot yog’da eriydigan A, E, K vitaminlari, B guruhining ba’zi vitaminlari manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, tarkibida sog’lom yog’lar ya’ni omega-3 va omega-6 mavjud. Ularni qabul qilish metabolizmni yaxshilaydi va xolesterin blyashkalar paydo bo’lishining oldini oladi. Och qoringa 12 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 zaytun moyini iste’mol qilish quyidagi bir nechta jihatlardan yordam berishi mumkin.Demak islom tibbiyotini ham yaxshi bilishlik nihoyatda hayotimiz uchun foydalik ish ekan U qurg'oqchilikka chidamli, ammo sovuqqa sezgir. U hatto eng kuchsiz tuproqlarda, shu jumladan toshloq tuproqlarda ham o'sishi mumkin va uning ildizlari suv uchun 6 metrga tushishi mumkin. Butun dunyoda 830 million zaytun daraxti mavjud bo'lib, qulay sharoitlarda ular ming yilgacha yashashi mumkin. Foydalanilishi. Endi zaytun yog‘ining inson salomatligi uchun foydalari haqida. Birinchidan, bu mahsulot xolesterin darajasini pasaytirish bo‘yicha chempiondir. U ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, Alsgeymer va boshqa kasalliklarning oldini oladi. Zaytun yog‘ining yana bir shifobaxsh xususiyati: u yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Ya’ni zaytun yog‘i organizmdagi har qanday yallig‘lanishni bartaraf etadi — anginadan tortib milk kasalliklarigacha, tromboflebit, oshqozon yarasi va boshqa infeksiyalardan himoya qiladi. Shu bois shifokorlar oshqozon yarasi uchun buyuradigan birinchi davolovchi parhez jadvalida zaytun yog‘i asosiy rol o‘ynaydi. Zaytun yog‘i tarkibida ayniqsa qimmatli oleyk va linoleik kislotalar, shuningdek, A, D, E, K vitaminlari mavjud. Asosan, aynan shu to‘plam zaytun yog‘ining shifobaxsh xususiyatlarini ta’minlaydi. Ular orasida: Ovqat hazm qilish jarayonini normallashtirish; Oshqozon-ichak trakti ko‘pgina kasalliklarining oldini olish va davolash; Immunitet funksiyalarini oshirish; To‘qimalar, organlarning qarish jarayonini sekinlashtirish (zaytun yog‘ida mavjud bo‘lgan ko‘p miqdordagi antioksidantlar tufayli); Aqliy faoliyatni yaxshilash, xotirani mustahkamlash, asab kasalliklarining samarali oldini olish; Jarohat va yaralarni tezda davolashda faol ishtirok etish; Oshqozon shilliq qavatini yaralar paydo bo‘lishidan himoya qilish; Suyak to‘qimasini mustahkamlash; Saraton kasalligining oldini olish; Ekish: Qachon ekish kerak: 13 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Volume 1, Issue 4 Ekish uchun eng yaxshi vaqt bahorda, sovuq xavfi o'tgandan keyin. Yangi ekilgan daraxtlar birinchi qishda sovuqdan zarar ko'radi. Yozning jaziramasida ekish tavsiya berilmaydi. Qaerda ekish kerak: To'liq quyoshli joyda (kuniga 8 yoki undan ko'p) hududlarda ekish kerak. To'g'ridan-to'g'ri suv to'plangan past joylarda ekmang. Zaytun daraxtlari botqoqlangan tuproqda tez nobut bo’ladi.Zaytun o’simligi issiqqa chidamli bo’lib quruq iqlimda ham o’ishi mumkin.Hatto tuprog’i eng unimsiz yerda hamda toshloq joyda ham o’sadi. “Bu issiqsevar ekin, asosan, nam sohilbo‘yi mikroiqlimga ega mamlakatlarda yetishtiriladi. Biroq, bir necha yil avval ispan seleksionerlari 22 darajagacha sovuqqa chidamli bo‘lgan ‘orbikina’ nomli zaytun daraxti navini yaratdi. Bu mamlakatimiz fermerlariga ushbu tajribadan foydalanib Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatining bir qancha hududlarida zaytun plantatsiyalarini yaratish imkonini berdi”, — deydi laboratoriya rahbari Ilyos Qanday ekish kerak: Zaytun o’simligini ko’chatidan ekish tavsiya etiladi. Agar urug’idan ko’paytir

Доказательный фрагмент

«Malumki bugungi kunda aholi daromadini oshir borasida davlat miqyosida keng islohatlar olib boriymoqda.Shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan va insonlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Malumki bugungi kunda aholi daromadini oshir borasida davlat miqyosida keng islohatlar olib boriymoqda.Shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan va insonlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sotish va foyda., zaytun o’simligi, daromad, tashkiliy ishlar, shifobaxshkigi, mos iqlim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники