Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURISTIK AGLOMERATSIYALARNI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Nurbek Toshev Janon o’g’li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 70 · 65–94 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Turistik aglomeratsiyalarni samarali boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish orqali turizm sohasining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turistik aglomeratsiyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Turistik aglomeratsiyalar, iqtisodiy samaradorlik, infratuzilma, innovatsiyalar, mintaqalararo hamkorlik, turizm rivojlanishi. Kirish. Turizm zamonaviy iqtisodiyotning tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda turistik aglomeratsiyalar konsepsiyasi turizmni rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Turistik aglomeratsiyalar – bu bir-biriga yaqin joylashgan hududlarda turistik salohiyatni birlashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va turizm xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy birliklardir. Turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirish orqali nafaqat mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish imkoniyatlari yuzaga keladi. Shuningdek, bu jarayon mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada turistik aglomeratsiyalarni boshqarishning zamonaviy usullari, iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilinadi. Bundan tashqari, turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham yoritiladi. Mahalliy hunarmandchilik, madaniy tadbirlar va turistik xizmatlarning rivojlanishi viloyat iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.Optimal joylashtirishda yuqoridagi omillar hisobga olinishi bilan viloyat turizmi tizimli va strategik rivojlanishi mumkin. Mintaqa turistik aglomeratsiya shaklida rivojlantirilganda, sayyohlar uchun keng ko‘lamli xizmatlar va imkoniyatlar yaratiladi, bu esa mintaqaga sayyohlar oqimini ko‘paytiradi. Shunday qilib, mintaqada mavjud tabiiy va madaniy resurslardan samarali foydalanish orqali turistik salohiyat to‘liq amalga oshiriladi. Bu esa, hududning turistlarga bo‘lgan jozibadorligini oshiradi, turizmga investitsiyalar oqimini jalb qiladi va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash imkonini beradi. Turistik aglomeratsiyalar barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Bu jarayon atrof-muhitni himoya qilish, resurslardan oqilona foydalanish va mahalliy aholini iqtisodiy rivojlanish jarayoniga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Barqaror turizm ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarning uyg‘unligini ta’minlab, uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydi. Shu bilan birga, atrof-muhitning ifloslanishini 128 kamaytiradi, mahalliy aholining turizm bilan bog‘liq daromadlarini oshiradi va hududiy resurslardan samarali va uzoq muddatli foydalanishni ta’minlaydi. Turistik aglomeratsiyalarni iqtisodiy samaradorlik va o‘sish nazariyasi turli olimlar tomonidan o'rganilgan. Paul Krugman, Nobel mukofoti sovrindori, o'zining "Yangi iqtisodiy geografiya" (New Economic Geography) nazariyasida iqtisodiy faoliyatning geografik joylashuvini va o‘sishini tahlil qiladi1. U aglomeratsiya jarayonini tushuntiradi va iqtisodiy faoliyatning muayyan hududlarda to'planishining samaradorlik va o‘sishga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Krugmanning modeli turizm aglomeratsiyalarini ham o‘rganishda foydali, chunki u iqtisodiy faoliyatning klasterlashuvi orqali mintaqaviy o'sish va raqobatbardoshlikni tushuntirishga yordam beradi. Robert Solow 21950-yillarda ishlab chiqqan Solow o'sish modeli iqtisodiy o‘sishni kapital, ishchi kuchi va texnologik rivojlanish omillari bilan bog'laydi. Solowning iqtisodiy o‘sish modeli turistik aglomeratsiyalar doirasida foydalanilishi mumkin, chunki bu nazariya resurslar samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish orqali iqtisodiy faoliyatni qanday rivojlantirish mumkinligini ko'rsatadi. Ushbu maqolani yozish jarayonida qiyosiy tahlil, matematik tahlil, tadqiqot usulidan foydalanildi va uning natijalari tadqiqot asosi qilib olinadi. Unda guruhlash, taqqoslash, sistemali yondashish, analiz va sintez kabi usul va uslublardan foydalanildi. Mintaqada turistik aglomeratsiyalarni tashkil qilish bosqichlari bir necha muhim jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlar mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun muhim strategik rejalashtirish va resurslarni samarali boshqarishni talab etadi. Birinchi tahlil qilish va tadqiqot bosqichi bo’lib, mintaqaning tabiiy,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turizm rivojlanishi., iqtisodiy samaradorlik, infratuzilma, Turistik aglomeratsiyalar, innovatsiyalar, mintaqalararo hamkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024