Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYALASH VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI · Ibroximov Ilxomjon Shavkatjon o’g’li · Adhamov Umidjon Yorqinjon o’g’li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
The article describes the methods of forming a laon portfolio, methods of their diversification, the connection of the selection of the market situation with the financial stability of the bank, and the analysis of problematic loans and their repayment. Also, recommendations were given for further expansion of the effective operation of the banking system. Key words: Commercial banks, assets, loan portfolio, risk, overdue debts, problem and non-problem loans, diversification, the market situation. Аннотация: В статье описаны методы формирования кредитного портфеля, способы их диверсификации связь выбора рыночной ситуации с финансовой устойчивостью банка, а также анализ проблемных кредитов и их погашения. Также были даны рекомендации по дальнейшему расширению эффективной работы банковской системы. Ключевые слова: Коммерческие банки, активы, кредитный портфель, риск, просроченная задолженность, проблемные и непроблемные кредиты, диверсификация, ситуация на рынке. Bugungi kunda bank sohasini yanada isloh qilish borasida izchil chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu jihatdan olganda, tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari dolzarb hisoblanadi. Bu borada zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil qiluvchi kreditlar orasida muammoli aktivlarning mavjudligi sezilarli ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega 135 bo‘lgan menejerlarni keng jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berilgan. Turli adabiyotlarda “tijorat banklari kredit portfeli” tushunchasi bank tizimi faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni ifodalaydigan asosiy tushunchalardan biriga aylandi. Uning ommalashishiga sabab “kredit portfeli” tijorat banklarining kredit bilan bog‘liq butun faoliyatida hal qiluvchi o‘rin tutadi [4]. “Kredit portfeli” tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini ko‘rsatadigan omil bo‘lib qaraladi. Tijorat banklarida kredit portfelini samarali boshqarish muhim vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmonida jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo qilayotganligi, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari etib belgilandi [1]. Shuni ta’kidlash lozimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi dolzarb bo‘lib, o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish lozim. Chunki, moliyaviy muassasalar orasida banklar iqtisodiyotni keng taraqqiy qildiruvchi va zarur mablag‘ bilan ta’minlovchi tarmoq hisoblanadi. Mamlakatimizning moliyaviy- iqtisodiy barqarorligi ko‘pgina ularning samarali faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi [2]. Tijorat banki aktivining tarkibi kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari, Markaziy bank hisobvaraqlari, majburiy zahira hisobvarag‘i, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari va mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, sotib olingan debitorlik qarzlari (faktoring), qisqa va uzoq muddatli kreditlar, lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi, investitsiyalar, sud jarayonidagi kreditlar, tugallanmagan qurilishlar, bankning imoratlari, obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi, to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskuna
Доказательный фрагмент
«The article describes the methods of forming a laon portfolio, methods of their diversification, the connection of the selection of the market situation with the financial stability of the bank, and the analysis of pr…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the methods of forming a laon portfolio, methods of their diversification, the connection of the selection of the market situation with the financial stability of the bank, and the analysis of pr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Commercial banks, assets, loan portfolio, risk, overdue debts, problem and, diversifikatsiya, tavakkalchilik, Tijorat banklari, muammoli va muammosiz kreditlar, kredit portfeli, bozor konyunkturasi., muddati o‘tgan qarzdorliklar, kredit, aktivlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014