Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOLIYAVIY BARQARORLIK TUSHUNCHASI VA UNING BANKLAR FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI · Yangiboyev Sardor Ernazar o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This thesis elucidates the concept of financial stability and its essence, as well as its importance in banking activities. It presents financial indicators that demonstrate the impact of banks' financial stability on the stability of the national economic system and illustrate the extent of banks' financial soundness. Key words: financial stability, commercial banks, economic system, financial performance, loans, deposits, bankruptcy. Аннотация: В данном тезисе раскрывается понятие финансовой устойчивости, ее сущность, а также значение в деятельности банков. Приведены финансовые показатели, отражающие влияние финансовой устойчивости банков на стабильность национальной экономической системы, а также степень финансовой стабильности банков. Ключевые слова: финансовая устойчивость, коммерческие банки, экономическая система, финансовые показатели, кредиты, депозиты, банкротство. Shaxs nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak moliyaviy barqarorlik deganda kishining moliyaviy imkoniyatlari hamda moliyaviy majburiyatlari o‘rtasidagi yuqori ijobiy farqni tushunishimiz mumkin. Korxona nuqtai nazaridan olib qaralsa tahlillar natijasida pul oqimlarini hamda majburiyatlarini samarali boshqarishda namoyon bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. (O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, 2022) Global, Yevropa va AQSH moliyaviy barqarorligi masalalari va siyosati bo‘yicha mustaqil maslahatchi i.f.d Garry J. Schinasi o‘zining “Moliyaviy barqarorlikni saqlash” kitobida quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizim o‘zining uchta asosiy vazifasini bir vaqtning o‘zida qoniqarli tarzda bajarishga qodir bo‘lgan holatdir. Birinchidan, moliyaviy tizim jamg‘arma egalaridan investorlarga resurslarni vaqt o‘tishi bilan taqsimlashni va umuman iqtisodiy resurslarni taqsimlashni samarali hamda ravon tarzda amalga oshiradi. Ikkinchidan, kelajakka yo‘naltirilgan moliyaviy xatarlar yetarlicha aniq baholanadi va narxlanadi, shuningdek, nisbatan yaxshi boshqariladi. Uchinchidan, moliyaviy tizim shunday 10 holatdaki, u moliyaviy va real iqtisodiy kutilmagan vaziyatlar hamda zarbalarni qiyinchiliksiz, hatto ba’zan ravon tarzda qabul qila oladi.” (Schinasi, 2024) Banklar uchun moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy tizimdagi ahamiyati shundaki ular iqtisodiy faoliyatni qo‘llab - quvvatlaydi, to‘lov tizimlarining ishlashini kafolatlaydi, ishonch muhitini yaratadi, moliyaviy vositachilikni rivojlantiradi, moliyaviy inqirozni oldini oladi hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari iqtisodiyotdagi kreditlash, depozit qabul qilish va to‘lov tizimlarini boshqarish kabi qator vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni bajarar ekan banklarning moliyaviy barqarorligi mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarish va umumiy ishonchni saqlashi uchun zarur hisoblanadi. Banklar barqarorligi milliy iqtisodiy tizimdagi barqarorlikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagi jihatlari iqtisodiyotning umumiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: - banklar iqtisodiyotning asosiy "vositachisi" bo‘lib, aholi va korxonalarning jamg‘armalarini samarali loyihalarga yo‘naltiradi; - barqaror bank tizimi kreditlar va investitsiyalarni uzluksiz ta’minlaydi, bu esa iqtisodiyotning turli sektorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur; - banklar faoliyati orqali kapital taqsimoti va mablag‘larning iqtisodiy aylanishi muvozanatda saqlanadi; - korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning uzluksizligini kafolatlaydi; - bank tizimi moliyaviy barqaror bo‘lsa, aholi va investorlar orasida ishonch ortadi; - banklarning moliyaviy barqarorligi iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, investitsiya hajmi va ishsizlik kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi; - barqaror banklar o‘z vaqtida kreditlar ajratadi, bu esa korxonalar va tadbirkorlar uchun iqtisodiy faollikni oshirish imkonini beradi; - bank tizimining izchil va barqaror ishlashi iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytiradi; - barqaror bank tizimi xalqaro moliyaviy bozorlar oldida davlatning ishonchliligini ta'minlaydi; - investitsiya jalb qilish va chet eldan kredit olish imkoniyatlarini oshiradi Moliyaviy barqarorlikni baholash uchun bir qator asosiy ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ular tijorat banklarining iqtisodiy sog‘lomligini va barqarorligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Kapitalning yetarliligi – bankning o‘z majburiyatlarini bajarish va zararlarni qoplash qobiliyatini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich hisoblanadi va bankning kapitali v
Доказательный фрагмент
«This thesis elucidates the concept of financial stability and its essence, as well as its importance in banking activities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis elucidates the concept of financial stability and its essence, as well as its importance in banking activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- financial stability, commercial banks, economic system, financial, deposits, financial performance, moliyaviy ko‘rsatkichlar, кредиты, bankrotlik., depozitlar, коммерческие банки, iqtisodiy tizim, bankruptcy., депозиты, финансовые показатели, moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, банкротство., kreditlar, финансовая устойчивость, loans, экономическая система
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025