К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI

SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI · Shukurova Ugiloy Umarovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi va shaxsning tuzilishi haqida olimlarning ilmiy taxlillari ta’riflari berilgan hamda shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni haqida qarashlar bayon qilingan. Bugungi kunda psixologiya soxasida shaxsning tuzilishi va uning komponentlari to‘g‘risidagi muammoli savollar o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Psixologiya sohasida ushbu muammoni o‘rganish uchun bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kalit so‘zlar: statik tuzilish, umuminsoniy psixologik xususiyatlar, ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlar, individual, betakror xususiyatlar, ichki tizim, milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlik, psixologik qiyofa, yo‘nalganlik ijtimoiy shartlangan, osttuzilish, dinamik qurilma. Ilmiy tatqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasini o‘rganilishida bir chet ellik va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining qator olimlarini fikrlari va ilmiy qarashlarini inobatga olish zarur bo‘ladi. Jumladan B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi: 1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar; 2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlar; 3) shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo‘lib, ular alohida xislatlar guruhi ko‘rinishiga ega emasdirlar. Amerika qo‘shma shtatlaridan psixolog G.Ollportning fikricha, shaxs “ichki tizim”, “dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‘zida oldindan maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir”. Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini psixologik talqin egallaydi. B.D.Pariginning qat’iy asoslanib aytishiga ko‘ra, shaxsning dinamik strukturasining etakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig‘iga bog‘liqligi, shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning dinamik strukturasining ikki asosiy jabhaga taalluqligiga, ya’ni psixik holatlarga va xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki psixologik jihatdan o‘zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir. K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi (strukturasi) katta qiziqish uyg‘otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyligini qamrab oluvchi, ko‘p bosqichli modelini yaratishga intiladi. Shaxs tuzilishining elementlari bo‘lib, uning hossalari, xususiyatlari, qiyofasi hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishining turli tomonlari bilan o‘zaro aloqador to‘rt tuzilishga ajratadi: 1) shaxsning axloqiy qiyofasi munosabati va yo‘nalganlik birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. 70 Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog‘liqligi yo‘q va tarbiyaviy yo‘l bilan shakllantiriladi. 2) tajribaning osttuzilishi; unga ta’limiy yo‘l bilan egallangan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, odatlar kiradi, ammo bu narsa shaxsni qiyofasining biologik shartlangan ta’siri ostida kechadi (K.K.Platonov). Ushbu osttuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi, 3) shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba’zi psixik jarayonlar (xotira tipi, emotsional harakat barqarorligi ko‘rsatkichi, mashqlanish yo‘li) bilan shakllantiriladi. Biologik shartlangan xususiyatlarning ta’siri yanada aniqroq ko‘zga tashlanadi. 4) biologik shartlangan osttuzilish biopsixik xususiyatlarni, fazilatlar, temperament...(shaxsning tipologik xususiyatlarini), jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o‘zgarishini birlashtiradi. Bu osttuzilish mashqlantirish orqali shakllantiriladi, miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. K.K.Platonovning fikricha, bu osttuzilishga shaxs qiyofasi (xususiyatlari) ning asosiy jabhalarini kiritish mumkin. V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin qilinmaydigan jabha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri muayyan yo‘nalganlik mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning tuzilishi deganda V.S.Merlin insonning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o‘zida birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o‘zaro aloqadorligini anglatuvchi o‘ziga xos “simptomokompleks” ni tushunadi. Xulosa qilib aytganda shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasini o‘rganilayotganda bir qator olimlarnihg fikrlarini taxlil qiladigan bo’lsak, B.D.Parigin shaxsdagi umuminsoniy psixologik xususiyatlar milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy xususiyatlar shaxsning individual betakror xususiyatlarini ta’kidlab o’tgan. Amerika qo‘shma shtatlari psixologi G.Ollportning esa shaxsni “ichki tizim”, “dinamik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi va shaxsning tuzilishi haqida olimlarning ilmiy taxlillari ta’riflari berilgan hamda shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni haqida qarashlar bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi va shaxsning tuzilishi haqida olimlarning ilmiy taxlillari ta’riflari berilgan hamda shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni haqida qarashlar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
betakror xususiyatlar, milliy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlar, dinamik qurilma., individual, umuminsoniy psixologik xususiyatlar, ichki tizim, siyosiy, psixologik qiyofa, osttuzilish, kasbiy, yo‘nalganlik ijtimoiy shartlangan, statik tuzilish, sinfiy birlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники