Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
KONSEPTUAL ASOSLARI · Karshiyev Jaxongir Abdirayimovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2018
Аннотация
In this article, the formation of human capital in the new generation of New Uzbekistan is carried out in our country from preschool age, the views of President Sh.M. Mirziyoyev about this, the requirements of development in modern conditions, the need to study human capital as the main producer and social factor. information about. Tayanch tushunchalar: Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. ta'lim sohasidagi davlat siyosati. pedogoglik kasbi. pedagogning lavozim majburiyatlari ta'lim tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyilari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta'lim muassasalari inson resurslarini rivojlantirishning poydevori, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma'naviyat asoslarini shakllantiruvchi asosiy maskan ekanini ta'kidladi. Majlisda inson kapitaliga sarmoya kiritishni ko‘paytirish masalasi qat'iy qilib qo‘yildi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning strategik mohiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan "Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda" g‘oyasining ko‘tarilishi, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari" deya belgilangan ulug‘ g‘oyaning belgilanishi va davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning 4-yo‘nalishida inson kapitalini rivojlantirish, 5-yo‘nalishda ma'naviy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutildi. Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday dedi: “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi Inson kapitali bu - millatning birlashgan imkoniyatlari yig‘indisi. Tabiiy resurslar, iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin. valyuta zahiralari va boshqalar milliy 112 boylikning doimiy kamayib boruvchi qismi. Ba'zi ekspertlarning fikricha ular 2020-yilga kelib, rivojlangan mamlakatlar milliy boyligining 10%ga ham yetmay qoladi. Boshqacha qilib aytganda. intellektual-ma'naviy omil milliy boylikning hal qiluvchi omiliga, davlat qudratining eng muhim ko‘rsatkichi va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilaydi Inson kapitali haqida qisqacha to‘xtalamiz. Inson so‘zi uch ma'noda keladi. 1. Odam, odamzod, bashar. 2. Har bir yakka shaxs; odam. 3. Kimsaga (odatda, salbiy munosabatli) murojaat shakli3. Kapital - nemischa so‘z. Bosh, asosiy, degan ma'no- larni beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da u uch ma'noda keladi. 1.(iqt) - O‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k.). 2. Katta mablag‘, ko‘p pul, boylik. 3. (Ko‘chma ma'noda) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa (jamiyatimizda inson salomatligi bebaho kapital hisoblanadi). Kapitalist - kapital egasi; o‘z mablag‘larini, ba’zan yo‘llanma mehnatni foyda olish uchun ishlatadigan shaxs.4 Demak, tilimizning izohli lug‘atiga ko‘ra kapital bu - har bir yakka shaxs. odamning o‘ziga foyda, daromad keltiradigan boyligi (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k.) Inson kapitali esa zamonaviy bilim va kasb-hunarlarning iqtisodiy foyda keltirishi shaxsning mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z o‘z zimmasiga olishga qodirligi. kreativligi, tashabbuskorligi, dadilligi, uning ma'naviy boyligi haqida ekan. Inson kapitali - odam yoki mamlakat aholisining ko‘pqirrali ehtyojlarini qondirishda qo‘llaniladigan bilim, ko‘nikma va malakalari yig‘indisi. Bu tushunchani dastlab Nobel mukofoti sovrindori (1979) Teodor Shuls kiritgan. Uning shogirdi Geri Bekker bu tushunchani rivojlantirgani uchun unga ham Nobel mukofoti berilgan. Inson kapitali bu - innovatsion iqtisodiyot va rivojlanishning keyingi bosqichi - bilimlar iqtisodiyotini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi bosh omil hisoblanadi. Inson kapitali "Shaxsning Inson kapitali", “Firma. korxonaning Inson kapitali" va "Millatning Inson kapitali" tarzida tasniflanadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida Inson kapitaliga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilmiy adabiyotlarda IK (Human Capital) tushunchasi amerikalik iqtisodchi olimlar Teodor Shuls va Geri Bekkerlar tomonidan kiritilgan. ‘Inson kapitali nazariyasi asoslari"ni yaratishgani uchun Teodor Shulsga 1979-yilda, Geri B
Доказательный фрагмент
«In this article, the formation of human capital in the new generation of New Uzbekistan is carried out in our country from preschool age, the views of President Sh.M.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the formation of human capital in the new generation of New Uzbekistan is carried out in our country from preschool age, the views of President Sh.M. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. ta'lim sohasidagi davlat siyosati. pedogoglik kasbi. pedagogning lavozim majburiyatlari ta'lim tamoyillari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025