Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
BARGLARNING MORFOLOGIK ANATOMIK TUZULISHI VA XILLARI
Odiljonova Dilnoza G’anijon qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, as well as their ecological role. It analyzes the functions of leaves, such as photosynthesis, transpiration, and gas exchange. The article also describes how leaves adapt to various ecological conditions and their importance in plant life. Аннотация: В статье рассматриваются морфологическое и анатомическое строение листьев, а также их экологическая роль. Анализируются функции листьев, такие как фотосинтез, транспирация и газообмен. Также описывается, как листья адаптируются к различным экологическим условиям и их значение в жизни растений. Kalit so’zlar: Barglar, morfologiya, anatomiya, ekologik rol, fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinuvi, moslashuv, o‘simliklar, ekologik sharoitlar, yashash muhiti, o‘simlik ekologiyasi, modifikatsiyalar, zaxira organlari, global isish. Key words: Leaves, morphology, anatomy, ecological role, photosynthesis, transpiration, gas exchange, adaptation, plants, ecological conditions, habitat, plant ecology, modifications, storage organs, global warming. Ключевые слова: Листья, морфология, анатомия, экологическая роль, фотосинтез, транспирация, газообмен, адаптация, растения, экологические условия, среда обитания, экология растений, модификации, запасные органы, глобальное потепление. Barg – o‘simliklarning asosiy organlaridan biri bo‘lib, u fotosintez, nafas olish va transpiratsiya (bug‘lanish) jarayonlarida ishtirok etadi. Barg uch qismdan iborat: 1. Barg bandi: Bargni poyaga biriktiradi. Egiluvchan bo‘lib, bargning harakatlanishini osonlashtiradi. Ba’zi o‘simliklarda barg bandi yo‘q (barg bandisiz barglar). 2.Barg plastinkasi: Bargning asosiy qismi. Fotosintez, nafas olish va transpiratsiya bu qismda amalga oshadi. Shakli xilma-xil: yumaloq, cho‘zilgan, uzun yoki yelka shaklida bo‘lishi mumkin. Tomir tizimi: Pardoz tomirlilar – tomirlari parallel yoki qator. Ikki pallalilar – tomirlari to‘r shaklida. 3. Barg asoslari: Bargni poyaga mahkam bog‘laydi. Ba’zan barg asoslari kengayib, qin hosil qiladi (masalan, bug‘doyda). Bargning ichki tuzilishi uch asosiy qatlamdan iborat: 1. Teri to‘qimasi (epidermis):Bargni tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi. Yuzasida kutikula qatlami bo‘lib, u bug‘lanishni nazorat qiladi. Stomalar (tirqish hujayralari) orqali gaz almashinuvi amalga oshadi. 2. Assimilyatsiya to‘qimasi (mezofil): Bargning ichki qismi. Palisada (ustuncha) va g‘ovakli to‘qimalardan iborat. Xloroplastlar ko‘p bo‘lib, fotosintez jarayonida ishtirok etadi. 3. Tomirlar (o‘tkazuvchi to‘qima): Suv va mineral moddalarning o‘tishini ta’minlaydi. Tomirlar ksilema (suv va tuzlarni tashiydi) va floema (organik moddalarning harakatini ta’minlaydi) dan iborat. 40 Barglarning xillari. Barglar shakli, tuzilishi va funksiyasiga qarab bir necha turga bo‘linadi: 1. Bargning joylashishiga ko‘ra: Yakkama-yakka – poyada bitta barg (masalan, jo‘xori). Qarama-qarshi – ikkita barg poyaning har ikki tomonida joylashadi (masalan, yalpiz). Halqasimon – bir tugunda bir nechta barglar (masalan, qirqbo‘g‘im). 2. Barg plastinkasining tuzilishiga ko‘ra: Oddiy barglar – plastinkasi bir butun (masalan, olma). Murakkab barglar – plastinkasi bo‘laklarga bo‘lingan (masalan, shuvoq). 3. Tomir tizimiga ko‘ra: Parallel tomirli – masalan, bug‘doy, makkajo‘xori. To‘r tomirli – masalan, olma, yong‘oq. 4. Iqlim sharoitiga moslashuviga ko‘ra: Kserofitlar – quruq sharoitda yashovchi o‘simliklarning qalin, kichik yoki tikanli barglari (kaktus). Gidrofitlar – suvda yashovchi o‘simliklarning yupqa va keng barglari (nilufar). Mezofitlar – o‘rtacha namlik sharoitida yashovchi o‘simliklar (bug‘doy). Barglarning xilma-xilligi o‘simliklarning yashash joyi va ekologik sharoitiga moslashganligini ko‘rsatadi. Barglarning rivojlanish shakllari va moslashuv xususiyatlari. Rivojlanish shakllari: 1. Primordial (boshlang‘ich): Barg kurtakdan rivojlanadi. Bu jarayon o‘simlikning vegetativ rivojlanish davrida boshlanadi. Barg kurtaklarida dastlabki to‘qimalar paydo bo‘lib, ular asta- sekin to‘liq shakllangan bargga aylanadi. 2. O‘sish va shakllanish: Barg hujayralarining bo‘linishi va kengayishi tufayli hajmi kattalashadi. Tomirlar va plastinkalar shakllanib, asosiy funksiyalar bajarishga tayyor bo‘ladi. 3. To‘liq rivojlanish: Barg fotosintez, transpiratsiya va nafas olish jarayonlariga moslashadi. Ba’zan, vegetatsiya oxirida barg qisman qurib, o‘simlikdan ajralib tushadi (barg to‘kilishi). O‘simliklarning yashash muhitiga moslashishida barglarning maxsus shakllari va tuzilmalari muhim rol o‘ynaydi: 1. Suvli joylardagi o‘simliklar (gidrofitlar): Barglar yupqa, keng va odatda suzuvchi bo‘ladi (masalan, nilufar). Stomalar faqat yuqori epidermisda joylashgan. 2. Quruq joylardagi o‘simliklar (kserofitlar): Barglar kichrayib, qalinlashgan yoki tikan shakliga kirgan (masalan, kaktus). Qalin kutikula va oz sonli stomalar bug‘lanishni kamaytiradi. 3. Yorug‘lik sharoitiga moslashuv: Yorug‘lik yetarli joylarda barglar keng, yupqa va och yashil rangda bo‘ladi. Yorug‘li
Доказательный фрагмент
«This article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, as well as their ecological role.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the morphological and anatomical structure of leaves, as well as their ecological role. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Leaves, morphology, anatomy, ecological role, photosynthesis, yashash muhiti, anatomiya, transpiratsiya, modifikatsiyalar, global isish., gaz almashinuvi, ekologik sharoitlar, o‘simliklar, ekologik rol, moslashuv, fotosintez, o‘simlik ekologiyasi, Barglar, morfologiya, zaxira organlari
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026