К содержанию
РецензированоUZ2026

“ZARBULMASAL” ASARIDA HAYVONLAR OBRAZI VA UMUMINSONIY G‘OYALAR TIG‘IZLIGI

UMUMINSONIY G‘OYALAR TIG‘IZLIGI · Karjavuv G‘olib Azamat o‘g‘li · Yodgor po‘stindo‘z singari kishilarning

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan. Unda xonliklar davri tarixi va o‘tmishi ya’ni o‘sha davrning muammolari masallar asosida ochib berilgan. Insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar hayvonlarga majoziy tarzda ko‘chirilib, ular o‘rtasidagi munosabat asosida o‘sha davrda jamiyatning qanchalik qoloq ahvolda ekanligi ko‘rsatilgan. Asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, bosh syujet yo‘li, tarkibi, tili, uslubiy xususiyatlari haqida ma‘lum tasavvur hosil qilinadi. Kalit so‘zlar: asar, sujet, mazmun, fikr, xarakter, qahramon, moziy, dialog “Zarbulmasal” asarining janr xusususiyati murakkabligi, uni na hikoya, na qissa, na masal, na hajviya deb alohida olingan biror adabiy janr qolipiga sig‘dirib bo‘lmasligining o‘zi asarning betakror belgisidir. Asarda bu janr turlarining har biriga xos xususiyatlar, ifoda yo‘llari (nasr, nazm, saj) aralashgan, qorishgan holda tiniq bir umumiy ohang yaratadi. “Zarbulmasal” asari – maqsadni majoz yo‘li bilan ifodalashga qaratilgan hikoyatdir. Undagi majoz oddiy majoz emas, ko‘p qavatli murakkab majozdir. Insonlar timsoli o‘rnida qushlarning harakatda bo‘lishi birinchi majoz bo‘lsa, ular tilidan Xolvoqi Misgar, Yodgor po‘stindo‘z singari kishilarning, Tuya, Chayon, Maymun, Sangpo‘sht (Toshbaqa) singari hayvon-hasharot timsollarining har xil naql-rivoyatlar keltirib so‘z yuritishi – ikkinchi majoz, bu timsollar nutqida keltirilgan ifodalarning ko‘chma ma’nolari – yana bir majoz – majoz ichidagi majoz hisoblanadi. Asarning g‘oyaviy mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, kichik hajmli bu asarning mazmuni shu qadar keng ko‘lamliki, uni mazmun-mohiyati tushunib o‘qigan kishi ma’naviy ozuqa oladi. Gulxaniy bu asarni yozishga kirishgan paytda Qo‘qon xonligini uzoq vaqt qiynab kelgan bir siyosiy jumboq – O‘ratepa masalasi endigina o‘z yechimini topgan, Qo‘qondagi hukmdor toifalar O‘ratepani o‘ziga qaratib olib o‘zlarini g‘olib hisoblab, Qo‘qon xonligini Buxoro amirligidan ustun ko‘rayotgan yillar edi. Buxoro bilan Qo‘qon xonliklari orasida bir tomoni Xo‘jand, ikkinchi tomoni Jizzaxgacha tutashgan O‘ratepa bekligi mavjud bo‘lib, bu beklik, tarixiy an’analarga ko‘ra, mustaqil davlat huquqi uchun kurashib kelar, xonlar esa strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu viloyatni bo‘ysundirish 17 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference uchun tinimsiz kurash olib borardilar. O‘ratepa bekligi mustaqillikni bir muncha vaqt saqlab qolishga erishgan bo‘lsa ham, ko‘proq Buxoro izmida qolishga izmida qolishga majbur edi. Qoqon xonligi markazlashib olganidan keyin Olimxon va Umarxonlar davrida O‘ratepani bo‘ysundirish uchun kurash boshlanadi. XIX asrning birinchi choragida Qo‘qon xonlarining O‘ratepa uchun Buxoroga qarshi 20 martadan ortiq yurish qilgani tarixdan ma’lum. O‘ratepa qo‘rg‘oni Amir Umarxonning 1817-yilgi yurishlaridan birida qo‘lga kiritiladi. Biroq undan keyin ham bu yerda tinchlik bo‘lmaydi. “Zarbulmasal”da Qoqon – O‘ratepa-Buxoro munosabatlariga doir ana shu tarixiy holat-siyosiy inqirozlar davri o‘z ifodasini topgan. O‘zaro urushlar tufayli har ikki xonlikdagi ahvol bir- biridan og‘ir ekanini yaxshi ko‘rib turgan chog‘ida ham adibimizning o‘z xonligi yutuqlaridan, ayniqsa, uning hududi kengayganidan faxrlanmay qolishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham asarda obrazlar tilidan Umarxon davrida mamlakat obod bo‘ldi, yangi shahar andozasida yurtlar bino bo‘ldi, bu yerdan boyqushbop vayronalar topilmaydi deb mubolag‘a qilinadi. Buxoro haqida esa aksincha holni ko‘ramiz. Ko‘rqush tilidan hikoya qilinishicha, Buxoro amirligiga qarashli yurtlar (O‘ratepa atrofi) Umarxonning bir yurishi bilan vayronaga aylanib ketgan. Agar Boyo‘g‘li rozi bo‘lsa, qizining qalini uchun tilagan ming chordevorni Buxoro hududidan sanab berishi mumkin. Buxoroning bir tumanidan chordevor – “Chordevor (to‘rt devor)”emas, “Hashtdevor (sakkiz devor)” desa ham topiladi deyiladi. Boyo‘g‘li vakilning roziligi bilan kuyov tomon qizning qalini deb Urgutdan boshlab Yangiqo‘rg‘on, Rabot, Pushog‘ar, Eski Sabot, Mo‘g‘ul, Chakan, Firuz, Nishopur, Shahriston, Beshsaroy, Dehliyon, Itarchi, Mujun, Mang‘it, Kenagas, Yangiariq, G‘onchi, G‘azondarak, Xrak, Xoja Tohir, Yaxoja Tohir, Yaxdon, Qizili, Kurkat, Bekobod, Xayrobodgacha bo‘lgan vayrona yurtlarni solib beradi. Yig‘inda o‘tirgan qushlarning hammasi Yapaloqqush vakilining mardligiga qoyil qolib turgan bir paytda qiz tomonning vakili Xayrobodga nisbatan e’tiroz bildirib qoladi. Sababi – “daryoga yovuq(yaqin)dir, Boyo‘g‘li xalqi suvdin e’tiroz etar, muni o‘rnig‘a Mug‘ni soling”, deydi. “Mug‘”dan bu yerda O‘ratepa ichidagi qal’a – Mug‘tepa, ya’ni O‘ratepaning o‘zi ko‘zda tutilyapti. “Xayrobodning o‘rniga Mug‘ni soling!” deyish bilan “Xayrobodning o‘rniga O‘ratepani bering!” demoqchi. Ayni o‘sha tarixiy – siyosiy vaziyat nuqtayi nazaridan qaraganda, bu gapda qanchalik tagdor mazmun borligini tushunish qiyin emas. Ushbu talab oldida kuyov vakili Ko‘rqush: “Shoshmang, Mug‘ egasini mug‘ atvorlig‘i

Доказательный фрагмент

«Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qahramon, mazmun, xarakter, dialog, sujet, moziy, fikr, asar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники