К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARDA KOʻP UCHRAYDIGAN DUDUQLANISH

Mirkomilova Noilaxon Mirsardarovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article presents theoretical and practical materials related to stuttering and its elimination in children of preschool age, which can be used by relevant professionals. Key words: Stuttering, preschool child, stuttering in children, speech disorders, speech deficiency, communicative communication, Speech organs Duduqlanish - nutq buzilishlarining murakkab va ko‘p uchraydigan turlaridan biridir. Bu nutq kamchiligida nutq a‘zolari muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur‘at va ohangi buziladi, kommunikativ aloqa vositasi izdan chiqadi. Nutq a’zolari muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylarni, muskul tolalarining tortishib qolishi duduqlanishga sabab bo‘ladi. Xorijiy va mamlakatimiz olimlarning ta’kidlashicha, dunyo bolalarining 2 % ida tutilib gapirish nuqsoni kuzatiladi. Buyuk rus psixiatri I.A.Sikorskiy duduqlanishni - bolalar kasalligi‖ deb atagan edi, chunki bu kamchilik 2 yosh bilan 5 yosh orasidagi bolalarda nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu davrda bolada nutq jarayoni juda shiddat bilan shakllanadi. Hozirgi davrda duduqlanish belgilari bir biriga bogliq bo‘lgan 2 ta guruhga ya’ni fiziologik va psixik guruhga ajratiladi. Fiziologik belgilarga: nutqning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy nerv sistema va jismoniy salomatlikning bo‘shligi, zaifligi, umumiy gavda va nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik belgilarga: nutqda tutilish, his xayajon buzilishi, logofobiyalar, hayajonlanish, vohima, alamzadalik, umumiy zo‘riqish, uyquda cho‘chib ketish, yuzaki uyqu yuz beradi. Nutq xosil bo‘lishida muskul tortishishi duduqlanishning tashqi belgisi hisoblanadi. Aslida muskul tortishishi 3 xil bo‘ladi: klonik, tonik va aralash. Klonik muskul tortishish vaqtida tovush, bo‘g‘in yoki so‘z bir necha marotaba takrorlanadi (a-a-asal , qa-qa-qa-qalam, tosh-tosh-tosh). Tonik muskul tortishish vaqtida esa so‘z boshida to‘xtalish ro‘y beradi va tutilib gapiruvchi bir tovushdan,bo‘g‘indan va so‘zdan 2-chi tovushga, bo‘g‘inga va so‘zga o‘tolmaydi, uzoq to‘xtalib qoladi (….a....sal, q….alam, ….t….osh). Uchinchi turi aralash klonotonik yoki tonoklonik muskul tortishishi kuzatiladi. Tortishish nutqning u yoki bu organlari: nafas olish, ovoz paychalari yoki artikulyatsion apparatda ro‘y beradi. Nafas olish buzilishi bilan bog‘liq duduqlaniish 3 ta shaklga ajraladi: ekspirator, insperator va resperator. 167  Ekspirator shakli (nafas chiqarish jarayonida tortishish);  Insperator shakli (nafas olish jarayonida tortishish,ba‘zida xirillash bilan);  Resperator shakli (nafas olish va nafas chiqarish vaqtida sо‘zlarning bо‘linishi bilan). Ovoz paychalaridagi tortishishning bolalarga xos belgisi: sukut saqlash; shivirlash; unlilarni cho‘zib talaffuz qilishi. Artikulyatsion apparatdagi tortishish о‘rni (lab, til, yumshoq tanglay). Ular ko‘pincha portlovchi undosh tovushlar (k,q,p,b,t,d,g,g‘) ni talaffuz qilishda yaqqol seziladi. Tovushning fonetik xususiyati, grammatik qurilishning xususiyati, grammatik qurilishning buzilishi ham tortishishga sabab bo‘ladi. Tortishishga kayfiyat, atrofdagi muhitning ham ta‘siri katta. Bola o‘ziga tanish bo‘lgan she‘rni aytishda ,tanigan odamlari orasida kamroq tutiladi. Duduqlanadigan bolalarning hayajonli nutqida fonetik - fonematik va leksik grammatik buzilishlar ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, duduqlanadigan bolalardagi fonetik-fonematik buzilishlar 66,7%ni tashkil qiladi, 34%ni lug‘at boyligi kam, grammatik tuzilishi shakllanmagan bolalar tashkil etadi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan uzilib - uzilib chiqadi, jarangdorlik, talaffuz sur‘ati, tovush balandligi duduqlanuvchining emotsional holati bilan bog‘liqligi tadqiqotchilar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, o‘z nuqsoniga bo‘lgan e‘tibori nuqsonni kuchaytirishda omil bo‘lishini qayd qilishgan. Nutqida bolalarda zaiflik, qo‘rqoqlik, tortinchoqlik, ta‘sirchanlik va shu kabilar vujudga keladi. Bola o‘sadigan va tarbiyalanadigan ijtimoiy muhitning yaxshi va yomonligiga bog‘liq holda ruhiy ko‘rinishlar turli darajalarda bo‘lishi, shaxsning ruhiy holatiga o‘tishi, mustahkamlanishi mumkin. Nutqdagi qiyinchiliklarni niqoblashga bo‘lgan urunishlar duduqlanadigan kishilarda turli xil hiylalar (qo‘l, oyoq, tana, bosh bilan harakat qilish, til uchi, pastki labni tishlash, chapillatish, tovushlarni ovoz chiqarmay artikulyatsiyalash)ni qo‘llash bilan namoyon bo‘ladi. Duduqlanishning kechish og‘ir yengilligiga qarab 3 darajaga bo‘linadi:  Yengil daraja tez gapirishda, asabiy holatda duduqlanadi, tezda o‘tib ketadi;  O‘rta daraja tinch, vazmin xolatda ham duduqlanadi, his hayajonli vaqtda kuchli duduqlanadi;  Og‘ir daraja butun nutqi davomida duduqlanadi. Bolalarda uchraydigan duduqlanish belgilari, ularning kechishi - bu nutq nuqsonini keltirib chiqaruvchi sabablarga bog‘liqdir. Tadqiqotlarda duduqlanish markaziy nerv sistemaning jarohatlanishi natijasida kelib chiqadigan nevroz holatidir degan fikrlar ilgari surilgan. Tibbiyot sohasida duduqlanishni logonevroz atamasi bilan ifodalanad

Доказательный фрагмент

«This article presents theoretical and practical materials related to stuttering and its elimination in children of preschool age, which can be used by relevant professionals.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents theoretical and practical materials related to stuttering and its elimination in children of preschool age, which can be used by relevant professionals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Stuttering, preschool child, stuttering in children, speech disorders, speech, kommunikativ aloqa, nutq buzilishlari, Duduqlanish, nutq kamchiligi, maktabgacha yoshdagi bola, bolalardagi duduqlanish, Nutq a‘zolari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники