К содержанию
РецензированоUZ2024

QORIN TIFI: ETIOLOGIYASI, EPIDEMIOLOGIYASI VA DAVOLASH USULLARI

Shermatov Xolbek Faxriddinovich · Urolova Sevinch Murodilla qizi · Уролова Севинч Муродиллаевна · Шерматов Холбек Фахриддинович

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 1 · 2024

Аннотация

This article examines infectious diseases of the visual organ, their etiology, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches. Eye infections are most often caused by bacteria, viruses, fungi, and parasites. The article analyzes common infections such as conjunctivitis, keratitis, and blepharitis, as well as the treatments applied for their diagnosis and management. Keywords: eye infections, conjunctivitis, keratitis, blepharitis, antibiotics, antiviral therapy, antifungal agents, diagnosis. KIRISH: Ko‘z infeksiyalari inson ko‘rish qobiliyatini jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan patologiyalar qatoriga kiradi. Infeksiyalar ko‘pincha tashqi muhit omillari, immunitetning pasayishi, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va surunkali kasalliklar sabab yuzaga keladi. Ko‘z infeksiyali kasalliklarining asosiy sabablari bakterial infeksiyalar, ya’ni Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa. Shuningdek, virusli infeksiyalar orqali Gerpes simplex virusi (HSV), adenoviruslar, zamburug‘li infeksiyalarga Candida albicans, Aspergillus, parazitar infeksiyalar esa Acanthamoebalar orqali qo‘zg‘atiladi va kasallikni keltirib chiqaradi. Ko‘z infeksiyalari bemor hayot sifatini pasaytiradi, shuningdek, kech aniqlangan hollarda ko‘rlikka olib kelishi mumkin. USULLAR: Tadqiqotda quyidagi usullardan foydalanildi: 1. Adabiyotlar tahlili: So‘nggi yillardagi ilmiy maqolalar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlari asosida ko‘z infeksiyalarining turlari va davolash strategiyalari o‘rganildi. 2. Klinik kuzatishlar: Termez shahridagi oftalmologik markazda 50 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan kuzatishlar asosida infeksiyaning klinik belgilarini aniqlash va davolanish samaradorligi tahlil qilindi. 3. Laboratoriya tekshiruvlari: Biologik materiallar bakteriologik ekish, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) va mikroskopik tekshiruvlar orqali aniqlangan. NATIJALAR: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan ko‘z infeksiyalari quyidagilar: 1. Kon’yunktivit – eng keng tarqalgan infeksiya turi. 387 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 5 Bakterial kon’yunktivit: Ko‘z yoshi va oqindi namunalari tahlilida Staphylococcus aureus 40% holatda aniqlangan. Virusli kon’yunktivit: Adenoviruslar sababli yuzaga kelgan holatlar 30% ni tashkil etdi. 2. Keratit – ko‘z shox pardasi infeksiyasi. Zamburug‘li keratit: Candida albicans sababli paydo bo‘lgan hollarda davolanish uzoq davom etdi. 3. Blefarit – ko‘z qovoqlarining yallig‘lanishi. Etiologik omillar: bakterial infeksiyalar va demodeks parazitlari. Davolash usullari: Bakterial infeksiyalarda: Moksifloksatsin va Ofloksatsin kabi antibiotik tomchilari samarali bo‘ldi. Virusli infeksiyalarda: Atsiklovir va Valatsiklovir preparatlari qo‘llanildi. Zamburug‘li infeksiyalarda: Natamitsin va Vorikonazol asosida davolash o‘tkazildi. MULOHAZA: Tadqiqot natijalari ko‘z infeksiyalarining keng tarqalganligi va ularni erta aniqlashning muhimligini ko‘rsatdi. Bakterial kon’yunktivitlar antibiotik tomchilar yordamida qisqa muddatda davolansa, virusli va zamburug‘li infeksiyalar uzoq muddatli muolajani talab qiladi. Ko‘z gigiyenasi qoidalariga rioya qilmaslik va kontakt linzalardan noto‘g‘ri foydalanish keratitning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi. Tavsiyalar: 1. Aholi orasida ko‘z gigiyenasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish. 2. Kontakt linzalardan foydalanishda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish. 3. Ko‘z kasalliklari alomatlari sezilganda oftalmologga murojaat qilish zarurligini ta’kidlash. XULOSA: Ko‘z infeksiyalari zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta tashxis va zamonaviy davolash usullari infeksiyalar asoratlarini kamaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ). Рекомендации по лечению глазных инфекций. Женева; 2021. 2. Kanski JJ, Bowling B. Clinical Ophthalmology: A Systematic Approach. 8th ed. London: Elsevier; 2016. 3. Azar DT, Kanellopoulos AJ. Diagnosis and management of infectious keratitis. Cornea. 2020;39(2):201-207. 388 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 1, Issue 5 4. Tseng SC, et al. Advances in treatment of viral keratoconjunctivitis. Ophthalmology. 2019;126(4):623-632. 5. Al-Mujaini A, et al. Bacterial keratitis: perspective on epidemiology, clinico- pathogenesis, diagnosis, and treatment. International Journal of Ophthalmology. 2019;12(3):367-376. 6. Kenjayev Y.M., Berdieva S.A., Termiz iqtisodiyot va servis universiteti. "Yurak bo’lmacha va qorinchalari gipertrofiyasining elektrokardiografiya belgilari

Доказательный фрагмент

«This article examines infectious diseases of the visual organ, their etiology, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines infectious diseases of the visual organ, their etiology, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eye infections, conjunctivitis, keratitis, blepharitis, antibiotics, Salmonella Typhi, Qorin tifi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники