К содержанию
РецензированоUZ2026

TEST METODINI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddin qizi · Quvondiqova Maftuna Farhod qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Testlar yordamida o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'rgangan bilimlari va ma'lumotlarini qanchalik yaxshi anglanganini aniqlash mumkin. Ular turli formatlarda bo'lishi mumkin: yopiq va ochiq savollar, test savollari, misollar va boshqalar. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv testlari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql- zakovat, isteʼdodni aniqlashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi koʻnikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar. Kalit so‘zlar: Test, metod, o‘quvchilar, bilim, tekshirish, savollar, yutuq, kamchiliklar, afzalliklar. Kirish. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari. Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qayerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'iy nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi. Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi. Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham 86 ` mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi.Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi. Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali- harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi.Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda amaliy, nazariy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi ko‘p vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining real hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi.Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar.Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan, materiallarni esda olib qolish jarayoniga, individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sif

Доказательный фрагмент

«Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
savollar, o‘quvchilar, Test, yutuq, bilim, kamchiliklar, metod, afzalliklar., tekshirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники