Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
KIMYO FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNALOGIYALARINING AHAMIYATI
Sotiboldiyev Akramjon Akbarali o`g`li
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarga kimyo fanini zamonaviy ta’lim bilan bog’lab o’qitishda STEAM ta’lim yondashuv texnalogiyasining ta’rifi va ushbu ta’lim texnalogiyasi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg’unlikda o’qitish metodikasi yoritib berilgan. KALIT SO’ZLAR. STEAM, kimyo,ta’lim, tabiiy fanlar, texnalogiya, innovatsion yondashuv, muammoli usullar, hayotiy vaziyat. Xalq ta’lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishning eng muhim sharti hisoblanadi. Yoshlarimizning bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan bir qancha ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlar ishlab chiqildi 2020-yil 12-avgust PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzliksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorlar, hamda boshqa me’yoriy –xuquqiy xujjatlarda ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda, ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylar oldiga bir qancha vazifalar qo’yilgan. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik o’qitish texnalogiyalarni va faol metodlarni qo’llash orqali o’quvchilarda: ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son farmonida, innovatsion ta’lim jarayoniga o’tish, zamonaviy kadrlarga bo’lgan ehtiyojni inobatga olgan holda STEAM pedagogika asoslarini o’zlashtirishda, ta’lim beruvchilarda yangi kasbiy kompetensiyalarni, zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi bir qancha masalalar vazifa qilib olindi. Bugungi kunda kimyo fanini boshlang’ich bosqichda o’rganishning nazariy darajasining ortishi bilan mantiqiy fikrlashning yetarli darajada emasligi, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishining pasayishiga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun o’quvchilarda kimyoviy moddalardan foydalanish madaniyatini, ushbu moddalardan notanish va tanish bo’lgan vaziyatlarda ongli va xavfsiz ravishda foydalanishni, ehtiyot choralarini, yashash muhitdagi ekalogik me’yorlar va xatti-harakat qoidalarini shakllantirish zarurati, kimyo fanining asosiy vazifalaridan biridir. Xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan. 126 Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta’lim ishtirokchilari-pedagoglar, metodistlar, o’quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta’lim sifati yo’nalishida o’tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo’llash uchun malakalarga ega bo’lishlari zarur bo’ladi. O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun an’anaviy o’qitish jarayonidan farqli ravishda ta’lim va hayot tamoyili asosida zamonaviy ta’lim texnalogiyalarini qo’llab o’qitish, ta’lim sifat samaradorligini oshishiga, samarali natijalarga erishishga yordam beradi. STEAM ta’lim texnalogiyasi asosida o’qitish jarayonida o’qitishni hayot bilan bog’lash tamoyili to’liqroq amalga oshirilsa, o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish uyg’onadi, o’qitish samaradorligi oshadi, o’z hayoti davomida ro’y beradigan kimyoviy hodisalarni to’liq anglay oladi. Sodir bo’lgan jarayonlar haqida mustaqil izlanadi va fikr bildira oladi. Ushbu STEAM ta’limida ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini o’rganish va innovatsion ko’nikmalari rivojlantiriladi. Darslarda berilgan topshiriqlarga asoslanib loyihani ishlab chiqish va uni STEAM asosiy tamoyillari bilan bog’lash muammolari rag’batlantirildi. Bu ta’lim yondashuvida dizayn va san’at ham o’z o’rnini topgan. Yuqorilardan kelib chiqib,ushbu loyiha ishi o’quvchilarda hamkorlikda guruh bilan ishlash qobiliyati shakllanib, o’zaro do’stona munosabat rivojlanadi. STEAM ta’lim tizimi hozirda kimyo fanini hayot bilan bog’lab o’qitishda har tomonlama qulay bo’layotganini ko’rishimiz mumkin. Bu loyihadan so’ng, ularda boshqa shunga o’xshash loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyati paydo bo’ladi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarga kimyo fanini zamonaviy ta’lim bilan bog’lab o’qitishda STEAM ta’lim yondashuv texnalogiyasining ta’rifi va ushbu ta’lim texnalogiyasi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim oluvchilarga kimyo fanini zamonaviy ta’lim bilan bog’lab o’qitishda STEAM ta’lim yondashuv texnalogiyasining ta’rifi va ushbu ta’lim texnalogiyasi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion yondashuv, hayotiy vaziyat., ta’lim, tabiiy fanlar, kimyo, STEAM, muammoli usullar, texnalogiya
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026