Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MANG‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI, TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Gulyamov Alisher Azizovich · MANGHIT DYNASTY.
Современная наука и исследования · 112- 114 · 2026
Аннотация
By the end of the Ashtarkhanid rule, the political situation in the country became tense. Some of the local governors fight against Abulfayz Khan. In 1756, Muhammad Rahimbi, who became the de facto head of the state, destroyed all the representatives of the Ashtarkhanid dynasty and officially became the ruler of the state. Key words: Abulfayzkhan's rule, monarchy, Nadirshah's military campaign, Hakimbi, vassal khan, Amir-ul Umaro, khan rank, rebellion of local governors, Karmana, Bukhara Emirate. ГОСУДАРСТВЕННОЕ УПРАВЛЕНИЕ, СИСТЕМА И ВНУТРЕННЯЯ ПОЛИТИКА В ЭПОХУ ДИНАСТИИ МАНГИДОВ. Аннотация. К концу правления Аштара-ханства политическая ситуация в стране стала напряженной. Некоторые местные правители воевали против Абулфайз-хана. Мухаммад Рахимбий, ставший фактическим главой государства, в 1756 году устранил всех представителей династии Аштар-хана и официально стал правителем государства. Ключевые слова: правление Абулфайз-хана, монархия, военный поход Надир-шаха, Хакимбий, вассальный хан, Амир-уль-Умар, ханское звание, восстание местных правителей, Кармана, Бухарский эмират. Buxoro amirligi bu davrda monarxiya tipidagi davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi.1 1Alimova D., Rashidov U. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro, 2009. -B.20. 790 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Buxoro amirligini XIX asr oxirlarida mang’itlardan bo’lgan amirlar boshqarardi. Bu davrga kelib ya’ni, Ashtarxoniylar hukmronligining so‘nggi davriga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashdi, markaziy hokimiyat zaiflashishi bilan birga qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar ham avj oldi. Bu holat Ubaydullaxon (1702-1711 yy), ayniqsa Abulfayzxon hukmronligi yillarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Mahalliy hokimlardan ayrimlari, xususan Samarqand hokimi Rajab sulton, Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy kenagas, Karmana hokimi Abdulkarim bahrinlar markaziy hokimiyatni o‘z ta’siriga olish va uni ag‘darib tashlash maqsadida bir necha yillar davomida harbiy harakatlarni avj oldirib, Abulfayzxonga qarshi kurash olib bordilar. Buxoro xonligidagi ichki siyosiy parokandalikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh Buxoroga harbiy yurish uyushtirdi. Uning buyrug‘i bilan o‘g‘li Rizoqulixon 12 ming qo‘shin ko‘magida Qarshiga hujum boshladi. Qarshi va Samarqand qo‘shinlarining birgalikdagi qattiq qarshiligidan so‘ng 1736–1737 yillarda bo‘lib o‘tgan eronliklarning yurishi qaytarildi. Ikkinchi yurishga o‘zi boshchilik qilgan Nodirshoh 1740-yilda Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy mang‘it bilan ittifoq tuzishga erishadi. Hakimbiy vositachiligida Abulfayzxon bilan aloqa o‘rnatishga erishgan Nodirshohni Buxoro hukmdorlari hurmat bilan kutib olishga majbur bo‘ladilar. Muzokaralar chog‘ida Hakimbiyga katta imtiyozlar va xuquqlar berilib, Abulfayzxon amalda vassal xonga aylanib qoldi. Ayni vaqtda Muhammad Hakimbiy mang‘itning boshqaruvdagi mavqei va ta’siri ortib bordi, o‘g‘li Rahimbiy esa Nodirshoh xizmatiga o‘tgan edi. 1743-yilda Muhammad Hakimbiy vafot etib uning ta’ziyasiga Nodirshoh ruxsati bilan o‘g‘li Rahimbiy keladi. Marosimlar tugagach yana Eronga qaytadi. Biroq, 1745-yilda Buxoro xonligida Abulfayzxonga qarshi qo‘zg‘olonlar avjiga chiqqach, Nodirshoh ularni bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni yuboradi. U qo‘zg‘olonlarni bostirgach, Abulfayzxon tomonidan “Amir – ul umaro” lavozimiga ko‘tariladi. Rahimbiyning xonlikdagi nufuzi ortib bordi. 1747-yil yozida Nodirshoh Mashhad yaqinida jiyani Aliqulixon tomonidan o‘ldirildi. Bu vaziyatdan foydalangan Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirib, uni qatl qildirdi. Biroq mavjud an’analarga asosan u xonlik taxtini qo‘lga kirita olmadi va ashtarxoniylardan Abdulmo‘min va Ubaydulla Sultonlar rasman xon etib e’lon qilindi. Amalda davlat boshlig‘i bo‘lib qolgan Muhammad Rahimbiy 1756-yilda ashtarxoniylar sulolasining barcha vakillarini yo‘q qilib, rasman davlat hukmdoriga aylandi. Xonlik rutbasiga rasman erisha olmagan Rahimbiy amir unvonida davlatni idora qila boshladi va shu vaqtdan boshlab davlat ham Buxoro amirligi deb yuritila boshlandi, davlat tepasiga yangi sulola – Mang‘itlar sulolasi keldi va 1920-yilgacha hokimiyat tepasida turdi.2 2 Alimova D., Rashidov U. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro, 2009 791 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Muhammad Rahimbiy eng avvalo davlatning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadidagi siyosatni yurita boshladi. Asosini yollanma askarlar (qisman afg‘onlar) tashkil etuvchi kuchli qo‘shin yordamida Sharqiy Buxoro, Hisor, Urgut, Panjikent, O‘ratepa, Xo‘jand, Miyonko‘l atrofida yashovchi xitoy-qipchoqlarni bo‘ysundirish uchun bir necha yil davomida kurash olib borildi. Muhammad Rahimxon vafot etgach (1758-y), hokimiyat tepasiga Doniyolbiy keldi. U mahalliy hokimlar isyonidan xavfsirab, o‘zi otaliq mansabida qolgan holda rasmiy hukmdor sifatida taxtga ashtarxoniy Abulfayzxonn
Доказательный фрагмент
«By the end of the Ashtarkhanid rule, the political situation in the country became tense.»
Образец извлечения
Демо-превьюBy the end of the Ashtarkhanid rule, the political situation in the country became tense. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abulfayzkhan's rule, monarchy, Nadirshah's military campaign, Hakimbi, Amir – ul umaro, Nodirshoh harbiy yurishi, Hakimbiy, monarxiya, Buxoro amirligi., vassal xon, mahalliy hokimlar isyoni, Abulfayzxon hukmronligi, Karmana, xonlik rutbasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024