Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILINI O'QITISHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
Mirpayazova Saodat Zafarovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada ingliz tilini o'qitishga uslubiy yondashuvlar turlari va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi mohiyati ko’rib chiqildi. Shuningdek, ingliz tilini o'rgatishda maxsus texnikadan foydalanish harakatlarni rag'batlantirish, mustaqil harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish va shu bilan birga ijodiy fikrlashni faollashtirish, ijodiy qobiliyatni namoyish etishni yaxshilashga yordam beradigan usullar keltirib o’tilgan. Kalit so‘zlar: uslubiy yondashuv, texnologiya, metodlar, oliy ta’lim, ingliz tili. Hozirgi vaqtda ingliz tilini o'qitishning uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqishga bag'ishlangan bir qator o'zbek va xorijiy tadqiqotlarning ishlari mavjud bo'lib, ular orasida: individual yondashuv, innovatsion yondashuv, kognitiv yondashuv, muammoli yondashuv, zamonaviy yondashuv, ijodiy yondashuv va boshqalar ko’rib chiqilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida ko‘rsatilgan metodik yondashuvlar ichida Davlat ta’lim standartlari asosida innovatsion yondashuvlar alohida e’tibor tortadi. Shu tariqa, zamonaviy ingliz tili darsini ta'lim texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi va texnologiyadan foydalanish samarasi ancha yuqoriligi tasdiqlangan. Har qanday texnologiya o'qituvchilar va talabalar tomonidan turli ta'lim sharoitlarida foydalanishda tushunarli bo'lishi kerak. Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, o’quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun eng samarali texnologiyalar quyidagilar deb belgilangan: axborot texnologiyalari keys loyiha texnologiyasi texnologiyasi muammoli tanqidiy ta'lim fikrlash texnologiyasi texnologiyasi Quyidagi bir nechta usullar, xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar hisoblanadi: Interfaol o'qitish metodi: Bu usulda, talaba o'zlashtirilgan xalqaro bo'limlarda interfaol darslar olib boradi. Virtual platformalardan foydalanib, online o'qituvchilar bilan bog'lanib, onlayn savollar va vazifalar orqali talabalarga xorijiy tillarni o'qishda interfaollik yaratiladi. 157 Yakuniy loyihalar va amaliy mashg'ulotlar: Talabalarni o'qitishda, xorijiy tillarga qiziqish uyg'onib, ularning maqolalari, yangiliklari, sheriklik qilishlari va boshqa amaliy faoliyatlarini qo'llabquvvatlash uchun loyihalar va amaliy mashg'ulotlar tashkil etish foydali bo'ladi. Xalqaro hamkorlik: O'qituvchilar va talabalar o'rtasida xalqaro hamkorlikni o'rnatish yordamida, boshqa mamlakatlardagi maktablar, o'qituvchilar, yoshlar va oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalar o'rnatish orqali, xorijiy tillarni o'qitishda ilg'or o'qitish metodlarini izlash va amalga oshirish mumkin. O'z-o'zini baholash tizimi: Talabalarni motivatsiyalash va o'zlashtirish maqsadida o'z- o'zini baholash tizimlari tashkil etiladi. Bu tizimlarda, talabalar o'z o'qish natijalarini, o'rganish jarayonlarini o'zlarini baholab, yangi maqbul o'qitish usullari va materiallarini tanishlari va qo'llabquvvatlashlari mumkin. Texnologiyalarni foydalanish: Texnologiyalarni foydalanish, online lug'atlar, maqolalar, onlayn darslar, taqdimotlar va interfaol o'qitish vositalari orqali talabalarga xorijiy tillarni o'qitishda o'rganishni oshirish uchun bir necha foydali usullardan biridir. Bu usullar bir qator xilma-xillikda foydalaniladigan innovatsion usullardir. O'qituvchilar va o'quvchilar o'zlariga eng mos keladigan va natijalarni olishda yordam bera olishadi. Har bir jarayon birinchi navbatda suhbat orqali amalga oshiriladi. Shu bois, talabalarda eng avvalo suhbatlashish qobiliyatini o’stirishi lozim. Buning uchun innovatsion yondashuvlar asosida suhbat metodidan foydalanishlari mumkin. Bunda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida ikki taraflama fikr-mulohazalar yuritila boshlaydi va talabaning ma’naviy va aqliy jihatdan salohiyati rivojlantirila boshlaydi. Biz bilamizki, zamonaviy yoshlarning asosiy qismi kommunikativ va gaymerdir. Bundan kelib chiqadiki, ularga dars jarayonlarini turli xil didaktik vazifalar va interfaol metodlarni qo’llab o’tish talab qilinadi. Shuning uchun ham ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi interfaol metodlardan foydalanish mumkin: “Tarjimon” o’yini. Bu talabalarni bilim darajasiga mos tarzda belgilangan xorijiy so’zlarni kim tezda topib o’zbek tiliga almashtirish jarayonidan iborat. Aynan xorijiy til bo’lganligi uchun ham bu o’yin juda samarali bo’adi. Chunki bu o’yin orqali talabalar miya faoliyati, yodda saqlab qolish qobliyatlarini amalga oshirishadi va xotirasini rivojlantiradi. “So’z yasash” o’yini. Bunda talabalar o’qituvchi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilidagi ko’p harflardan tashkil topgan birikmadan turli xil yangi so’zlarni yaratishlari kerak bo’ladi. Bu usul orqali talabalar ilgari o’tilgan so’zlat va mazvularni yodga olishadi va ularda ijodiy tafakkurni yanada faollashtiradi. Ingliz tilini o'qitishning uslubiy yondashuvlarini tahlil qilish bizga ingliz tilini o'qitish samaradorligini oshirish uchun interfaol yondashuv g'oyalari va tamoyillarining didaktik imkoniyatlari haqida xulosa chiqarish imkonini berdi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarb
Доказательный фрагмент
«Maqolada ingliz tilini o'qitishga uslubiy yondashuvlar turlari va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi mohiyati ko’rib chiqildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ingliz tilini o'qitishga uslubiy yondashuvlar turlari va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi mohiyati ko’rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uslubiy yondashuv, texnologiya, oliy ta’lim, metodlar, ingliz tili.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014