К содержанию
РецензированоUZ2004

MODALLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY, MANTIQIY, TILSHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI

Turakulova Dilafruz Mamatsoli qizi

Наука и технология в современном мире · 2 · 2004

Аннотация

Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada modallikning falsafiy, mantiqiy va lingvistik kategoriyalar sifatida rivojlanishi, uning tarixiy asoslari va zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinadi. Modallikning epistemik, deontik va dinamik turlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, ularning subyektiv va obyektiv xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, epistemik modallikning bilim, e’tiqod va taxminlarga asoslangan fikrlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ijtimoiy va madaniy omillar ta’siri o‘rganiladi. Maqolada Aristotel va I.Kantning modallikka oid nazariyalari, shuningdek, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning, jumladan, Palmer, Lyons va Hallidey tomonidan ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Modallik, Epistemik modallik, deontik modallik, falsafiy modallik mantiqiy modallik, subyektiv va obyektiv modallik. Bugungi kunga qadar modallik tadqiqiga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy ishlar ushbu lingvistik kategoriyani aniqlik, faktlarga asoslangan axborot bilan taqqoslash orqali o‘rganishga intiladi. Tildan nafaqat bayonotning haqiqatligi haqidagi ma’lumotlarni yetkazish uchun, balki voqea-hodisalarga nisbatan shaxsiy munosabat, fikr, g‘oya va qarashlarni ifodalash uchun ham foydalanilishi keng muhokama qilingan. Modallik so‘zlovchining ma’lum bir axborotga, vaziyatga nisbatan fikri yoki munosabatini ifodalovchi lingvistik hodisa bo‘lib, tilning shaxslararo funksiyasining asosiy ko‘rsatkichi sifatida ham e’tirof etiladi. Ingliz tilshunos olimlari Hallidey va Mattisen modallikni “ha yoki yo‘q o‘rtasidagi ma’no sohasini ifodalovchi ijobiy va salbiy qutblilik o‘rtasidagi oraliq zamin” sifatida ta’riflaydilar.[ Halliday, M. A. K. & Matthiessen, 2004, 618]. Ko‘plab tilshunos olimlarning modallikni turlicha ta’riflashlari natijasida hozirga qadar uning tasnifi bo‘yicha yagona kelishuv mavjud emas. Modallik tushunchasi haqida so‘z yuritganda, shuni ta’kidlash lozimki, modallik dastlab falsafiy va mantiqiy fan doirasida o‘rganilgan. Modallikning falsafiy tushunchasi uni biror obyektning turi, mavjudlik usuli, biror hodisaning kechishi yoki obyekt, hodisa, voqea haqidagi tushuncha, mulohaza usuli sifatida aniqlash bilan bog‘liq. Birinchi holda, ontologik imkoniyat, zaruriyat va voqelik kategoriyalari bilan ish ko‘radigan ontologik modallik haqida so‘z boradi. Ikkinchi holda mantiqiy yoki gnoseologik modallik nazarda tutiladi, bu dunyo haqida shakllanadigan mulohazalar turlariga muvofiq modal ma’nolar turlarini belgilaydi. Mantiqiy modallik masalalarini ishlab chiqish, avvalo, buyuk yunon faylasufi Aristotel nomi bilan bog‘liq. "Modallik" atamasi (lotincha "modus" - "o‘lchov," "usul") mutafakkir tomonidan imkoniyat, zaruriyat va voqelikning asosiy modal tushunchalariga muvofiq hukmlarni farqlashi munosabati bilan kiritilgan Yangi davr mantiqi va falsafasida yirik nemis mutafakkiri I.Kant tomonidan taklif etilgan fikrlarni muammoli, assertorik va apodiktik fikrlarga ajratish an’anasi o‘z tasdig‘ini topdi. I.Kant modallikni biluvchi subyektning tafakkur tuzilishini tavsiflovchi kategoriyalar toifasi 80 ` sifatida ko‘rib chiqadi va unga imkoniyat va imkonsizlik, voqelik, zaruriyat va tasodif kabi kategoriyalarni kiritadi . Problematik mulohazalar imkoniyat mulohazalari deb tan olinadi ya’ni bunday mulohazalarda tasdiq yoki inkor bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Boshqacha aytganda, mulohaza subyekti muayyan shart-sharoitlarga bog‘liq holda o‘ziga nisbat beriladigan belgiga (predikatga) ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi mumkin. Apodiktik mulohazalar zaruriyat mulohazalaridir, ya’ni ularda belgi predmetga o‘zgarmas, shubhasiz xos deb ta’riflanadi. Apodiktik mulohazani boshqa hech qanday mulohaza bilan almashtirib bo‘lmaydi, aks holda yangi mulohaza bilan mavjud shartlar o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Assertorik mulohazalar esa faqat predmetda u yoki bu xususiyatning mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi. Kantning bu tasnifi Aristotelning mulohazalar bo‘linishi bilan bir xil ekanligini payqash qiyin emas. Mulohazalarni tavsiflovchi problematik, assertorik va apodiktik modalliklar aletik modallikning Assertorik mulohazalar esa faqat predmetda u yoki bu xususiyatning kichik turlari sifatida qaraladi. Ko‘rsatilgan modal ma’nolarni bir turga birlashtirish uchun ularning obyektiv modal xarakteri asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xarakter mulohaza muallifiga bog‘liq bo‘lmaydi, shuningdek ushbu obyektivlik moddiy voqelikning obyektiv qonuniyatlari va mantiq qonunlariga asoslanadi. Zamonaviy modal mantiq aletik modallikni ajratib ko‘rsatish bilan cheklanib qolmaydi. Uning doirasida modal munosabatlarning boshqa turlari, xususan, deontik, epistemik, aksiologik, temporal va boshqa modalliklar sinflari ham o‘rganiladi. Deontik modallikka ega mulohazalar preskriptiv xarakterga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan insonning ijtimoiy xulq-atvorini tartibga solish uchun belgilangan normalar va ko‘rsatmalarni aks ettiradi. Bu modallik turi axloq va huquq sohasida qo‘llanil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deontik modallik, Epistemik modallik, Modallik, falsafiy modallik mantiqiy modallik, subyektiv va obyektiv modallik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники