Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HAYRAT-UL ABROR” DOSTONIDA TALMEH SAN’ATI
Karshiyeva Xurshida Allaberdi qizi · Iso Masih · Abu Jahl
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the names of historical and religious figures mentioned in Alisher Navoi’s epic poem “Hayrat-ul abror” and how he skillfully used the poetic art of talmeh to emphasize events and narratives. Keywords: Alisher Navoi, “Hayrat-ul abror”, talmeh, Gabriel, Adam, Joseph, Yunus, Eve, Jesus Christ, Khizr, Abu Jahl, Umar. ИСКУССТВО ТАЛМЕ В ЭПИЧЕСКОЙ ПОЭМЕ «ХАЙРАТ-УЛ-АБРОР» Аннотация. В статье рассматриваются имена исторических и религиозных деятелей, упомянутых в эпической поэме Алишера Навои «Хайрат-ул-аброр», и то, как он искусно использовал поэтическое искусство талме для подчеркивания событий и повествований. Ключевые слова: Алишер Навои, «Хайрат-ул-аброр», талме, Гавриил, Адам, Иосиф, Иона, Ева, Иисус Христос, Хизр, Абу Джахль, Омар. Maqsud Shayxzoda bejiz Alisher Navoiyni “So‘z mulkining sultoni” deya atamagan. Zotan, hazrat Navoiy o‘zbek adabiyotida eng so‘zamol va teran mushohadali, faylasufona qarashlarga to‘yingan, tasavvufiy qarashlar mohiyatini anglagan zotdir. Qolaversa, adabiyotda mavjud o‘nlab she’riy san’atlarni mahorat bilan qo‘llay olgan daho hamdir. Din nizomi deya atalgan Alisher Navoiyning “Talmeh” san’atidan ustomonlik bilan foydalana olganligini izohlash uchun ortiqcha bo‘yoqdor so‘zlar shart emas, axir. Uning buyukligi va odamiyligi Alloh va uning elchisiga bo‘lgan cheksiz muhabbati, haqiqiy-boqiy hayotga bo‘lgan intilishi o‘z zamonasida bajargan amallarida ham namoyon bo‘ladi. Shu qatorda insonlarga bo‘lgan hurmati, ustozlarni e’zozlashi va ularga ko‘rsatgan hurmat-e’tibori tahsinga sazovor. “Talmeh” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “ko‘z qirini tashlamoq”, “bir nazar tashlash”, “ishora qilmoq”, degan ma’nolarni bildiradi. 781 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Mumtoz adabiyotda badiiy san’at sifatida u mashhur qissa, maqol, tarixiy va afsonaviy voqea, shaxs, mashhur asar qahramonlari nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham ifodalashdir. Bu badiiy san’at adabiyotimizda keng qo‘llanilgan. Ayniqsa, Navoiy “Hayrat-ul abror”da Qur’oni Karimda nomlari zikr etilgan yuzlab shaxslarning nomini o‘z ijodiy merosida talmeh orqali qo‘llaydi. Talmeh san’atida “shoir qahramon siymosini gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, o‘xshatadi; goho o‘sha o‘tmish qahramonlari ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog‘liq voqealar, ishoralar esga olinishi ham mumkin. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi”. “So‘zdin etib o‘tg‘a azimat Xalil, So‘z yukiga xomil o‘lub Jabrail”. Ushbu misralar orqali Navoiy bobomiz anglatmoqchi bo‘lgan xulosa shuki, Jabroil farishta bo‘lib, barcha payg‘ambarlar (Muso alayhissalomdan tashqari) u bilan gaplashgan. Muqaddas kitoblarning vahiy bo‘lishi ham bevosita Jabroil farishta bilan bog‘liq. Shu sabab unga “so‘z yukiga xomil bo‘ldi” deya ta’rif berilmoqda. “Bo‘ldi sanga Odam sabqatnamo, Avval o‘g‘ul, so‘ngra gar o‘lsa ato”. Yuqoridagi baytda keltirilgan Odam ismi Qur’oni Karimda bir nechta suralar, xususan, “Hijr”, “Sod”, “A’rof”, “Kahf” va “Baqara” suralarida ham qayd etilgan bo‘lib, Alloh Taolo tomonidan ilk yaratilgan inson sifatida talqin etiladi. Demakki, ushbu misrada ham Navoiy ushbu faktga e’tibor qaratadi. Avval Odam yaratilib, so‘ng hammaga ota bo‘ldi deyiladi. “Istadi Havvo bila chun ittisol, Ayladi Havvog‘a bu nur intiqol”. Ushbu baytlarda keltirilgan Havvo esa Odam (alayhissalom)ning ayoli. Ikkalasini Iblis- shayton vasvasa qilib taqiqlangan daraxt mevasini yeyishga undaydi. Ular shu meva tufayli jannatdan quviladilar. Baytda ham aynan Havvo momomiz nomi keltirilishi bilan ayni mazvuga ishora keltiriladi. “Garchiki ul chashma nazardin qochib, Xizr ko‘k uzra qatarotin sochib”. “Ko‘rguzibon barq bulutdin daraxsh, Qatra Xizr chashmasidek ruhbaxsh”. Yuqoridagi ikki baytda Xizr alayhissalom haqida so‘z boradi. Xalq orasida Xizr bobo nomi juda mashhur bo‘lib, turli xil rivoyat va afsonalar bor. Shuningdek, Xizr alayhissalom haqidagi qissa Qur’oni Karimning “Kahf” surasida kelgan. 782 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bu qissani mufassir ulamolarimiz “Muso alayhissalom va solih banda qissasi” deb ataydilar. Chunki Qur’onda Xizr alayhissalom “Xizr alayhissalom” nomi bilan atalmagan, balki “solih banda” deb atalgan. Ana shu oyatlarning tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solih bandani “Hazr” deb ataladi, biz “Xizr” deb o‘rganib qolganmiz.1 Ana shundan Xizr alayhissalom borligi, Qur’onda “solih banda” nomi bilan esga olinganligi va sahih hadislarda “Xizr” nomi bilan tanilganliklari, mashhur bo‘lganliklari kelib chiqadi. Shuningdek, har ikki baytda ham Xizr chashmasi atamasiga urg‘u berilib, unda Xizr alayhissalomning hayot suvini ichib, o‘lmaslikka erishgani haqidagi rivoyatga ishora borligidan deya fahmlash mumkin. “Dalvg‘a Yusuf kibi solmay nazar, Hutda Yunus kibi qilmay maqar”. Ushbu baytda Qur’oni karimda nomlari keltirilgan ikki payg‘ambar tilga olingan. Birinchisi Yusuf (alayhissalom) bo‘lib, u zot to‘g‘risida Yusuf surasid
Доказательный фрагмент
«This article discusses the names of historical and religious figures mentioned in Alisher Navoi’s epic poem “Hayrat-ul abror” and how he skillfully used the poetic art of talmeh to emphasize events and narratives.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the names of historical and religious figures mentioned in Alisher Navoi’s epic poem “Hayrat-ul abror” and how he skillfully used the poetic art of talmeh to emphasize events and narratives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, “Hayrat-ul abror”, talmeh, Gabriel, Adam, Joseph, Yunus, Eve, Alisher Navoiy, Abu Jahl, Iso Masih, Umar., Havvo, Odam, Xizr, Jabroil, Yusuf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025