К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI · Xasanov Ahmad · Tursunov Vohid · Samarov Behruzbek

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This paper explores the crucial role of investment in higher education for fostering rapid economic development in Uzbekistan. It emphasizes the attractiveness of the higher education sector for investment, aligning with the national strategy "Uzbekistan-2030" that aims to attract significant foreign and domestic investments. The paper defines "investment" and "investment attractiveness" based on existing literature and expert opinions. Finally, it outlines suggestions to develop investment attractiveness in higher education services. Keywords: investment attractiveness, higher education services, economic development, research, innovation, Uzbekistan-2030 strategy, services, education services. Kirish: O’zbekiston iqtisodiyotini tizimli va jadal rivojlantirish oliy ta’lim taraqqiyotiga va yuqori malakali kadrlar salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Bizga ma’lumki, oliy ta’lim yuqori investitsiya talab qiladigan investitsiyaviy jozibador sohalardan biri xisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Respublikamizda investitsion faoliyat davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Ayniqsa bu borada, 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158 son farmoniga ko’ra qabul qilingan O’zbekiston-2030 strategiyasida belgilab berilganidek “Mamlakatimizda 250 milliard 59 dollarlik investitsiyalarni o’zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish” vazifa qilib belgilangan. Investitsiyalarni o’zlashtirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari singari oliy ta’limda ham ustuvor hisoblanadi. Shu sababli ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga yo’naltirilayotgan investitsiya mablag’lari yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi va maqsadli foydalanishni talab etadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Xizmat ko’rsatishda ayniqsa oliy ta’lim xizmatlariga investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mazmunini ochib berishda investitsiya atamasining mohiyatini ko’rib chiqish muhim xisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar atamasi “kapital quyilmalar va kapital tushunchalar bilan” aynan o’xshash ma’noda ko’p uchraydi. Ayrim iqtisodchilarning fikricha, “investitsiyalar” asosiy kapitalga mablag’ quyish ma’nosida ham bayon qilinadi. Lekin, soha olimlari va mutahasislarining fikrlaridan kelib chiqib quyidagi fikrlarni bayon qilganlar. Professor S.Shodmonov va U.G’ofurovlar fikriga ko’ra “investitsiyalar-asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir” deb bayon qilgan bo’lsa, boshqa bir soha mutahasisi professor G’ozibekov D.G’. “investitsiya-iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar hamda ularga doir xuquqlar” degan firkni ilgari suradi. Shuningdek investitsiyalarning mohiyati O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni 2-moddasida aniq qilib bayon qilingan, unga ko’ra “Investitsiyalar-iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir xuquqlardan iborat”. Yuqoridagilardan kelib chiqib bizning fikrimizcha investitsiyalarning mohiyatini bayon etishda uning qaysi tarmoq va sohalarga bo’lgan ehtiyoji va jozibadorligini xisobga olish zarur deb xisoblaymiz. Shunday ekan, investitsiyalar bu mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalariga foyda olish maqsadida yo’naltiriladigan mablag’larning (kapital quyilmalarning) qiymatidan iboratdir. Oliy ta’limda investitsiya deyilganda esa Respublika milliy iqtisodiyotining ta’lim sohasidagi oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mablag’larning (davlat va xususiy kapitalining) qiymatidan iborat. Undan tashqari, investitsion jozibadorlik kontseptsiyasi, Mogilova fikriga ko'ra, investorning qaroriga ta'sir qiluvchi shartlar va omillarning mavjudligi bilan bog'liq. Investitsion jozibadorlik mamlakat yoki tashkilotga pul investitsiya qilishning rentabelligini yoki zararini aks ettiruvchi xususiyat sifatida aniqlanadi. U iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlari kabi turli omillar bilan belgilanadi. Undan tashqari, investitsion jozibadorlik investorlar sarmoya kiritmoqchi boʻlgan muhitning jozibadorligini baholovchi koʻrsatkich sifatida aniqlanadi. Investitsion jozibadorlik tadbirkorlik sub’ektiga investitsion qarorlar qabul qilishda ta’sir etuvchi omillar majmui sifatida aniqlanadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, investitsiyalar - bu davlat yoki xususiy kapitalning moliyaviy resurslarni milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, jumladan, oliy ta'limga ajratishdir. Investitsion jozibadorlik tushunchasi, Sergeeva va boshqalar tushuntirganidek, iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlarini qamrab oluvchi investitsiya qarorlariga ta’sir etuvchi shartlar va omillarni anglatadi. U mablag'larni investitsiyalashda rentabellik yoki zarar ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi va investorlar uchun muhitning jozibadorligini baholaydi. Investitsion jozi

Доказательный фрагмент

«This paper explores the crucial role of investment in higher education for fostering rapid economic development in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This paper explores the crucial role of investment in higher education for fostering rapid economic development in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
investment attractiveness, higher education services, economic, O‘zbekiston-2030 strategiyasi, iqtisodiy rivojlanish, tadqiqotlar, innovatsiyalar, oliy ta’lim xizmatlari, ximzatlar, ta’lim xizmatlari., investitsion jozibadorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники