Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMUDARYO SUVIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI
Eshkarayev Ulugbek Choriyevich · DTPI. O’zbekiston Respublikasi.
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2024
Аннотация
Maqolada Amudaryodan Afg’oniston tomonga tortilayotgan Qo’shtepa kanali va bunig oqibatida kelib chiqadigan muammolar, hamda Amudaryo suvidan foydalanishda keyinchalik ma’lum choralar qo’llanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Yillar davomida O’rta Osiyo dexqonlarini xavotirga solib kelgan voqea nihoyat sodir bo’ldi. 2022 yilda qo’shni Afg’oniston hukumati tepasiga kelgan Tolibonlar Amudaryodan suv oladigan yirik kanal qurilishini boshlashdi. Qo’shni Afg’oniston hukumati transchegaraviy ahamiyatga ega bo’lgan Amudaryoning suvini yangi qurilayotgan Qo’shtepa kanali orqali olib, o’z maqsadlarida foydalanmoqchi. Bu Afg’onistonga qo’shni bo’lgan O’zbekiston va Turkmaniston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini e’tiborga olmayapti. Qurilayotgan kanal kengligi 100 metr, chuqurligi 8,5 metr, yiliga Amudaryodan 10 kub km. suv olishi rejalashtirilgan. Ushbu kanal orqali qo’shni Afg’oniston hukumati 500 000 gektar yerni obod qilib sug’orishni maqsad qilgan. Otgan asrning 70 yillariga qadar O’zbekiston va Turkmaniston davlatlarida xalq iste'moli va dalalarni sug'orish uchun Amudaryo suvi bemalol yetar edi. Oʻrta Osiyo tekisligidagi keng paxta maydonlarini sugʻorish uchun Amudaryo va Sirdaryodan foydalana boshladilar. Bu vaqtgacha daryolardagi suv qishloq xoʻjaligi uchun yetarli bo’lgan, ammo Qoraqum kanali, Qarshi kanali va Buxoro kanali irrigatsiya tizimlarining yaratilishi hisobiga yangi qo’riq yerlarni o’zlashtirish va suvdan rejasiz foydalanish natijasida Amudaryo suvi Orol dengiziga yetib bormay qo’ydi. Bu esa shundoq ham suvi kamayib borayotgan Orol dengizining butunlay qurib bitishini jadallashtirib yubordi. Sobiq Ittifoq davrida Qirgʻiziston va Tojikiston yozda Amudaryo va Sirdaryodan suvini Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston bilan baham koʻradigan resurslarni taqsimlash tizimi oʻrnatilgan edi. Buning evaziga Qirgʻiziston va Tojikiston qishda qozoq, turkman va oʻzbek koʻmiri, gaz va elektr energiyasini olib turar edi. Sovet Ittifoqi qulagandan keyin bu tizim parchalanib ketdi va Markaziy Osiyo davlatlari uni tiklay olmadilar. Notoʻgʻri infratuzilma, yomon suv boshqaruvi va eskirgan sugʻorish usullari muammoni yanada kuchaytirdi. Bizga ma’lumki, suv qadimdan Sharq mamalakatlarida ham iqtisodiy, ham siyosiy nuqtai-nazardan muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Amudaryo Qo’shni 454 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 5 Tojikiston va Afg’onistonning qorli tog’laridan boshlanuvchi va to Orol dengizigacha borib quyilguncha qanchadan-qancha tsivilizatsiya va madaniyat o’choqlarini vujudga keltirgan daryo hisoblanadi. Bu daryo qadimiy tarixga ega bo’lgan Xuroson va Mavorounnahr o’lkalarini bir-biridan ajratib turadi. Bu daryoning suvining kamayishi asrlar davomida tinch-totuv yashab kelayotgan davlatlar o’rtasida nizo va kelishmovchiliklarning yuzaga kelishiga olib keladi. Orol dengiziga Amudaryodan suv bormay qo’yadigan bo’lsa, bu nafaqat unig atrofidagi davlatlar uchun katta muammolarni, balki jahon miqyosidagi talofatlar va iqlim o’zgarishiga olib keladi. Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasi Prezidentidan boshqa hech kim bu muammo xususida tashvishlanmayapti. Albatta, qo’shni Afg’oniston xalqini ham tushunish mumkin, Ular mana shu qurilayotgan kanalning suvi yordamida oziq-ovqat tanqisligi muammosini sezilarli darajada hal qil qilishni maqsad qilishgan. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Amudaryoning asosiy irmoqlari Tojikistonning qorli tog’larida (80%) shakllanadi. Qolgan 20% suvlar Afg’onistonning Qunduz daryosi, O’zbekistonning Surxondaryosi va Sherobod daryosi orqali shakllanadi. Qo’shni Afg’oniston hukumati o’zining geografik joylashuvi nuqtai-nazaridan Amudaryo suvidan istagancha foydalana olishi mumkinligini tushunib qoldi. Sharq mamlakatlarida qadimdan ma’lumki, kim suvga egalik qilsa, u o’z atrofidagi qo’shni davlatlarga o’z shartlarini qo’ya oladigan bo’ladi. Va bundan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Afg’oniston shimolida qurilayotgan Qo’shtepa kanali Mozori Sharif shahridan 90 km. shimoli-g’arbda amudaryodan suv oladi. Kanal janubga tomon 10 km. harakatlanib, so’ngra g’arbga Jovuzjon viloyatiga tomon oqadigan bo’ladi. Kanalning umumiy uzunligi 285 km. bo’lib, u Faryob viloyatida tugaydi. Reja bo’yicha kanal qurilishi 3 etapda olib borilib, 2028 yilda tugatilishi kerak. Agar Afg’oniston hukumati Amudaryo suvidan hamjihatlikda, tejamkorlik bilan foydalanishni istamasa, O’zbekiston ham Tojikiston hukumati bilan kelishib, Amudaryoning sersuv irmoqlaridan Vaxsh va Kafarnihon daryolaridan Tojikistonning Tursunzoda va Surxondaryoning Sariosiyo yo’nalishida kanal qazib suv olishi mumkin. Natijada Amudaryo suvining anchagina suvi Surxondaryo viloyati orqali Turkmanistonga o’tib Amudaryoga quyilishi mumkin. Amaliy jihatdan shunday qilish mumkinligini Afg’oniston hukumati tushunib yetsa, balki fikrini o’zgartirar. 455 Acumen: Interna
Доказательный фрагмент
«Maqolada Amudaryodan Afg’oniston tomonga tortilayotgan Qo’shtepa kanali va bunig oqibatida kelib chiqadigan muammolar, hamda Amudaryo suvidan foydalanishda keyinchalik ma’lum choralar qo’llanishi mumkinligi haqida fik…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Amudaryodan Afg’oniston tomonga tortilayotgan Qo’shtepa kanali va bunig oqibatida kelib chiqadigan muammolar, hamda Amudaryo suvidan foydalanishda keyinchalik ma’lum choralar qo’llanishi mumkinligi haqida fik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- afg oniston, oniston hukumati, shni afg, shtepa kanali, amudaryo suvidan, amudaryodan suv, ega lgan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024