К содержанию
РецензированоUZ2026

ZIRKDOSHLAR OILASI SISTEMATIKASI, O`ZIGA XOS BELGILARI, ASOSIY VAKILLARI VA ULARNING XALQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI

Xolmatova Sarvinoz

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides information on the systematics of the zirkdash family, its characteristics, main representatives and their importance in the national economy. Key words: zirk, berberine, alkaloid, bergen, kashqar, karakand. Zirkdoshlar (Berberidaceae) - oilasi magnoliyasimonlar sinfiga mansub, koʻp yillik oʻt, buta yoki daraxtlarni o`z ichiga oladi. Yer yuzida 14 turkumga mansub 650 turi bor. Ular asosan, Shimoliy yarim sharning moʻtadil hududlarida oʻsadi. Yovvoyi holdagi zirklar Yevropa, Oʻrta Osiyo hamda Uzoq Sharq hududlarida keng tarqalgan. Barglari teskari tuxumsimon, choʻzinchoq, oʻtmas, chetlari biroz tishli yoki tekis, ularning uzunligi 2-6 sm keladi. Barglari qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Zirkning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha 4-5 qator boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik zirkning gulida tojbarg bilan changchisi orasida shiradon boʻladi. Ayrim vakillarida changchilar orasida staminodilar ham uchraydi. Gullari sariq rangda boʻlib, gul shingili shoxlangan, rovaksimon. Guli sariq, qoʻsh gulqoʻrgʻonli, shingilga toʻplangan. Mevasi rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Mevasi qoramtir-binafsha rangda boʻlib, ellipsimon koʻrinishga ega. Oʻzbekistonda 4 turkumga mansub 12 turi oʻsadi. Zirk (Berberis vulgaris L.), qoraqand — zirkdoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Qora zirk (qoraqand) - zirkdoshlar oilasiga mansub boʻlib, boʻyi 4 metrgacha boradigan sershox buta. Oʻsimlikning eski shoxlarning kulrang, yosh novdalari qoʻngʻir boʻladi. Tikanlari uch boʻlakli. Oʻsimlik may oyida gullab, iyun-iyul oylarida pishadi. Ular dengiz sathidan 1800 m balandlikgacha mintaqalarda oʻsadi. Qora zirk tabiiy holda respublikamizning Toshkent, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining togʻli hududlarida, soy boʻylarida toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Zirkning berberis integerrima bunge, berberis nummularia bunge, gymnospermium albertii (Regel) takht, leontice everesmannii bunge nomlarini xalq tilida qashqar, bergen, qizil, tugma, qoraqand deb atashadi. Zirk vakillarining salomatlik uchun foydali neʼmat ekanligi juda qadim zamonlardan maʼlum. Ossuriya shoxi Ashshurbanipalning shaxsiy qiroatxonasida saqlanuvchi, bundan 2670-yil muqaddam sopol taxtachalarga yozilgan kitoblarga qaraganda, zirk "Qonni pokizalovchi" omil sifatida qadrlangan. Uning shifobaxsh xususiyatlaridan qadimiy Misr, Hindiston tabiblari tadbirkorlik bilan foydalanishgan 56 Abu Ali ibn Sino zirkni chanqoq qoldiruvchi, yurakka quvvat beruvchi hamda jigar kasalliklariga davo sifatida ishlatgan. Qora zirk mevalari xalq tabobatida asab faoliyati sustlashganda, oshqozon-ichak, sariq kasalliklarini, hafaqonlikni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari undan haroratni pasaytiruvchi, ishtaha uygʻotuvchi, oʻt haydovchi, yalligʻlanishgaa qarshi vosita sifatida ham foydalaniladi. Xalq tabobatida zirk ildizidan tayyorlangan qaynatma (poʻsti ajratilganda) bezgak va bodning davosi hisoblanadi. Bu qaynatma xalq tilida "qiyomi zirk" deb atalib, uning suyuqlashtirilgani bilan ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarida chayqash tavsiya etiladi. Oʻsimlik barglarining suvli damlamasi bezgak asorati boʻlgan taloq shishida hamda jigar kasalliklarida ishlatilsa, ildiz poʻstloqlarining damlamasi oʻtdagi tosh, sariq, buyrak ogʻrigʻi, bod kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Zirk mevalari ziravor sifatida keng koʻlamda qoʻllanadi. Uning mevalaridan murabbo tayyorlanadi. Oʻsimlik boʻyoqchilik sanoatida ham katta ahamiyatga ega. Uning ildiz va tanasidan junlarni boʻyash uchun sariq boʻyoq olinadi. Mevasidagi qizil rang esa jun matolarini boʻyash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Zirkning poyasi och sariq rangda boʻlib, juda qattiq, mustahkam. Hind duradgorlari undan nafis buyumlar va mebellar yasashda foydalanadilar. Zirk gullaridan asal shirasi bor, ular oʻzidan koʻplab nektar ajratadi, ayniqsa, iliq va nam havoda olingan asali xushboʻy boʻladi. Zirk manzarali oʻsimlik sifatida ham qadrlanadi. Uning murgʻak novdalari, yashil barglari, tillarang gullari bahorda oʻzgacha dilbarlik kashf etadi. Zirkni isteʼmol qilish ayollarga klimaks va koʻzi yorigandan keyingi chilla kunlarida, muskullar faolligini oshirishini inobatga olib, homilador hamda emizikli ayollarga ham uni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi. Oʻt pufagida tosh, jigar sirrozi, sariq kasalligida, uni isteʼmol qilish yoqmaydigan ayrim shaxsiy holatlarda, shuningdek, 12 yoshga toʻlmagan bolalar isteʼmol qilishi maslakat berilmaydi. Yana shuni bilib qoʻyish kerakki, zirkning hali pishib yetilmagan koʻk mevasi zaharli boʻlganidan uni isteʼmol qilish aslo mumkin emas. Zirkdoshlar oilasining vakillari adir va tog`-adir mintaqalarida ko`p tarqalgan. Xulosa qilib aytganda, zirkdoshlar oilasining vakillari inson hayotiga , sanoat mahsulotlari sifatida , xalq xoʻjaligida juda katta ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«This thesis provides information on the systematics of the zirkdash family, its characteristics, main representatives and their importance in the national economy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides information on the systematics of the zirkdash family, its characteristics, main representatives and their importance in the national economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zirk, berberine, alkaloid, bergen, kashqar, karakand
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники