Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MENEJMENTIDA “STRUKTURAVIY BOSHQARUV” TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA TASHKILIY TURLARI
O. X. Olimjonova
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimi sifati va samaradorligini ta’minlash omillari, ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyati, shuningdek, ta’lim menejmentida “strukturaviy boshqaruv” tushunchasining mohiyativa tashkiliy turlari haqida ma’lumotlar yoritib berilgan. Tayanch tushunchalar: Struktura, maktabgacha ta’lim tizimi,ta’lim sifati, ta’lim tizimi, boshqaruv, rahbar faoliyati, uzluksiz ta’lim, samaradorlik, rivojlantirish, takomillashtirish, omillar, mexanizmlar, barkamol shaxs, komunikativlik, kognitivlik. Аннотaтция. В данной статье содержится информatsiя о факторах обеспечения качества и эффективности системы дошкольного образования, их содержании, сущности и значении, а также способах обеспечения качества и эффективности ДОО. Основные понятия: структура, система дошкольного образования, качество образования, система образования, управление, лидерская деятельность, непрерывное образование, эффективность, развитие, совершенствование, факторы, механизмы, всесторонне развитая личность, коммуникативность, познавательность. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi shart-sharoitlarni o‘zgarishiga olib keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiq moslashtirib borishlari zarur bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turi bo‘lib, maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim xizmatlari buyurtmachilari, davlat va jamiyat, ota- onalarning ehtiyojlari shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim (boshlang‘ich ta’lim)ning talablariga qarab mo‘ljal olishi hamda MTT rahbari faoliyatining mazmunini yangilashni nazarda tutadi. “Boshqaruv” so‘zi odatda aniq bir maqsadga erishish uchun boshqariluvchi ob’ekt yoki tizimga faol ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Bu, o‘z navbatda, ma’lum bir rejalashtirilgan faoliyatni ifodalaydi. Har qanday faoliyat boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan iborat bo‘lib, mazkur tizimlar o‘rtasidagi aloqa insonlarning o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi va mavjud o‘zaro munosabatlar ularning faoliyatini ifodalaydi. SHunday ekan ixtiyoriy faoliyat albatta boshqaruvni talab etadi, shaxsning individual faoliyatida inson o‘zini o‘zi boshqaradi va ko‘zlangan natijalarga erishadi, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish uchun o‘zaro ta’sir yoki shaxsning boshqa shaxslarga nisbatan ta’siri zarur bo‘lib, bu o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqaruvni, ya’ni ma’lum bir maqsadga erishish yo‘nalishida insonlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishni ifodalaydi. Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi. 16 Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan- yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda ta'lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta'lim menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi. Ta’lim menejmenti nazariy fan sifatida pedagogika yo‘nalishlarida o‘qitila boshlandi. Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari raxbarlarining boshkaruv faoliyati, boshkaruv mas’uliyati va madaniyati, boshkaruv funktsiyalari va metodlari, boshqarishning qonun- qoidalari va tamoyillari, raxbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasasi raxbarlarining funktsional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshkarishda axborot va kommunikatsiya, rahbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, personalii boshqarish xamda ta’lim muassasalarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi1. Maktabgacha ta’lim tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, yuksak malakali rahbar kadrlar faoliyati bilan belgilanadi. Shu boisdan pedagogik jamoani boshqarish, ta’limning yuqori ko‘rsatkichlariga erishib borishda ta’lim muassasalari rahbarlaridan “strukturaviy boshqaruv” malakalariga ega bo‘lib borishni talab qiladi. Boshqaruv faoliyati – ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ikkita sub’ektning, ya’ni rahbar bilan ta’lim tizimining o‘zaro bog‘liq faoliyati sifatida qarash mumkin. B
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimi sifati va samaradorligini ta’minlash omillari, ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyati, shuningdek, ta’lim menejmentida “strukturaviy boshqaruv” tushunchasining mohiyativa tash…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimi sifati va samaradorligini ta’minlash omillari, ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyati, shuningdek, ta’lim menejmentida “strukturaviy boshqaruv” tushunchasining mohiyativa tash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- takomillashtirish, rahbar faoliyati, barkamol shaxs, maktabgacha ta’lim tizimi, komunikativlik, boshqaruv, ta’lim sifati, samaradorlik, uzluksiz ta’lim, mexanizmlar, ta’lim tizimi, Struktura, rivojlantirish, kognitivlik., omillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014