К содержанию
РецензированоRU2026

ERONNING O’RTA OSIYA XONLIKLARI BILAN ALOQALARI.

Abduhamidova Aziza Abdumannon qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 1-5 · 2026

Аннотация

В статьях Ушбы рассматриваются торговые и дипломатические отношения Бухарского эмирата через Среднеазиатское ханство в конце XIX века. Ключевые слова: Бухара, Россия, Марв, Амир Насрулла, Иран, Йозеф Вольф, Субхонгулбек, Великобритания. В политической истории организации Бухарского эмирата важную роль также играли отношения межгосударственной и внутренней безопасности. В источниках освещена деятельность Амира Насруллы в дипломатических отношениях с иранским государством. Erondan Buxoroga 1844-yilda Muhammadshoh boshchiligida yuborilgan elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish yuklatilgan edi: Buxoroda saqlanayotgan eronlik asirlarni ozod qilish masalasini muhokama etish; Marv viloyati va turkmanlar bilan bogʻliq masalalarda muayyan kelishuvga erishish; Buxoroda tutqunlikda boʻlgan ingliz fuqarosi Joseph Wolffni ozod qilish masalasini hal etish va boshqalar. Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni qadimiy anʼanaga va odatlarga koʻra ulamolarning fatvolari asosida davom etib kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olinganligi sababli Eronga qaytarilmasligini 77 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference inobatga olib, bunday huquqiy muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan amirning takliflarini qabul qiladi. Eron elchisi ikkinchi masala, yaʼni Marv viloyatidagi siyosiy ahvol masalasida Buxoro amirligi hukmdori unga ushbu hududdagi siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi asosida tayinlanganligini, turkman urugʻlari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar uyushtirganligini taʼkidlab, Marv vohasini qayta obod qilish zarurligini, aks holda Marvni hech kim boshqara olmasligini bildiradi. Uchinchi masala boʻyicha munozara ancha keskin kechadi, sababi bu masala inglizlarning Buxoro amirligida, umuman, Markaziy Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bogʻliq edi. Markaziy Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun Eron orqali polkovnik Charles Stoddart va Arthur Conollylar yuborilganlar. Ushbu ikki elchi Amir Nasrulloh tomonidan qatl etilgan boʻlib, amir ularning yovuz niyatda kelganligidan boxabar edi. Ikki elchini ozod etish maqsadida Eron vositachiligidan foydalangan inglizlar Eron orqali Joseph Wolffni yuboradi. Joseph Wolff ham ikki josusning sherigi sifatida qamoqqa olinadi. Eron elchisi Buxoro amiriga ingliz fuqarosi Joseph Wolffni izzat-ikrom bilan topshirishni soʻraydi. Amir Nasrulloh bunday tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarda Buxoro amirligininf xalqaro aloqalardagi obroʻsini, davlatning ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini, Eron davlati bilan boʻladigan keyingi aloqalarni mustahkamlash, oʻz navbatida Eron—Buyuk Britaniya siyosiy munosabatlarini ijobiylashtirish maqsadida Joseph Wolffni hamda Eron asirlarini ozod qilishga qaror qiladi. Amir Nasrulloh Eron elchisi bilan Subhonqulibekni sovgʻa-salomlar bilan Eron davlatiga elchi qilib yuboradi. Eron elchisi Subhonqulibekni, Joseph Wolffni va eronlik asirlarni olib, Buxoroni tark etadi. Buxoro amirligi bilan Eron davlati oʻrtasidagi munosabatlarda enf oʻtkir masalalardan biri — asirlar masalasi boʻlganligi sababli, bunday omil ikki davlatning oʻzaro tashqi siyosiy va diplomatik aloqalarning rivojiga toʻsiq boʻlib turardi. Ikki davlatning hech biriga itoat etmaydigan koʻchmanchi qabilalar va urugʻlar karvon yoʻllarida va chegara hududlarida turli talon-tarojlarni amalga oshirib, asirlarni Buxoro yoki boshqa shaharlar bozorlarida sotardilar. Bunday koʻrinishdagi insonlar savdosidan taraflar, yaʼni sotuvchi va oluvchilar manfaatdor boʻlganligi sababli qul savdosini butunlay barham toptirish mushkul edi. Ushbu muammoning ijtimoiy-siyosiy mohiyatidan tashqari, gʻoyaviy asosi ham mavjud boʻlib, u sunniy va shia mazhablari oʻrtasidagi tafovutlar bilan belgilanar edi. Bunday fikrning bahsli munozaraga mansubligini inobatga olib, ikki davlat oʻrtasida yinch-totuvlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Amir Nasrulloh vaqti-vaqti bilan Usmonlilar 78 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference imperiyasi sultoniga elchilar yuborib, masalaning sharʼiyligini aniqlashga harakat qilar va uning huquqiy yechimini topish maqsadida buyuk ulamo-yu mujtahidlarning asarlarini yuborishni iltimos qilar edi. Mazkur huquqiy muammoni bartaraf etishga imkon beruvchi huquq manbalarini olib kelish amir tomonidan ikki elchilikka topshirilgan edi. XULOSA. XVIII-asrning so’nggi choragidan boshlab to XIX-asrning oxirigacha bo’lgan davrda Buxoro amirligining tashqi siyosati uchun muhim bo’lgan Eron davlati savdo va diplomatik munosabatlarga yangicha o’zgarishlarni kiritgan. Bu diplomatiya ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’lgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Alimova R. R.. Oʻrta Osiyo xonliklarining qoʻshni davlatlar bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari (XVI—XX asr boshlari rus tarixshunosligi va manbalari asosida. Toshkent: Toshkent davlat sha

Доказательный фрагмент

«В статьях Ушбы рассматриваются торговые и дипломатические отношения Бухарского эмирата через Среднеазиатское ханство в конце XIX века.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статьях Ушбы рассматриваются торговые и дипломатические отношения Бухарского эмирата через Среднеазиатское ханство в конце XIX века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara, Russia, Marv, Amir Nasrullah, Iran, Joseph Wolff, Buxoro, Subhonqulibek, Rossiya, Eron, Amir Nasrullo, Buyuk Britaniya. Buxoro amirligi tashqi siyosati tarixida Eron davlati oʻrtasidagi diplomatik aloqalar ham muhim oʻrin tutgan. Manbalarda Eron davlati bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashda Amir Nasrullohning faoliyati alohida koʻrsatib oʻtilgan.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники