Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
CHOSON DAVLATİNİNG İNQİROZİ VA İMPERİYANİNG E’LON QİLİNİSHİ
Urunov Xasan Rayimovich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
In the world's colonial policy, the Korean Peninsula also attracted the attention of the world's giant colonial powers from the 18th to the mid-19th centuries. Various palace intrigues within the Korean government created ample opportunities for the country to be taken over by other countries. Key words Korea, Taewongun, repression, Kwantung, Lee Dynasty, pro-Western, empire, reform, Japan, Seoul. Vang Cheoljong 1864-yilda merosxo'rsiz vafot etganida, malikaning uzoq qarindoshi Cheolj ong - Li Myeongbokni taxtga o'tqazishni taklif qildi, u keyinchalik Gojong nomini oldi. Yangi van voyaga yetmaganligi sababli, tarixga tevongun (buyuk shahzoda, shahzoda regenti) unvoni bilan kirgan otasi Li Haen regentlik qildi. Tevongun odatda Koreyani dunyodan uzgan holda yopiq siyosat olib borishga intildi. Uning rahbarligida koreys nasroniylariga qarshi repressiyalar amalga oshirildi. XIX-asrning ikkinchi yarmida Koreyada Yaponiya namunasidagi Gʻarbparast islohotlar nufuzli amaldor Pak Kyu Su tomonidan boshlangan, biroq ular nihoyatda sekin amalga oshirilgan va uning oʻlimidan soʻng toʻxtatilgan. Yetti fransuz harbiy kemasi (1866 -yilda) va AQSh ekspeditsion kuchlari (1871-yilda) yuborilganiga qaramay, bu kuchlar Koreya hukumatiga teng bo'lmagan savdo shartnomalarini yuklay olmadilar. 1873-yilda Li Xaen Gojongning turmush o'rtog'i qirolicha tomonidan hokimiyatdan chetlashtirildi. 1875-yilda Yaponiya Koreyani tashqi dunyoga ochishga majbur qilishga qaror qildi. Yapon floti Kangxvado oroliga yaqinlashgandan so'ng, Koreya artilleriyasi o't ochdi. Otishma davomida ikki nafar yapon askari yengil yaralangan, 35 koreys askari halok bo’lgan va 16 nafari asirga olingan. Yaponlar bu jangni G'arb davlatlari Yaponiyaning o'zi bilan ilgari tuzganlari singari Koreya bilan tengsiz shartnoma tuzish uchun imkoniyat sifatida qabul qilishdi83. 1876- yil 15- yanvarda Kuroda Kiyotaki boshchiligidagi yapon floti Koreya qirg'oqlariga yetib keldi. O'sha yilning 26-fevralida Yaponiya va Koreya o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi, unga ko'ra yapon kemalari Koreyaning hududiy suvlarida erkin suzish huquqini oldi va 23 ` yaponlar bilan savdo qilish uchun ikkita qo'shimcha port ochildi. Yaponlar Koreyaga qirg'oqdan 10li masofada dengizda chuqurliklaridan foydalanish huquqini oldilar. Ko'p o'tmay Koreya AQSh, Italiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya bilan shunga o'xshash shartnomalarni imzoladi. 1882-yilda Imo voqeasidan keyin Li Xa Yun qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi. Ammo tez orada uni Xitoyga olib ketishdi va qirolicha hokimiyati tiklandi. 1884-yilda Kim Ok Kyun boshchiligidagi yaponlar tarafdorlari fitna uyushtirdilar va 7 kun davomida poytaxtni nazorat qildilar. Biroq, Seul aholisi istisnosiz qo'zg'olon ko'tarib, ularni va yaponlarni quvib chiqarishdi. Kyum Ok Kyun o'shandan keyin Yaponiyada yashadi va 1894- yilda Shanxayga yetib kelganida vatandoshlaridan biri tomonidan o'ldirildi. Mazkur yilda Yaponiya Koreyaga qo'shin yubordi, ammo Xitoy bilan kelishuvga ko'ra, keyingi yil ularni u yerdan olib chiqdi va har ikki davlat boshqa tomonni oldindan ogohlantirmasdan Koreyaga qo'shin yubormaslikka va'da berdi. Yaponiya Koreyada, ayniqsa yarim orolning janubida o'z vakillarining ko'pligi va ularning tijorat korxonasi tufayli sezilarli iqtisodiy ta'sirga ega bo'ldi; ammo siyosiy sohada Seulda xitoyliklar doimiy ravishda katta ta'sirga ega edi. 1893-94-yillarda Tongxak harakati vakillari boshchiligida boshlangan inqilobiy harakat qirolni Xitoyga yordam soʻrab murojaat qilishga majbur qildi. Xitoy hukumati Koreyaga o'z qo'shinlarini yubordi, Yaponiya bunga javoban o'z qo'shinini yubordi. 1894-95-yillardagi Xitoy- Yaponiya urushi boshlandi. Koreya unda rasman ishtirok etmadi, qisman uning hududida o'tkazildi. Urushdan keyin Koreya de-fakto Yaponiyaning protektorati ostiga o'tdi. Qirol bundan buyon Yaponiyaning eng qattiq nazorati ostida hokimiyatda saqlab qolindi. 1895-yilda yaponlar qirolicha Minni o'ldirishdi. Bu janjal shu qadar keng kuchaydiki, Yaponiya qotillar ustidan ochiqchasiga sud o‘tkazish orqali Xitoyni noroziligini bostirishga harakat qildi. Aslida aybdor deb o‘ldirilganlarning barchasi aybsiz edi85. 1894-yilda Yaponiya imperiyasi Xitoy bilan bo‘lgan urushda gʻalaba qozongandan soʻng qitʼaning sharqida ekspansionistik siyosat yurita boshladi. Choson sulolasi hukmronlik qilgan Koreya Yaponiyaning mintaqadagi mavqeini mustahkamlash uchun qulay tramplin bo'ldi. Shimonoseki shartnomasidan so’ng (1895) Yaponiya Lyaodun yarim oroli ustidan nazoratni qo’lga kiritdi, bu Rossiyani xavotirga soldi, chunki bu uning Uzoq Sharqdagi manfaatlariga xavf tug’dirdi. Rossiya Germaniya va Fransiyani o'z tomoniga og‘dirdi. Bu uch davlatning bosimi ostida Yaponiya orqaga chekindi, shundan so'ng Rossiya Koreya qirollik saroyi tomonidan qo'llab- quvvatlangan Xitoy o'rnini egallab, mintaqada katta rol o'ynay boshladi. Qirol Gojongning rafiqasi qirolicha yapon bosimiga qarshi kurashda chin yurakdan yordam berdi. 1895-yil 8-oktyabrda u Miura Goro qo'mondonligi ost
Доказательный фрагмент
«In the world's colonial policy, the Korean Peninsula also attracted the attention of the world's giant colonial powers from the 18th to the mid-19th centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the world's colonial policy, the Korean Peninsula also attracted the attention of the world's giant colonial powers from the 18th to the mid-19th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Korea, Taewongun, repression, Kwantung, Lee Dynasty, pro-Western, empire, reform, Koreya, repressiya, Tevongun, Kvantun, Lı sulolasi, Seul., imperiya, Yaponiya, islohot, g’arbparast
Смежные источники
The American Journal of Applied sciencesMirjamol Mirkarimovich Mirkhojaev, Makhliyo Fakhriddin Qizi Yuldasheva2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025