Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“AMUDARYODA OY PORLAYDI” ASARI HAQIDA SO‘Z
Luo Xin · Muallif. Pekin Unversiteti professori. · Hebibullo Tursun
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article provides an explanation and summary of the work written by historian Luo Xin about his visit to Central Asia, especially Uzbekistan. Based on historical and scientific sources, the work talks about the extent to which inter-ethnic relations, culture and art, and trade relations, which have developed since ancient times, have generalized and influenced each other. Key words: History, civilization, travel, Amudarya, teaching, calligraphy, dynasty, thought. НЕСКОЛЬКО СЛОВ О ПРОИЗВЕДЕНИИ «ЛУНА СВЕТИТ НАД АМУДАРЬЕЙ» Аннотация. В этой статье представлены объяснение и краткое изложение работы историка Ло Синя о его визите в Среднюю Азию, особенно в Узбекистан. На основе исторических и научных источников в работе говорится о том, в какой степени межнациональные отношения, культура и искусство, торговые связи, развивавшиеся с древнейших времен, обобщили и повлияли друг на друга. Ключевые слова: История, цивилизация, путешествия, Амударья, учение, каллиграфия, династия, мысль. 742 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Muallif haqida Professor, tarixchi, manbashunos Luo Xin 1963 yilda Xitoyning Xubey shahrida tug‘ilgan, Xitoyning Pekin universitetining Qadimgi Xitoy tarixi bo‘limining professori. Uning professional tadqiqot yo‘nalishlari Vey, Jin, Janubiy va Shimoliy qabilalarda hukmronlik qilgan sulolalar va qadimgi Xitoy xalqlari tarixini o‘rganishdan iborat. Uning durdona asarlarida Xitoy tarixining naqadar ulug‘ va qudratli Davlat ekanligini guvohi bo‘lamiz. Tarixchi va muallif Luo Xin o‘z asarlarida Buyuk Ipak yo‘li sarxadlarida ma’lum bo‘lgan va shuxrat qozongan, keng o‘rin tutgan davlatlarga o‘zi sayohat qilib, o‘zi tashrif buyurgan manzillar tarixi, madaniyati va tilini o‘rganishga harakat qilgan. Va bu taassurotlari asosida juda ham ko‘p ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar yozgan. Uning durdona asarlari: “O‘rta asrlarda Shimoliy qabila nomlari bo‘yicha tadqiqotlar” (2009), “Shimoliy Vey sulolasining qora kigizdagi imperatori” (2014, 2022), Dadudan Xanadugacha: qadimiy yo‘lda Xitoyni qadimiy yo‘lda qayta kashf qilish” (2018) va “Hech narsa qilmagan isyonchi” (2019). Muallifning asarlarini o‘qib Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasida O‘rta Osiyo davlatlari xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘onistonning o‘rni naqadar muhim bo‘lganini, madaniyat va san’at, tarix taraqqiyotining ko‘rinishlariga guvoh bo‘lamiz. Pekin universitetining professori, tarixchi olim va manbashunos Luo Xin tomonidan yozilgan “Amudaryoda oy porlaydi” asari ham juda nufuzli va mashhur asarlardan biridir. Bu asar birinchi marta 2023 yil yanvar oyida nashr etilgan. Muallif “Amudaryoda oy porlaydi” asarida o‘zining O‘zbekiston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Eron, AQSh, Pasxa oroli va dunyoning boshqa mamlakatlariga qilgan sayohatlari va sayohatlar asosida egallagan bilimlari bilan o‘quvchi qalbiga kirib boradi. Aniqlik va faktlar bu asr nufuzini yanada yuksaltirgan. Kitobxonlar sayohatchilar va tarixchilar shaxsiyatlarining bir- biriga mos kelishi va uyg‘unlashishiga guvoh bo‘lishadi: Luo Xin hozirgi dunyoda o‘tmish izlarini kashf etadi, kundalik tafsilotlardan buyuk tarixga kiradi, o‘quvchilarni har bir tarixiy sahnaga 743 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 o‘ziga xos nuqtai nazardan jalb qiladi. Muallif o‘zining xolis fikri va iliq munosabati bilan sivilizatsiyaga shaxsiy munosabatlarini bildirgan. Ushbu kitob o‘nta bobdan iborat bo‘lib, unda boy idrok tafsilotlari va o‘tkir akademik tafakkur mavjud. “Tog‘laru dengizlarni zabt etib…” deb nomlangan bob muallifning Erondagi sayohatiga bag‘ishlanadai. Eron xalqining madaniyati, an’anaviy va xalq musiqasi va she’riyat orqali fors adabiyotini chuqurroq anglash tajribasi haqida yozadi; "Pasxa orolida quyosh chiqishini tomosha qilish" bobida esa Pasxa orolidagi ulkan tosh yodgorliklari orqali inson sivilizatsiyasi va tabiiy ekologiya o‘rtasidagi interaktiv munosabatlar haqida gapiradi; “Amudaryoda oy porlaydi” asarining navbatdagi bobi "Cho‘l" deb nomlanadi va bu muallifning Amerika Qo‘shma Shtatlardagi sayohatiga bag‘ishlanadi. Asarning ushbu bobi kitobxonni Safar chog‘ida Tinch ummonidagi bir haftalik sarguzashtlar haqidagi qiziqarli voqeylikka taklif etadi. Asardagi keyingi bob pedagog va tarjimon Ding Veyliang va uning oilasi tarixiga bag‘ishlanadi va bu bob “Ding Veyliang Indianada” deb nomlanadi. Asarning bizga yaqin va sevimli bo‘lgan qismi asar muallifining O‘zbekistonga tashrifi va sayohati haqidagi bobdir. “O‘zbekistonga ilk tashrifim haqida qisqacha eslatmalar” bobida sayoxatchining Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi, taassurotlari, Termiz shahridagi qadimiy vayronalarni tekshirish natijasida yuzaga kelgan ekspeditsiya tajribalari bayon etiladi. “Samarqand qadimiy qog‘ozi” risolasida Samarqanddagi qog‘oz ishlab-chiqarish tajribasi haqida yozadi, Samarqand qadimiy arxitekturasi,ya’ni, Registon mo‘jizasi haqidagi ko‘xna rivoyatlar va zamonaviy voqelikning mushtarak fikrlarini ochib beradi. Xorazm sari qadam bosganda esa, bu
Доказательный фрагмент
«This article provides an explanation and summary of the work written by historian Luo Xin about his visit to Central Asia, especially Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an explanation and summary of the work written by historian Luo Xin about his visit to Central Asia, especially Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- History, civilization, travel, Amudarya, teaching, calligraphy, dynasty, thought, sayoxat, xattot, Tarix, tafakkur, ta’limot, sulola, Amudaryo, sivilizatsiya, tamaddun.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025