К содержанию
РецензированоRU2026

GULLI O’SIMLIKLAR URUG’INING TUZULISHI

Kozimov Jahongir Farxodjon og’li

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article explains the structure of flowering plant seeds, their main parts, and functions. It also describes the germination process and factors affecting it. Ecological adaptations and the biological significance of seeds are highlighted as well. Аннотация: В данной статье рассматривается строение семян цветковых растений, их основные части и функции. Также описан процесс прорастания и факторы, влияющие на него. Освещены экологические адаптации и биологическое значение семян. Key words: Seed, flowering plants, structure, embryo, endosperm, germination, dormancy, ecological adaptation, nutrients, seed coat. Kлючевое слова: Семя, цветковые растения, строение, эмбрион, эндосперм, прорастание, покой, экологическая адаптация, питательные вещества, оболочка семени. Gulli o‘simliklar tabiatda eng keng tarqalgan va xilma-xil o‘simliklar guruhini tashkil qiladi. Ularning ko‘payishida urug‘ asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, yangi o‘simlikni shakllantirishning boshlang‘ich manbai hisoblanadi. Urug’ o‘zida o‘simlikning kelajak avlodini saqlab qolish va qiyin ekologik sharoitlarga moslashish imkoniyatini beradi. Gulli o‘simliklar urug‘ining tuzilishi quyidagi asosiy qismlardan iborat va har birining o‘ziga xos vazifasi bor: 1. Urug‘ po‘stlog‘i (testa): Urug‘ning eng tashqi qismi bo‘lib, u urug‘ni tashqi muhit ta'siridan (shikastlanish, qurib qolish, mikroorganizmlar) himoya qiladi. Po‘stloq qalinligi turli o‘simliklarda har xil bo‘lishi mumkin. 2. Embriyo (urug‘cha): Urug‘ning eng muhim qismi bo‘lib, undan yangi o‘simlik rivojlanadi. Embriyo quyidagi qismlardan tashkil topadi: Radikula (ildizcha) – kelajakdagi ildiz hosil bo‘ladigan qism. Plumula (poyacha) – kelajakdagi poya va barglar rivojlanadigan qism. Kotiledonlar (urug‘ pallalari) – ozuqa moddalarini saqlovchi qism. Bu qism bir pallali (masalan, bug‘doy) yoki ikki pallali (masalan, loviya) bo‘lishi mumkin. 3. Endosperm: Urug‘ ichidagi oziq moddalar ombori bo‘lib, embriyoga dastlabki rivojlanish davrida ozuqa bilan ta'minlaydi. Endosperm asosan kraxmal, yog‘ va oqsillardan tashkil topgan. Ikki pallali o‘simliklarda endosperm embriyo rivojlanishida kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi mumkin. 4. Urug‘ g‘ovog‘i (mikropil) Bu urug‘ po‘stlog‘ida joylashgan mayda teshikcha bo‘lib, changlanishdan keyin urug‘ ichiga suv kirishini ta'minlaydi. Shuningdek, bu teshikcha orqali embrion kislorod oladi. 5. Ozuqa moddalari: Urug‘da ozuqa moddalar uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: kraxmal (masalan, bug‘doyda), yog‘lar (masalan, kungaboqarda), yoki oqsillar (masalan, no‘xatda). Umumiy vazifalari: Himoya qilish – urug‘ni atrof-muhitning zararli ta'sirlaridan saqlaydi. Ozuqa saqlash – yangi o‘simlik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan energiya manbasini ta'minlaydi. Narsogenez – embriyo orqali yangi o‘simlikni rivojlantiradi. Urug‘ning tuzilishi va funksiyasi o‘simlikning yashash muhiti va evolyutsion moslashuvlariga bog‘liq. Urug‘ning rivojlanishi: Urug’ o‘simlikning jinsiy ko‘payish organi – gulda joylashgan tuxumhujayraning urug‘lanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Urug‘lanish: Changdan kelgan spermatozoid tuxumhujayra bilan qo‘shilib 75 zigotani hosil qiladi. 2. Zigotaning rivojlanishi: Zigota embriyo shaklida rivojlana boshlaydi. Shu jarayonda kotiledonlar, radikula va plumula shakllanadi. 3. Ozuqa moddalari yig‘ilishi: Endosperm yoki kotiledonlarda urug‘ rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalar yig‘iladi. 4. Urug‘ning pishishi: Urug‘ to‘liq shakllanib, quriydi va atrofida qattiq po‘stloq hosil bo‘ladi. Shu orqali urug‘ qattiq sharoitlarga chidamli bo‘ladi. Gulli o‘simliklar urug‘lari ikki asosiy turga bo‘linadi: 1. Bir pallali urug‘lar: Masalan, bug‘doy, makkajo‘xori, guruch. Bu urug‘larda faqat bitta kotiledon bo‘ladi va endosperm ozuqa moddalarning asosiy saqlovchisi hisoblanadi. 2. Ikki pallali urug‘lar: Masalan, loviya, no‘xat, pista. Bu urug‘larda ikkita kotiledon bo‘lib, ular ozuqa moddalarni saqlaydi. Endosperm rivojlanish jarayonida yo‘qolib ketishi mumkin. Urug‘ning ekologik moslashuvlari: Urug‘lar o‘z muhitlariga moslashgan holda turli xususiyatlarga ega: Suvda tarqaluvchi urug‘lar: Masalan, kokos yong‘og‘i. Bunday urug‘lar qalin va yengil po‘stloqqa ega. Shamolda tarqaluvchi urug‘lar: Masalan, qayin yoki qushqo‘nmas. Ularning urug‘lari juda yengil yoki qanotchalarga ega. Hayvonlar orqali tarqaluvchi urug‘lar: Masalan, olma yoki qulupnay. Bu urug‘lar shirin va hayvonlarni o‘ziga tortuvchi mevalar ichida bo‘ladi. Urug‘ning fiziologik xususiyatlari: Urug‘ning nihollanishi uchun uch asosiy omil kerak: 1. Namlik: Suv urug’ po‘stlog‘ini yumshatib, ichki qismlarning o‘sishini boshlaydi. 2. Havoning mavjudligi: Nihollanish jarayonida kislorod kerak bo‘ladi. 3. Ma’lum harorat: Urug‘lar odatda optimal harorat oralig‘ida nihollanadi (10–35 °C). Nihollanish va keyingi o‘sish jarayonlari urug‘ning hayotiy siklining muhim qismidir. Urug‘ning nihollanishi: Urug‘ning nihollanishi – bu urug‘ning aktiv holatga o‘tib, yangi o‘si

Доказательный фрагмент

«This article explains the structure of flowering plant seeds, their main parts, and functions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explains the structure of flowering plant seeds, their main parts, and functions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Seed, flowering plants, structure, embryo, endosperm, germination, питательные вещества, seed coat., прорастание, ecological adaptation, dormancy, покой, nutrients, экологическая адаптация, строение, эмбрион, Семя, оболочка семени., эндосперм, цветковые растения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники