Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BEHBUDIY ASARLARIDA JADIDCHILIK G‘OYALARINING BADIIY- POETIK TALQINI
BADIIY- POETIK TALQINI · Hamrayeva Nargiza Hasan qizi · Shaxnoza Norkulova · ХУДОЖЕСТВЕННО-ПОЭТИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article describes the activities of Mahmudhoja Behbudi, an Uzbek intellectual, one of our enlightened Jadids, Jadidist movements, schools of the new method and drama. Key words: Jadid, schools of the new method, “Risolayi asbobi savod” (“Book of Literacy”), “Risolayi jugrofiyai umrani” (“Introduction to Population Geography”), “Kitabat ul aftol” (“Children's Letter”), “Samarkand” newspaper, “Oyna” magazine, “Padarkush” drama. XIX asr so‘ngi hamda XX asr boshlarida turkiy tilli millatlar orasida jadid va jadidchilik atamasi keng tarqaldi. “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” deganidir. Shu sababli yangilikka intiluvchi, millatni ma’rifatparvarlikka undovchi, yangilik yaratuvchi, taraqqiyparvar ziyolilarga “jadid” degan nom berildi. Ular olib borayotgan harakat esa “jadidchilik” deb yuritildi. 765 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bu faoliyatning yuzaga kelishi esa bevosita va bilvosita o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy muhitiga borib taqaladi. O‘sha davr muhiti va jamiyati tarbiyalagan ko‘plab jonkuyar fidoyilar orasida Mahmudxo‘ja Behbudiyning borligi esa bizning ham, o‘sha davr insonlarining ham yutug‘idir. Chunki Behbudiy jadid adabiyotining asoschilaridan birigina bo‘lib qolmay “an’anaviy tahsil, so‘ng esa o‘z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha ko‘tarilgan. Shuningdek, g‘oyaviy nazariy va mafkuraviy shakllanishining xilma-xilligi bilan ajralib turgan davrda millatning taraqqiyotiga bevosita Behbudiy singari ziyolilarning ta’siri yuqori edi. Turkistonda o‘sha paytda turli ma’naviy- g‘oyaviy va mafkuraviy oqimlar – qadimchilar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo‘lgan tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo‘nalishga ega bo‘lgan “Chig‘atoy gurungi” kabi ancha yetuk yig‘inlar, ular ilgari surgan ma’rifiy ta’limotlar, nazariyalar mavjud edi. “Jadidchilik g‘oyalari erta bahorning shiddatli shamollari singari po‘panak bosib, biljirab ketgan o‘rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashlanadi. Xusuan, jadidlarimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy topmog‘i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo‘lmog‘i lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg‘otishga alohida e’tibor berdilar”, deya ta’rif beradi o‘z izlanishlariga izoh berar ekan filologiya fanlari doktori Begali Qosimov. Darhaqiqat, uning izlanishlari natijasida Behbudiy va jadidchilik harakati namoyandalarining keng ko‘lamli taraqqiyparvar va ijtimoiy-falsafiy qarashlari ma’rifiy va ma’naviy jihatdan yuksak baholanishini ko‘rish mumkin. Bu yo‘lda Behbudiyning yangi usul maktablari ochgani va “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish”), “Kitobat ul aftol” (“Bolalar xati”) kabi maktab darsliklari yaratgani, “Samarqand” gazetasi va “Oyna” jurnalini chiqishini yo‘lga qo‘ygani ma’lum. Publitsist, din va jamoat arbobi bo‘lish bilan cheklanmagan Behbudiy mavzusi har davr uchun dolzarbligini yo‘qotmagan “Padarkush” dramasini 1911-yilda yozib Markaziy Osiyo dramaturgiyasiga asos soldi. Taniqli o‘zbekshunos olim Eduard Olvors bu drama haqida alohida to‘xtalib: “Padarkush”gacha mazkur hududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu Behbudiyning adabiyotga qo‘shgan eng katta hissasi bo‘ldi”, deydi. Drama uch parda, to‘rt manzaradan iborat bo‘lib, ilmsizlik, tarbiyasizlik, befarqlik va jaholatning qanday oqibatlarga olib kelishi haqidagi kichik asardir. «Padarkush»ning sahna asari sifatidagi o‘ziga xos fazilati shuki, muallif zamonasining mudhish va jirkanch illatlarini ochiq namoyish etganligi bilan belgilanadi. 766 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Demak, Markaziy Osiyoda birinchi zamonaviy sahna asari «Padarkush» nomi bilan boshlandi va rivoj topdi. Nomidan anglashilganidek, bu asar otasining qotiliga aylangan farzand fojiasi haqida. Bir qarashda juda jo‘n va oddiy tuyulsada inson chuqur o‘ylasa Behbudiy bu kichik asari bilan nima demoqchiligini oz-oz anglagandek bo‘ladi. Padarkush — bu beilmlik, befarqlik, jaholat, mutaasiblik dunyoga keltirib, tarbiyalagan inson. Chunki biz bilgan boy o‘zi bilmas va bilishga harakat qilmaydigan va eng achinarlisi zurriyodiga o‘zidanda yomonroq taqdirni ravo ko‘ruvchi bir g‘ofil. Behbudiy ta’biri va boyning o‘z tili bilan aytgan so‘zlariga ko‘ra BOY. “Mani xayolimg‘a dunyoning sababi, izzati - boylik. Oxiratga bo‘lsa, Xudoning qilgan taqdiri bo‘lur. Chunonchi, biz ko‘ramizki, odamlar boyni mullodan ziyoda izzat qiladurlar. Mana, Xayrulloga oyinda yetti so‘m beraman, kunduzlari mirzalik va oqshomlari mehmonxona ishini qilar va hatto, uyqum kelguncha xodimlik qilar, kitob ham o‘qub berar. Men o‘zim besh vaqt namozni keraklik duolari ila bilurman. O‘zim o‘rgaturman. Shariat ilmini o‘qitmoqni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va muazzin qilmoqchi emasman, azbaski davlatim anga yeta
Доказательный фрагмент
«This article describes the activities of Mahmudhoja Behbudi, an Uzbek intellectual, one of our enlightened Jadids, Jadidist movements, schools of the new method and drama.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the activities of Mahmudhoja Behbudi, an Uzbek intellectual, one of our enlightened Jadids, Jadidist movements, schools of the new method and drama. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadid, schools of the new method, “Risolayi asbobi savod” (“Book of, “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Padarkush” drammasi., “Oyna” jurnali, “Samarqand” gazetasi, yangi usul maktablari, “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), “Kitobat ul aftol” (“Bolalar xati”)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024