Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TIZIMLI BLОK VА UNING TАRKIBIY ELЕMЕNTLАRI: PRОTSЕSSОR, SОPRОTSЕSSОR, ХОTIRА
Mehriddinov Mirjalol · Abdullayev Dilmurod (Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
This article consists of the main components such as the system unit, processor, coprocessor and memory, each of which performs its own specific tasks. The processor handles data processing and calculations, the coprocessor provides additional computing power, and the memory handles temporary data storage. Kalit so'zlar. Tizimli plata, diskyurituvchi, qattiq disk (vinchestr), tok manbai bloki, shina, monitor, videoxotira, kesh xotira, doimiy xotira. Ключевые слова. Системная плата, дисковод, жёсткий диск (винчестер), блок питания, шина, монитор, видеопамять, кэш-память, энергонезависимая память. Keywors. System board, disk drive, hard disk (winchester), power supply unit, bus, monitor, video memory, cache memory, non-volatile memory. Tizimli blok. Tizimli blok tashkil etuvchilari. Tashqi xotira qurilmasi, qattiq disk, disk-yurituvchi va disketlar, axborot o'lchov birligi. Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan. Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan va axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, yo’q qilish ham mumkin. Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir. Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan. Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay. Tashqi xotira magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turga bo'linadi. 136 ` Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi-qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas. Ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin. Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot qidirish vaqti 12 ms. Eng tezkor vinchesterlar Western Digital Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi. Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hech qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir. Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasi hisoblanadi. Qattiq diskda bir emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan, 4 Gbaytgachadir. “Vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga qaraganda tezroq uzatadi. Disketaning asosiy afzalligi undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Tizimli plata 2. Diskyurituvchi 3. Qattiq disk (vinchestr) 4. Tok manbai bloki Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida
Доказательный фрагмент
«This article consists of the main components such as the system unit, processor, coprocessor and memory, each of which performs its own specific tasks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article consists of the main components such as the system unit, processor, coprocessor and memory, each of which performs its own specific tasks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tizimli plata, diskyurituvchi, qattiq disk (vinchestr), tok manbai bloki, doimiy xotira., kesh xotira, videoxotira, monitor, shina
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009