Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV YO’NALISHLARI
Toshboyev Ermat Ergashevich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushunchani rivojlantirish hamda o’stirish haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: biologiya, o’qitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, intelekt, salohiyat. Mamlakatimizda o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari prinsiplar va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning mazmuni: Umumiy o’rta ta’limning Milliy o’quv dasturini bosqichma-bosqich joriy etish o’quvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil rivojlanishiga o’rgatish, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirishni nazarda tutadi. Biologiya o’qitish jarayonida o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bu borada o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy boyliklar, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan fodalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, hamda ekskursiyalarda mavzuga bog’liq holda mamlakatimizning yer osti va yer usti boyliklari, ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan allomalarning ma’naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya etiladi. Biologiyani o’qitishda avvalo, o’quvchilarni biologiyaning asosiy g’oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida tutgan o’rni, biologik bilimlarni o’zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog’langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, ya’ni biror bir millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida sayqal topib, takomillashib, boshqa millat va elatlar tomonidan e’tirof etilib, tan olinadi. Shu tariq milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tariladi. Masalan, O’rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasi o’zbek xalqi uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon xalqlari uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi. 39 ` Biologiya o’qitishda o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda e’tiborni quyidagilarga qaratish: Insoniyatning paydobo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish; Buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yoritish; Umumbashariy mulkka aylangan ilmiyasarlarning yaratilish tarixini o’rganish; Umumxalq bayramlarining tarixini o’rganish, o’tkazilishda milliy ruh kiritish; Biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan buyuk olimlar hayotining ibratli tomonlarini ko’rsatish zarur. Akademik litsey o’quvchilarning intellectual qobiliyatlarini jadal o’stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani o’qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng o’rin berish, o’quvchilarning chuqur o’zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qo’yish va kuzatish ko’nikmalarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va natijalari, biology olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalari bilan tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. Biologiyani o’qitishda o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarda mehnat madaniyati ko’nikmalarini, jumladan, ko’rgazmali jihozlar, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan o’quv jihozlari va asboblari bilan ishlash, ish stoli, biologiya darsligi, daftarini toza va ozoda saqlash, o’quv topshiriqlari va va uy vazifalarrini o’z vaqtida va talab darajasida bajarishga e’tiborni qaratish lozim. Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash, mehnat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradigan bilim va ko’nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Qishloq xo’jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari; Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o’simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish; Biologik qonuniytalar va umuminsoniy ko’nikmalarda amaliy faol
Доказательный фрагмент
«tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushun…»
Образец извлечения
Демо-превьюtezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biologiya, salohiyat., milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o’qitish, intelekt
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022