Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
BARGLARNING MORFOLOGIK TUZULISHI VA XILLARI
Begaliyeva Muslimaxon Davronbek qizi · Karimova Mehribonu Otabek qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, their types, and modifications. It covers the shape, arrangement, and adaptation of leaves to different climates, as well as their unique functions. The article also explains the role of leaves in plant life, including photosynthesis, gas exchange, and transpiration processes. Аннотация: В статье рассматриваются морфологическое и анатомическое строение листьев, их виды и изменения. Описание включает форму, расположение и адаптацию листьев к различным климатам, а также их уникальные функции. Также объясняется роль листьев в жизни растений, включая фотосинтез, газообмен и транспирацию. Keywords: Leaf structure, Photosynthesis, Gas exchange, Transpiration, Vascular bundles, Climate adaptation, Protective thorns, Storage leaves, Stoma, Plant structure Ключевые слова: Строение листьев, Фотосинтез, Газообмен, Транспирация, Сосудистые пучки, Адаптация к климату, Защитные шипы, Листья-сховища, Продыхи, Строение растения. Barg o‘simlikning asosiy vegetativ organlaridan biri bo‘lib, unda fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi jarayonlari amalga oshadi. Barglarning tuzilishi morfologik va anatomik jihatdan farqlanadi. Morfologik tuzilishi: 1. Barg plastinkasi: Bargning asosiy qismi bo‘lib, keng yoki ingichka, turli shakl va o‘lchamda bo‘ladi. Barg plastinkasi silliq, tishsimon, yoki bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lishi mumkin. Shakliga qarab sodda (birlamchi) va murakkab (bir necha bargchadan tashkil topgan) barglar farqlanadi. 2. Barg bandi: Barg plastinkasini poyaga biriktiruvchi qismdir. Ba’zi o‘simliklarda barg bandi yo‘q bo‘lib, ular o‘rnashtiruvchi (sessil) barglar hisoblanadi. 3. Barg asoslari: Barg bandining poyaga birikkan qismi. Ayrim o‘simliklarda barg asoslari kengayib, qobiqsimon shakl hosil qiladi. 4. Barg joylashuvi: Navbatlashgan: Har bir tugunda bitta barg. Qarshilashgan: Tugunda ikki barg. Halqasimon: Tugunda uch yoki undan ortiq barglar joylashgan. Bargning anatomik tuzilishi ichki tuzilishini o‘rganadi. Barg kesmasida uchta asosiy qavat ajratiladi: epidermis, mezofil va tomirlar. 1. Epidermis: Bargning tashqi qavati bo‘lib, yuqori va pastki epidermisdan iborat. Hujayralari shaffof, odatda xloroplastlarsiz. Stomalari (og‘izchalar) pastki epidermisda joylashadi va gaz almashinuvi hamda transpiratsiyada ishtirok etadi. Epidermisni qoplaydigan kutikula himoya funksiyasini bajaradi. 2. Mezofil: Epidermis ostida joylashgan asosiy to‘qima. Ikki turga bo‘linadi: Ustki qavat (palizada to‘qima): Uzunchoq, zich joylashgan xloroplastlarga boy hujayralardan tashkil topgan. Pastki qavat (gubkasimon to‘qima): Kamroq zich joylashgan va hujayralar orasida havo bo‘shliqlari mavjud. 3. Tomirlar (nervlar): Tomirlar bargda tarqalgan bo‘lib, suv va oziq moddalarning tashilishini ta’minlaydi. Ksilema: Suv va mineral moddalarni tashiydi. Floema: Organik moddalarni (asosan, fotosintez mahsulotlarini) tashiydi. Tomirlarning joylashuvi bo‘yicha bargning qovurg‘a turlari ajratiladi: Paralel: Asosan bir urug‘pallalilarda. To‘r shaklida: Ikkilamchi urug‘pallalilarda uchraydi. Barglarning turlari: 1. Shakliga qarab: Yoyilma (tut, 89 qayin). Igna (qarag‘ay, archa). Nish (bug‘doy). 2. Plastinkasining bo‘linishiga qarab: Sodda: Barg plastinkasi butun (olma, tut). Murakkab: Bir nechta bargchadan iborat (no‘xat, beda). 3. Vazifasiga qarab: Fotosintezlovchi: Asosiy vazifa. Himoya qiluvchi: Tukchali yoki qattiqlashgan (kaktus). Zahira yig‘uvchi: Sho‘ra o‘simliklarida uchraydi. Barglar poya yoki novdalarda turlicha joylashishi mumkin: 1. Yakka joylashgan (navbatlashgan): Har bir tugunda faqat bitta barg bo‘ladi (masalan, makkajo‘xori, terak). 2. Qarshilashgan: Tugunda ikki barg bir-biriga qarama-qarshi joylashgan (jasmin, yalpiz). 3. Halqasimon: Tugunda uch yoki undan ortiq barglar halqa shaklida joylashgan (ponzabarg, qichitqi). Barglarning qovurg‘a turlariga qarab xillari: Barg ichida joylashgan tomirlarning tarqalishiga ko‘ra: 1. Paralel qovurg‘ali: Tomirlar bir-biriga parallel joylashgan (g‘alla o‘simliklari, masalan, bug‘doy). 2. Yoy shaklida qovurg‘ali: Tomirlar barg plastinkasi bo‘ylab yoy shaklida tarqalgan (masalan, sholi). 3. To‘r qovurg‘ali: Tomirlar to‘r shaklida joylashgan (masalan, olma, terak). Barglarning o‘ziga xos o‘zgarishlari (metamorfozlari): Ba’zi o‘simliklarda barglarning shakli yoki vazifasi o‘zgaradi: 1. Tikanlar: Himoya vazifasini bajaradi (masalan, kaktus, jiyda). 2. Moybo‘yinlar: Tirgak sifatida ishlatiladi (masalan, uzum, no‘xat). 3. Zahira to‘plovchi barglar: Zahira suv yoki oziq moddalarni yig‘adi (masalan, piyoz, aloe). 4. Ovchi barglar: Ozuqa moddalari yetishmovchiligida hasharotlarni tutib hazm qiladi (masalan, xanjarsimon barg). Iqlim sharoitiga moslashgan barg turlari: Barglarning shakli va tuzilishi o‘simlik yashaydigan muhitga moslashadi: 1. Nam iqlimga moslashgan barglar: Katta va yupqa plastinkali (masalan, banan). 2. Quruq iqlimga moslashgan barglar: Kichik yoki tikan shaklidagi barglar, qalin kutikulaga ega (masalan, k
Доказательный фрагмент
«This article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, their types, and modifications.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, their types, and modifications. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Leaf structure, Photosynthesis, Gas exchange, Transpiration, Vascular, Stoma, Защитные шипы, Строение листьев, Листья-сховища, Продыхи, Газообмен, Plant structure, Фотосинтез, Транспирация, Сосудистые пучки, Vascular bundles, Строение растения., Storage leaves, Climate adaptation, Адаптация к климату, Protective thorns
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026