Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA TURIZM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI AHAMIYATI
MUASSASALARI AHAMIYATI · Nazarov Nazar · Odilova Zuhra
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2023
Аннотация
Ushbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda buning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati o‘rganilgan. Turizm salohiyatini oshirishda oliy ta’lim muassasalarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so’zlar: turizm iqtisodiyoti, oliy ta’lim muassasasi, turizm menejmenti Annotation: This thesis examines the measures currently being undertaken by the government to develop tourism in Uzbekistan and their significance to the country's economy. The importance of higher education institutions in enhancing tourism potential is also analyzed. Keywords: tourism economy, higher education institution. management of tourism. Turizm - iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqniyanada takomillashtirish zarur. Buni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Sh.M.Mirziyoyev. So’nggi yillarda jahondagi globallashuv sharoitida turizm muhim ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillardan biriga aylandi. Turizm sohasi iqtisodiyotdagi kam resurs sarflab ko’p daromad olinadigan sohasidir. Turizm sohasi nafaqat savdo xizmatlarining bir turi sifatida kundan kunga ravnaq topib bormoqda, balki mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga asos bo’lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli “Republikaning Turzim salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘chimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” dagi qarorining qabul qilinishi respublikaning turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etish, shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish imkonini berdi. Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida 2023-yilda turizm sohasida o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzildi. Ushbu “Yo‘l xaritasi“ loyihasiga ko’ra quyidagi ishlar amalga oshirildi: “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro musiqa folkor festivalini tashkil etishdi; “Bahor nafasi” xalqaro sa’nat festivalini tashkil etish va o‘tkazildi; “Chimyon sadosi” alpinistlar xalqaro festivalini tashkil etildi va hamda boshqalar tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbekiston turizm salohiyatini sezilarli darajaga oshirishga xizmat qilmoqda. 143 So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasiga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda, bu esa o’z navbatida mamlakatimizga turistlar oqimini oshishga xizmat qilmoqda. Turistlarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun bu sohada faoliyat olib boruvchi malakali kadrlarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ- 3815 sonli “Ipak yo’li” turizm xalqaro Universitetini tashkil etish to’grisidagi” qarori sohaning yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Mana shu universitetning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni ta’minlash; ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish; turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish; istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish; ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; turistik faoliyatni va turizm sohasida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda davlatning asosiy e’tibori turizm sohasini kuchaytirish hamda uni yoshlar ongiga singdirib shu asosda yetuk hamda malakali kadrlar yetishtirib chiqarish demakdir. Nafaqat “Ipak Yo’li“ xalqaro universiteti balki respublikamizda Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand, Urganch, Buxoro, Qarshi, Termiz davlat universitetlari hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlanti
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda buning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda buning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tourism economy, higher education institution. management of tourism, turizm iqtisodiyoti, oliy ta’lim muassasasi, turizm menejmenti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026