К содержанию
РецензированоRU2026

FARG’ONA-TOSHKENT MAQOM YO’LLARI VA SEGOH MAQOMI

Tojidinova Shahnoza Anvarjon qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

In this article, an attempt was made to explain the ways of status of Fergana Tashkent and its specific aspects. There is also talk about the status of Segoh which is part of Fergana- Tashkent status roads. Key words: status, method, segoh, harp, dutor, flute, tonality, melody, instrumental and singing ways. Аннотатция: В данной статье предпринята попьiтка объясрить пути статуса Фурганьi-Ташкента и его уникальньiе аспектьi. Ходят разговорьi и о статусе Сегоха которьiй входит в состав дороги статуса Фергана-Ташкент. Ключевое слова: макам, усул, сегох, арфа, дутор, флейта, тональность, мелодия, инструментальньiй и певческий приемьi. Toshkent va Farg’ona vodiysi shaharlari ( Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon, Quva, Xo’jand, Farg’ona, Osh) musiqa amaliyotida joriy etilgan maqom yo’llariga nisbatan ‘’Farg’ona- Toshkent maqom yo’llari’’ yoki ( ‘’Toshkent-Farg’ona maqom yo’llari’’ ) umumlashma iborasi qo’llaniladi. Bu turdagi maqomlar Buxoro va Xorazm maqomlaridan farqli o’laroq, yaxlit bir turkumni tashkil etmay, balki alohida-alohida bo’lgan cholg’u va ashula yo’llaridan iboratdir. Xususan, ‘’Nasrullo I-V’’, ‘’Munojot I-IV ‘’, ‘’Ajam Taronalari ‘’, ‘’MIskin I-V ‘’, ‘’Segoh I-III ‘’, ‘’Mushkiloti Segoh ‘’, ‘’Cho’li Iroq ‘’ kabi cholg’u kuylari hamda ‘’ Chorgoh I-V ‘’, ‘’ Dugoh-Husayn I-VII ‘’, ‘’ Bayot I-II ‘’, ‘’ Bayoti Sheroziy I-V ‘’, ‘’ Gulyor-Shahnoz I-V ‘’, ‘’ Ko’cha Bog’I I-II ‘’, ‘’ Segoh ‘’, ‘’ Toshkent Irog’I ‘’, ‘’ Munojot ‘’ singari ashula yo’llari shular jumlasidandir. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari Hijoz maqomi (Segoh) Mushkiloti Segoh I-III Segoh Suvora I-III Mushkiloti Segoh Nim Cho’poniy Suvora I Garduni Segoh Suvora II Ufori Segoh Suvora Suvora III Yalang Davron I-II Yalang Davron Ilg’or Yalang Davron Ufori Segoh I-III Segoh Ufori Segoh 33 Nasri Segoh O’tmishda Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bog’liq turli sharoit va vaziyat (xalq tamosha va sayillari, dorbozlar o’yinlari, to’y bazmlari va h.k.) larda ham mudom ijro etib kelingan. Ayni paytda bu maqomlarning Shashmaqom tizimidan farqli o’laroq ‘’ tarqoq tizim ‘’ shaklida bo’lishi sababini mutaxassislar aksariyat holda ‘’ shahar madaniyati ‘’ omili bilan izohlaydilar. Jumladan professor V.M. Belyayev Farg’ona- Toshkent maqom yo’llarining yaxlit bir butun tizimga ega emasligini ularning asosan ‘’Shahar savdogarlari va hunarmandlari muhitida ‘’ yashab kelganligi bilan sharhlaydi. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga nisbatan ‘’ Chormaqom ‘’ iborasining ishlatilishi asossiz ekanligi juda to’g’ri tanqid qilingan. Darhaqiqat, Farg’ona- Toshkent maqom uslubida ishlangan qanchadan-qancha cholg’u va ashula yo’llari borki, ular o’z mohiyati bilan mazkur maqomlar guruhiga mansubdir. Segoh-musiqiy va nazariy jihatdan arab musiqa nazariyasida mavjud bo’lgan maqomlardan biridir. Bu maqom o’zining o’ziga xos tonalligi, tuzilishi va yirik aksentlari bilan tanilgan. Segoh maqomi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib an’anaviy arab musiqa tizimida, shuningdek, turk, o’zbek va boshqa mintaqaviy musiqalarda ham o’rin olgan. Segoh maqomi Arab musiqasi va uning turli o’zgargan shakllarida chuqur ildizlarga ega. U bir vaqtlar arab dunyosida keng tarqalgan va o’zining noyob tonalligi bilan musiqiy asarlarda keng qo’llanilgab. Segoh maqomi, o’zining nafasini o’zgartiradigon, juda boy va nozik nuqtalar bilan to’ldirilgan. Segoh maqomida tonalliklarning o’zaro joylashuvi, ularning o’zgarishi va qayta ishlanishi alohida e’tiborga loyiq. Segoh maqomi melodik jihatdan ancha o’zgacha. Bu maqomda tinch va jim o’rinlarda ko’proq ifodaviy ohanglar ishlatiladi. Bu maqomning asosiy xususiyati shundaki, u yuqori va past ohanglarning hamohangligini yaratishga qaratilgan. Segoh maqomini ijro etish musiqachi uchun nozik vazifa hisoblanadi. U butunlay o’ziga hos bir uslubni talab qiladi, bu esa musiqachining texnikasi va ifoda qilish mahoratini sinovdan o’tkazadi. Segoh maqomi O’zbekiston musiqasida ham keng qo’llaniladi o’zbek klassik musiqasida segoh asosan, ijrochilar tamonidan arfa, dutor, nay kabi an’anaviy musiqa asboblari bilan ijro etiladi. O’zbek musiqasida segoh maqomi milliy musiqaning murakkab qatlamlarini o’zida mujassam etgan va u o’zbek madaniyatining musiqiy merosining muhim qismi hisoblanadi. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga kiruvchi Segoh asarini adabiy tahlil qilib chiqamiz. Undan oldin g’azalni matnini keltirib o’tamiz: Hijron tuni jafosila jon bo’ldi beqaror, Bo’ldi sirin butun jahon axliga oshkor. El etdi tanalar bilan ozorim ixtiyor, Sen ham jafolaring bila etma meni xokisor. Ey ko’nglimni qilguvchi alam bila zor-zor, Bitdi firoqi jabrini tortmoqqa toqatim. Rashkila mavj bo’ldi qaroru halovatim, Nundek egildi g’am yuki ostida qomatim. Fikrim sening visolingu yo’q o’zga hojatim, Ammo sen o’zga bazmi bilan mastu baxtiyor. Birinchi xat, hijron chekkan tunlarimdan jonim beqanoat bo’ldi sirm butun jahon ahliga ochiq-oydin bo’ldi, ikkinchi xat, el meni qildi xatolarim bilan azob ravo ko’rdi. Sen ham qiynoqlaring bil

Доказательный фрагмент

«In this article, an attempt was made to explain the ways of status of Fergana Tashkent and its specific aspects.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, an attempt was made to explain the ways of status of Fergana Tashkent and its specific aspects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
status, method, segoh, harp, dutor, flute, tonality, melody, instrumental and, arfa, tonallik, maqom, usul, melodiya, cholg’u va ashula yo’llari., nay
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники