Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQA TA’LIMINING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA QASHQAR RUBOBI BILAN ISHLASH TEXNIKASI
Sharipov San’atjon Valijonovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati uzoq asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi svilizatsiya mavjud bo‘lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniaturalar), sharqshunoslarning yangi tadqiqotlari, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan olimlarning musiqiy risolalari tarjimasi o‘zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. O‘zbek xalqining ma’naviy va milliy boyligi hisoblangan tanbur, dutor, nay, chang, g‘ijjak, qonun, ud, rubob kabi milliy cholg‘ulari mavjud. Xususan, o‘zbek ijrochilik san’atida ko‘plab cholg‘ular qatorida qashqar rubobi alohida o‘rin tutadi. Bu cholg‘u o‘zining jarangdorligi va juda qulayligi bilan xalqimizning sevimli cholg‘ularidan biriga aylangani ushbu maqolada ilmiy isbotlangan. Kalit so‘zlar: musiqa, madaniy hayot, musiqiy savod, qashqar rubobi, Muhammadjon Mirzayev, menzura, latun, kosali rubob. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri, maksimal darajada idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va tafakkurini yuksaltiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Qomusiy olim Abu Nosir al-Farobiy “Bu fan tanning sog‘lig‘i uchun foydalidir”, - degan bo‘lsa, Shayx Sa’diy esa: “Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir”, - deb ta’kidlagan edi. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismidir. Musiqadan ruhiy ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, Ona vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadidir. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqotchilar tomonidan musiqa o‘qituvchisining oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. O‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr-muhabbatni oshirish. 2. Musiqiy faoliyat jarayonida badiiy ijodkorlik va his-tuyg‘ularni rivojlantirish. 3. Asarlarning badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida o‘quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash. 4. Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish. 97 Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining professional va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli keng dunyoqarashli ma’naviy yetuk, biror bir cholg‘u asbobini mohirlik bilan ijro eta oladigan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasining amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i talab qilinadi. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim, ya’ni musiqa o‘qituvchisi ham cholg‘uchi, ham xonanda. Xor direjyori, jo‘rnovozchi, musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish ko‘rmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsga senariy muallifi, uning ijrochisi va rejissyori sifatida ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san’at darsi deyiladi. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (san’atkorlar bilan uchrashuvlar, ma’ruza-konsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, “Navro‘z” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “O‘zbekiston – vatanim manim”, “Ilhom chashmalari” ko‘rik-tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish va tashkil etish musiqa o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi va vazifasiga kiradi. Shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa maktablari, bolalar teatri, o‘quvchilar saroylari) bilan aloqada bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va faoliyatini maktab hayotida qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi vazifasidan biridir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, qashqar rubobining o‘qitish metodikasi bilan yaqindan tanishtiramiz. Qashqar rubobining O‘zbekistonga kirib kelishi Xalq musiqasi asrlar davomida muayyan bir shaklga ke
Доказательный фрагмент
«O‘zbek xalqining musiqa madaniyati uzoq asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek xalqining musiqa madaniyati uzoq asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- musiqiy savod, latun, qashqar rubobi, musiqa, kosali rubob., madaniy hayot, Muhammadjon Mirzayev, menzura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024