К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMOATCHILIK NAZORATINING JAMIYATDAGI RO'LI VA AHAMIYATI

Soliyeva Husnida Hamidullo qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda jamoatchilik nazorati fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi, shaffoflikni ta'minlashi hamda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim omil sifatida qaraladi. Jamoatchilik nazoratining asosiy maqsadlarini – davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, javobgarlikni kuchaytirish va ijtimoiy ishonchni mustahkamlash kabi jihatlari yoritilib o'tilgan. Kalit so‘zlar: Jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati, demokratik boshqaruv, davlat shaffofligi, korrupsiyaga qarshi kurash, fuqarolar faolligi, xalqaro tajriba, huquqiy asoslar. Jamoatchilik nazorati demokratik jamiyat barqarorligini ta'minlashning muhim vositasi hisoblanadi. Ushbu jarayon fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishini, shaffoflikni ta'minlashni va korrupsiyani kamaytirishni ko'zda tutadi. Jamoatchilik nazorati- bu fuqarolar yoki jamoat tashkilotlari tomonidan davlat organlari, amaldorlar yoki boshqa jamoat muassasalarining faoliyatini kuzatish, baholash va ularga ta'sir ko'rsatish jarayonidir. Bu jarayon orqali jamiyat a'zolari davlat boshqaruvi shaffofligini oshiradi, kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun takliflar kiritadi. Jamoatchilik nazoratining maqsadi; shafoflikni ta'minlash, davlat boshqaruvini samarador qilish, javogarlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashni oldini olishdur. Jamoatchilik nazorati jamiyatda ishonch muhitini yaratishga yordam beradi. U davlat boshqaruvi samaradorligini oshiradi va fuqarolarni davlat ishlari bilan qiziqtirish orqali siyosiy faollikni kuchaytiradi. “O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy jarayonlarni chuqurlashtirish yo'llari belgilab berilgan, puxta o'ylangan va har tomonlama asoslangan demoktratik islohatlarning amaliyotga joriy etilishi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining tarkibini tashkil qiluvchi demokratik institutlar- ko'ppartiyaviy tizim, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini taminlashga xizmat qilishi lozim. Ushbu istitutlarning faoliyat shakllari qatorida jamoatchilik nazorati alohida ahamiyatga ega”1 Bugungi kunda jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolardan biri bu, jamoatchilik nazorati faoliyatini yurtimizda kuchaytirishdan iboratdir. Buning uchun, fuqarolarning yuridik huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda qarorlarda jamoatchilik manfaatlarini va fikrini shakllantirish uchun ham jamoatchilik nazoratining amaliy uslublarini takomillashtirish va mexanizmlari uchun sharoit yaratish muhimdur. Jamoatchilik nazoratining samarali amalga oshirish uchun xalqaro tajribalarni o'rganish ham muhimdur. Misol uchun: AQSh tajribasi. AQShda jamoatchilik nazorati qonunchilik asosida yo'lga qo'yilgan. Bu yerda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari davlat organlarini nazorat qilishda muhim o'rin tutadi. Masalan, “Freedom of Information Act” (FOIA) qonuni orqali fuqarolar davlat hujjatlariga erkin kirish imkoniga ega. Yevropada esa jamoatchilik nazorati OAV va nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan birga fuqarolarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan, Shvetsiya va Norvegiyada shaffoflikni ta'minlash maqsadida davlat organlarining hujjatlari 1 Botirov D.O ning “Jamoatchilik nazoratida davlat farovonligining muhim omili” maqolasidan 104 jamoatchilikka ochiq. Jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat o'rtasidagi ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida ahamyatlidur. Jamoatchilik nazoratining samaradorligini kuchaytirish uchun: Huquqiy bazani takomillashtirish zarur, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, shaffoflikni ta'minlash va axborot texnologiyalaridan foydalanish. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev to'gri tanqid qilgani kabi, “…hozirgi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va uning mansabdor shaxslari faoliyatini xolisona baholashga halal bermoqda. Bundan kelib chiqib, jamiyat va davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta'sirchan amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to'grisida”gi qonunni qabul qilish zarur. Shu munosabat bilan barcha davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tashkil etishin taklif qilaman. Bunday jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatini ochiq va shaffofligini ta'minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita boglaydigan ko'prik vazifasini bajarishi zarur”.2 Prezidentimiz ta'kidlaganidek, jamoatchilik nazorati tizimli tarzda isloh qilish hamda uning takomiliga erishish uchun uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularda amaliyotdagi mavjud muammolarnining samarali yechimini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo'llash lozim. Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini ajralmas bo'lagi bo'lib, davlat

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda jamoatchilik nazorati fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi, shaffoflikni ta'minlashi hamda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim omil sifatida qaraladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda jamoatchilik nazorati fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi, shaffoflikni ta'minlashi hamda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim omil sifatida qaraladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korrupsiyaga qarshi kurash, Jamoatchilik nazorati, fuqarolar faolligi, huquqiy asoslar., fuqarolik jamiyati, davlat shaffofligi, xalqaro tajriba, demokratik boshqaruv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники