К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING AHAMIYATI

QO‘LLAB-QUVVATLASHNING AHAMIYATI · Hamroyev Anvar Abdikarimovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article highlights the attention given to social spheres and the measures being implemented in our country. It discusses the assistance provided to women, youth, the elderly, persons with disabilities, and the population in need of social support in the context of New Uzbekistan, and how this assistance contributes to improving their living standards. Keywords: social protection, professional social services, social medical services, employment, social protection centers, allocated investments, population living standards, social service windows, Mehr notebook, Youth notebook, Women's notebook. ЗНАЧЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ Аннотация. B данной статье освещается внимание, уделяемое в нашей стране социальным сферам, и реализуемые меры. Рассматривается, как оказываемая помощь женщинам, молодежи, пожилым людям, лицам с инвалидностью и нуждающимся в социальной поддержке в условиях Нового Узбекистана способствует улучшению уровня их жизни. Ключевые слова: социальная защита, профессиональная социальная служба, социальная медицинская служба, занятость, центры социальной защиты, выделяемые инвестиции, уровень жизни населения, окна социальных услуг, тетрадь "Мехр," тетрадь молодежи, тетрадь женщин. “Ijtimoiy davlat – eng avvalo, jamiyatda ijtimoiy adolat va hamjihatlik tamoyillari hukm suradigan, inson kapitalini rivojlantirish va uning imkoniyatlarini yuzaga 836 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 chiqarish uchun sharoitlar yaratilgan, fuqarolar uchun yuqori hayot va turmush darajasi taʼminlanadigan davlatdir”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Ijtimoiy" atamasi keng maʼnoda jamiyat va jamoat bilan bogʻliq boʻlgan tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Bu soʻz odamlar hayoti va jamiyat faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi. "Himoya" soʻzining kelib chiqishi arab tiliga borib taqaladi va u "qoʻllab-quvvatlash", "himoya qilish", "toʻsiq yaratish" kabi maʼnolarni anglatadi. Ushbu atama turli sohalarda foydalanilib, bir necha xil mazmunda izohlanadi. Shu asosda "ijtimoiy soha" jamiyatning muhim ehtiyoj va manfaatlarini qondiruvchi faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur sohaning asosiy elementi boʻlgan "ijtimoiy himoya" esa jamiyat aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasini bajaradi. Bu tushuncha davlat yoki jamoatchilik tomonidan taqdim etiladigan yordam va qoʻllab-quvvatlash tizimlarini ham qamrab olib, insonlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadi1. Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohaga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ijtimoiy sohani rivojlantirish – bu jamiyat farovonligini oshirish maqsadida barcha aholi qatlamlari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va ularni kelajakka umid ruhida qo‘llab-quvvatlashni anglatadi. Ijtimoiy ish esa shaxslar, guruhlar va jamiyatga qulay yashash va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan kasbiy faoliyat hisoblanadi. Shu sababli bu faoliyat bevosita insonlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatida qabul qilinadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham ijtimoiy sohaga alohida eʼtibor berilib, davlatning ijtimoiy yo‘nalishdagi vazifalari aniq belgilab berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekiston – boshqaruv shakli respublika bo‘lgan mustaqil, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qayd etilgan2. Konstitutsiyamizda mehnatga layoqatsiz, yolgʻiz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa aholi qatlamlarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi mustahkamlangan. Ushbu qatʼiy qoida ijtimoiy sohada yagona yondashuv asosida islohotlar amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 2023-yil 1-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-82-sonli Farmon imzolandi. Ushbu Farmon fuqarolarning ijtimoiy himoyaga doir huquq va manfaatlarini kafolatlash, shuningdek, aholiga taqdim etiladigan 1 Xusanova X. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanish dinamikasi//monografiya 2024.–B.44. 2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. – 128 b. 837 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 ijtimoiy xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mazkur hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik ijtimoiy himoya va xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishda vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi3. Agentlik zimmasiga og‘ir sharoitlarda yashayotgan aholining ijtimoiy xizmat

Доказательный фрагмент

«This article highlights the attention given to social spheres and the measures being implemented in our country.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the attention given to social spheres and the measures being implemented in our country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social protection, professional social services, social medical services, ijtimoiy himoya markazlari, Mehr daftari, ijtimoiy xizmat darchalari, Yoshlar daftari, ajratilayotgan sarmoyalar, aholi turmush darajasi, ijtimoiy himoya, bandlik, Ayollar daftari., ijtimoiy tibbiy xizmat, professional ijtimoiy xizmat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники